Kotard sindromi
Kotard sindromi, shuningdek, Kotardning xayoli yoki yuruvchi murda sindromi sifatida ham maʼlum, kamdan-kam uchraydigan ruhiy kasallik boʻlib, unda kasallangan odam oʻlgan, mavjud emas, chirishga uchragan , qon yoki ichki aʼzolarni yoʻqotgan degan ishonchga ega boʻladi[1]. Yuz ta bemorning kogorta statistik tahlili shuni koʻrsatdiki, oʻz-oʻzini mavjudligini rad etish Kotard sindromi holatlarining 45 foizida uchraydi; Bemorlarning boshqa 55 foizi boqiylik xayollari bilan murojaat qilgan[2].
1880-yilda nevrolog va psixiatr Jyul Kotard bu holatni le deʼlire neʼgations deb taʼriflagan („inkor etish kasalligi“), har xil zoʻravonlik va trama olgandagi psixiatrik sindrom hisoblanadi. Yengil holatida umidsizlik va oʻz-oʻzidan nafratlanish bilan taʼriflanadi, ogʻir holatida esa kuchli inkor qilish xayollari va surunkali ruhiy tushkunlik bilan ifodalanadi[3].
„Madmozel X“ ishi oʻz tanasining qismlari (somatoparafreniya) mavjudligini va ovqatlanish kerakligini inkor etgan ayolni koʻrsatadi. Ayol abadiy laʼnatga mahkum boʻlganini va shuning uchun tabiiy oʻlim bilan oʻlishi mumkin emasligini daʼvo qildi. Madmozel X „inkor etish kasalligini“ boshdan kechirish jarayonida ovqat tanavvul qilmagan va ochlikdan vafot etgan[4].
Kotard sindromi „Ruhiy kasalliklarning diagnostik va statistik qoʻllanmasida“ (DSM)[5] yoki Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining "Kasalliklar va ular bilan bogʻliq sogʻliq muammolarining xalqaro statistik tasnifi „(ICD-10) ning 10-tahririda qayd etilmagani maʼlum[6].
Belgilari va alomatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kotard sindromining asosiy belgisi inkor etish xayolidir. Bemor odatda oʻzining mavjudligini, tanasining maʼlum bir qismining mavjudligini rad etadi. Kotard sindromining uch bosqichi mavjud boʻlib:
- Rivojlanish bosqichi: psixotik depressiya va gipoxondriya belgilari paydo boʻladi;
- Gullash bosqichi: sindromning toʻliq rivojlanishi va inkor etish xayollari; va;
- Surunkali bosqich: surunkali psixiatrik depressiya bilan birga davom etadigan ogʻir xayollar[7].
Kotard sindromi shaxsiy gigiena va jismoniy sogʻligiga eʼtibor bermasligi tufayli bu kasallikka chalingan odamni boshqa odamlardan uzoqlashtiradi. Oʻz-oʻzini tirikligini inkor etish xayollari bemorning tashqi haqiqatni anglashiga toʻsqinlik qiladi, bu esa keyinchalik tashqi dunyoning buzilgan koʻrinishini uning xayolida keltirib chiqaradi. Bunday inkor etish, adashtirish odatda shizofreniyada uchraydi. Kotard sindromi bemorda gallyutsinatsiyalar boʻlishini talab qilmasa-da, inkor qilishning kuchli adashtirish shizofreniya bilan ogʻrigan bemorlarda topilgan belgilar bilan taqqoslanadi[8][9].
Buzilgan haqiqat[tahrir | manbasini tahrirlash]
“Hayot va oʻlim orasi: Kotard sindromi sabablari" (1996) maqolasida mototsikl halokatida miyasi shikastlangan shotlandiyalik odamda sodir boʻlgan Kotard sindromining zamonaviy holati tasvirlangan:
Bemorning alomatlari haqiqatga toʻgʻri kelmaslik va oʻlim kabi umumiy tuygʻular konteksida paydo boʻldi. 1990-yilning yanvarida bemor Edinburg kasalxonasidan chiqqanidan keyin uni oyisi Janubiy Africaga olib ketadi. U jahannamga olib ketilganiga va u yerdagi issiqlik bilan tasdiqlangan va sepsisdan (bu tuzalishning boshida xavf tugʻdirgan) yoki ehtimol OITSdan vafot etganiga ishonchi komil boʻlgan . U sepsisdan vafot etgan va OITS bbilan zararlangan yoki sariq isistmaning haddan ortiq dozasini olgan odam haqida Scotsmanda hikoyani oʻqigan edi. U doʻzaxni koʻrsatish uchun onasining ruhini oldi va u Shotlandiyada uxlab yotibdi deb oʻylardi. Kotard delusion bilan takrorlanuvchi postiktal tushkunlik (2005) maqolasida tutqanoq tutganidan soʻng Kotard sindromini boshdan kechirgan 14 yoshli tutqanoq kasali mavjud bola holati tasvirlangan. Uning ruhiy salomatligi varaqasida oʻlim mavzusi, surunkali qaygʻu, boʻsh vaqtlarda jismoniy nofaollik, ijtimoiy chekinish va buzilgan biologik funktsiyalar alomatlari koʻrsatilgan.
