Kotryna Kulbytė
|
Kotryna Bunyodkor stadionida (2025-yil) | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Kotryna Kulbytė | ||
| Tavallud sanasi | 10-yanvar 1993-yil | ||
| Tavallud joyi | Jonava, Litva | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Oʻzbekiston ATJ | ||
| Raqami | Bosh murabbiy | ||
| Boshqargan klublari | |||
| Yillar | Jamoalar | ||
| 2017—2019 | Baltijos FA (yoshlar murabbiy) | ||
| 2015—2018 | Litva U15 ATJ (yordamchi) | ||
| 2020—2022 | FK Vilnius | ||
| 2021—2025 | Litva U15 & U17 ATJ (bosh murabbiy) | ||
| 2025— | Oʻzbekiston ATJ (bosh murabbiy) | ||
Kotryna Kulbytė – Litvalik futbol tahlilchisi, murabbiylar oʻqituvchisi va UEFAning PRO darajasidagi futbol murabbiyi boʻlib, hozirda Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasiga bosh murabbiylik qilmoqda[1].
Faoliyat
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yildan 2018-yilgacha u Litvaning bir nechta futbol klublari akademiyasida oʻgʻil bolalar murabbiyi boʻlib ishlagan. Ayni paytda, 2015-yildan 2018-yilgacha Litvaning 15 yoshgacha boʻlgan qizlar milliy terma jamoasida yordamchi murabbiy vazifasini bajargan.
2015-yildan 2018-yilgacha u Litvaning 15 va 17 yoshgacha boʻlgan qizlar milliy terma jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan. 2016-yildan 2019-yilgacha Litva milliy qizlar futbol akademiyasining bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.
2019-yildan 2020-yilgacha u Braziliyada yashab, individual mahorat boʻyicha murabbiy sifatida faoliyat olib borgan.
2020-yildan boshlab yosh futbolchilar guruhlari bilan ishlay boshlagan: Litvaning 15 va 17 yoshgacha boʻlgan qizlar jamoalarida yordamchi murabbiy sifatida[2].
2020-yildan 2023-yilgacha „Vilnyus“ ayollar futbol klubining bosh murabbiyi va texnik direktori lavozimlarida ishlagan.
2021-yildan 2025-yilgacha u Litvaning 15 va 17 yoshgacha boʻlgan qizlar milliy terma jamoalari bosh murabbiyi, murabbiylik taʼlimi boʻyicha mutaxassis (UEFA C va UEFA B litsenziyalari boʻyicha UEFA instruktori) sifatida faoliyat yuritgan, shuningdek, Litva futbol federatsiyasi qoshidagi Ayollar futboli va murabbiylar taʼlimi boʻlimida ishlagan. Shu bilan birga, 2022-yildan 2025-yilgacha u Litva katta ayollar milliy terma jamoasining yordamchi murabbiyi vazifasini bajargan[3].
2025-yil 16-yanvarda Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi[4][5]. Uning murabbiyligi qoʻl ostida Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida oltinchi marta 2026-yilgi Osiyo kubogiga yoʻllanma qoʻlga kiritgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]U ingliz, portugal va rus tillarini mukammal biladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Кулбите Котрина ЖФЛ“.
- ↑ „Kotryna Kulbytė – Lietuvos Futbolas“ (lt). lietuvosfutbolas.lt. Qaraldi: 2025-yil 2-iyul.
- ↑ „Kotryna Kulbytė announces Uzbekistan women's football team for China tournament“.
- ↑ „Kotryna Kulbytė pasirinko sekančią karjeros stotelę: treniruos Uzbekistano moterų rinktinę“ (lt). tv3.lt. Qaraldi: 2025-yil 2-iyul.
- ↑ „Kotryna Kulbytė appointed Uzbek WNT head coach“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kotryna Kulbytė Globalsportsarchive saytida
- Kotryna Kulbyte Elitefootball saytida
- Kotryna Kulbytė Sofascore saytida
- Kotryna Kulbytė Instagram sahifasi