Bolada yiliga ikki marta uch haftadan uch oygacha davom etadigan holatlar bor edi. Har bir holatda u hamma-hamma narsa (jumladan, daraxtlar) o‘lganini aytib, o‘zini o‘lik deb taʼriflab, bir necha soat ichida dunyo vayron bo‘lishini aytadi. Butun epizod davomida bola atrofdagi omillarga javob bermadi va ijtimoiy faoliyatga qiziqmadi[10].
Patofiziologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]


Kotard sindromining asosiy neyrofiziologiyasi va psixopatologiyasi notoʻgʻri identifikatsiyalash muammolari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Nevrologik nuqtai nazardan, Kotard sindromi (mavjudligini inkor etish) Kapgras aldanishi bilan bogʻliq deb hisoblanadi (odamlar yuzi firibgarlar yuzi bilan almashtiriladi); adashtirishning har bir turi miyaning yuzlarni taniydigan fusiform yuz qismida va his-tuygʻularni tanilgan yuz bilan bogʻlaydigan amigdalalarda neyronning toʻgʻri ishlamasligii oqibatida vujudga keladi deb hisoblanadi[11][12].
Nervning notoʻgʻri faoliyati bemorda ular koʻrayotgan yuz unga tegishli boʻlgan odamning yuzi emasligi hissini uygʻotadi; shuning uchun bu yuzda odatda u bilan bogʻliq boʻlgan tanishlik (tan olish) yoʻqoladi. Bu derealizatsiyaga yoki atrofdagilar bilan aloqaning uzilishiga olib keladi. Agar koʻrilgan yuz bemorga maʼlum boʻlgan odamning yuzi boʻlsa, ular bu yuzni firibgarning yuzi sifatida tanishadi (Kapgras delusion). Agar kasal oʻz yuzini koʻrsa, u yuzini va oʻzini oʻzi his qilish oʻrtasida hech qanday bogʻliqlikni his qilmaydi yoki u oʻz yuzini tanimaydi, bu esa bemorning u mavjud emasligiga ishonishiga sabab boʻladi (Kotard sindromi).
Kotard sindromi odatda shizofreniya kabi psixoz bilan kasallangan odamlarda koʻproq uchraydi[13]. Shuningdek, u klinik depressiya, derealizatsiya, miya shishi[14][15] va migren bosh ogʻrigʻida koʻrinadi[11]. Tibbiy adabiyotlar koʻrsatadiki, Kotard sindromining kelib chiqishi parietal lobdagi shikastlanishlar bilan aloqador. Shunday ekan, Kotard sindromi bilan ogʻrigan bemorlarda miya atrofiyasi, ayniqsa oʻrta frontal lob, nazorat guruhidagi odamlarga qaraganda koʻproq kuzatiladi. [16]
Kotard sindromi, shu jumladan, bemorning preparatga (masalan, asiklovir) va uning prekursoriga(valasiklovir) yomon fiziologik taʼsir natijasida vujudga keladi. Kotard sindromi belgilarining kelib chiqishi asiklovirning asosiy metaboliti boʻlgan 9-karboksimetoksimetilguanin (CMMG) ning yuqori zardob konsentratsiyasi bilan bogʻliq edi.
Shunday qilib, buyraklari zaif (buyrak funktsiyasi buzilgan) bemor, asiklovir dozasini kamaytirishiga qaramay, kasallik belgilari paydo boʻlish xavfi ortadi. Gemodializ bemorning adashtirishlari (oʻzini inkor etish) davolanishdan bir necha soat oʻtib bartaraf etildi, bu Kotard sindromi belgilarining paydo boʻlishi har doim ham bemorni psixiatrik kasalxonaga yotqizish uchun sabab boʻlishi mumkin emasligini koʻrsatadi[17].
Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]
Antidepressantlar, antipsikotiklar va kayfiyat stabilizatorlari yordamida mono-terapevtik va koʻp terapevtik farmakologik davolash muvaffaqiyatli boʻldi[18]. Xuddi shunday, depressiyaga duch kelgan bemorda elektrokonvulsiv terapiya (EKT) farmakoterapiyaga qaraganda samaraliroq edi[18].
Valasiklovirga dorining nojoʻya taʼsiri oqibatida vujudga keladigan Kotard sindromi valasiklovir metabolitlaridan biri — 9-karboksimetoksimetilguanin (CMMG) ning zardobdagi kontsentratsiyasining oshishi bilan bogʻliq. Muvaffaqiyatli davolanish valasiklovirni toʻxtatishni kafolatlaydi. Gemodializ CMMG ni oʻz vaqtida tozalash va simptomlarni bartaraf etish edi.
Izlanishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- One patient, called WI for privacy reasons, was diagnosed with Cotard's syndrome after experiencing significant traumatic brain damage. Damage to the cerebral hemisphere, frontal lobe, and the ventricular system was apparent to WI's doctors after examining magnetic resonance imaging (MRI) and computed tomography (CT) scans. In January 1990, WI was discharged to outpatient care.
Although his family had made arrangements for him to travel abroad, he continued to experience significant persistent visual difficulties, which provoked a referral for ophthalmological assessment. Formal visual testing then led to the discovery of further damage. For several months after the initial trauma, WI continued to experience difficulty recognizing familiar faces, places, and objects. He was also convinced that he was dead and experienced feelings of derealization.
Later in 1990, after being discharged from the hospital, WI was convinced that he had gone to Hell after dying of either AIDS or sepsis. When WI finally sought out neurological testing in May 1990, he was no longer fully convinced that he was dead, although he still suspected it. Further testing revealed that WI was able to distinguish between dead and alive individuals with the exception of himself. When WI was treated for depression, his delusions of his own death diminished in a month.[19] - In November 2016, the Daily Mirror newspaper carried a report of Warren McKinlay of Braintree in Essex, who developed Cotard's syndrome following a serious motorbike accident.[20]
Bir bemor, shaxsiy sabablar bilan shartli ravishda WI deb nomlaymiz, miyadagi jarohatini tekshirtirgandan soʻng, unda Kotard sindromi borligi aniqlandi. Kompyuter tomagrafiyasi va MRI tekshiruvlaridan soʻng WIning shifokori jarohat toʻqimalarga, frontal lob va qorincha tizimiga shikast yetkazganini aniqlaydi. 1990-yil yanvarda WIga kasalxonadan uyga ruxsat berishadi . Shuningdek, uning oilsi ham uning chet elda sayohat qilishini hoxlardi, u koʻrishidagi qiyinchiliklarni tajriba qilishda davom etdi ophthalmological baholash uchun . Rasmiy testlar chuqurroq jarohatlarni kashf etdi .Ichki jarohatning bir necha oylaridan keyin , WI tanish yuzlarni, joylarni va narsalarni aniqlashda qiyinchilik tugʻilayotganini aniqladi. U shuningdek, oʻzining oʻlganiga va hislari haqiqiy emasligiga ishonardi . 1990-yil oxirida kasalxonadan ketganidan soʻng , WI oʻlib jahannamga tushganiga ishpngan . Nihoyat, WI 1990-yil may oyida nevrologic test qildirganidan soʻng oʻlganiga toʻla ichonch hosil qilmadi, garchi unda hali shubhalansa ham. Keyingi sinovlar shuni koʻrsatadiki , WI oʻlik va tirik odamalrni ajrata olgan oʻzidan tashqari . WI depressiyadan davolngandan soʻng, uning oʻlim haqidagi xayollari bir oy ichida kamaygan . 2016-yil noyabrda Daily Mirror gazetasida mototsikl halokatidan keyin Kotard sindromini orttirgan Esseksdagi Bbreyrilik Warren McKinlay haqida maqola chop etildi.
Jamiyat va madaniyat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Charli Kaufmanning 2008-yilda suratga olingan "Synecdoche, Nyu-York" filmining bosh qahramoni Kaden Kotard edi. Film davomida Kotard o‘zini o‘layapman deb o‘ylaydi va biz bu filmda Kotard sindromining boshqa misollarini ham ko‘rishimiz mumkin, masalan, uning qizi Olive tanasida qon borligini aytib qichqira boshlagani va film davom etar ekan, Kotard g‘oyib bo‘lganida u oʻz hayoti haqida yozadi va u farrosh ayol rolini oʻynagani boshqa aktyorlar tomonidan tasvirlanadi[21].
Taxminlarga koʻra, Mayhem va Morbid qora metal guruhlari bosh vokalisti Per „Oʻlik“ Ohlin yoshligida bezorilar tomonidan hujum qilinishi natijasida Kotard sindromi[22] boʻlgan va bu uni qisqa vaqt ichida klinik jihatdan oʻlimga olib kelgan. U koʻp oʻtmay oʻlimga moyil boʻlib qoladi, yaʼni oʻzini oʻlyapman deb hisoblaydi(shuning uchun uning asardagi nomi murdani boʻyogʻidan foydalanilgan)[23], koʻpincha sahnada va doʻstlari orasida oʻziga zarar etkazadi va tobora tushkunlikka tushib, hech kim bilan suhbatlashmay introvert boʻlib qoldi[24] oxir-oqibat 1991- yilda oʻz joniga qasd qildi.
<a href="https://en.wikipedia.org/wiki/Will_Wood_and_the_Tapeworms" rel="mw:ExtLink" title="Will Wood and the Tapeworms" class="mw-redirect cx-link" data-linkid="179">Will Wood and the Tapeworms</a> yozgan "Kotardning yechimi" qo'shig'ida Kotard sindromi haqida so'z boradi (Kotardning xayoli haqidagi pyesada) va qo'shiqda o'lishni xohlash va umuman o'lim mavzulari mavjud.
Shuningdek[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Depersonalizatsiya buzilishi
- Oʻlim darajasi
- Prosopagnoziya
- Solipsizm
- Oʻz-oʻzini notoʻgʻri identifikatsiya qilish
- Kapgras aldanishi
- Fregoli aldanishi
- Oʻlgan (musiqachi)
Maʼlumotnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Berrios, G. E.; Luque, R. (1995). "Cotard's delusion or syndrome?". Comprehensive Psychiatry 36 (3): 218–223. doi:10.1016/0010-440x(95)90085-a. PMID 7648846.
- ↑ Berrios, G.E.; Luque, R. (1995). "Cotard Syndrome: Clinical Analysis of 100 Cases". Acta Psychiatrica Scandinavica 91 (3): 185–188. doi:10.1111/j.1600-0447.1995.tb09764.x. PMID 7625193.
- ↑ Berrios, G. E.; Luque, R. (1999). "Cotard's 'On Hypochondriacal Delusions in a Severe form of Anxious Melancholia'". History of Psychiatry 10 (38): 269–278. doi:10.1177/0957154x9901003806. PMID 11623880.
- ↑ Brumfield. „Mademoiselle X: Living While Dead“ (en). Lessons from History (2-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 13-may 2022-yil.
- ↑ Debruyne H. (June 2009). "Cotard's syndrome: a review". Curr Psychiatry Rep 11 (3): 197–202. doi:10.1007/s11920-009-0031-z. PMID 19470281.
- ↑ Debruyne Hans (2011). "Cotard's Syndrome". Mind & Brain 2. https://www.researchgate.net/publication/234082044.
- ↑ Yarnada, K.; Katsuragi, S.; Fujii, I. (13 November 2007). "A Case Study of Cotard's syndrome: Stages and Diagnosis". Acta Psychiatrica Scandinavica 100 (5): 396–398. doi:10.1111/j.1600-0447.1999.tb10884.x. PMID 10563458.
- ↑ Young, A. W., Robertson, I. H., Hellawell, D. J., de, P. K. W., & Pentland, B. (January 01, 1992). Cotard delusion after Brain Injury. Psychological Medicine, 22, 3, 799-804.
- ↑ Subhas, N., Naing, K. O., Su, C. et al. (2021). Case report on Cotard’s syndrome (CS): a rare case from Malaysia. Egypt J Neurol Psychiatry Neurosurg 57, 107.
- ↑ Mendhekar, D. N.; Gupta, N. (January 1, 2005). "Recurrent Postictal Depression with Cotard delusion". Indian Journal of Pediatrics 72 (6): 529–531. doi:10.1007/BF02724434. PMID 15985745.
- ↑ 11,0 11,1 Pearn, J.; Gardner-Thorpe, C. (May 14, 2002). "Jules Cotard (1840–1889): His Life and the Unique Syndrome that Bears his Name". Neurology 58 (9): 1400–3. doi:10.1212/wnl.58.9.1400. PMID 12011289. https://archive.org/details/sim_neurology_2002-05-14_58_9/page/1400.
- ↑ Pąchalska, M. (2019). Event-related potentials as an index of lost cognitive control and lost self in a TBI patient with duration increasing post-traumatic Delusional Misidentification Syndrome concluded with Cotard Syndrome. Acta Neuropsychologica, 17(4), 487-508.
- ↑ Morgado, Pedro; Ribeiro, Ricardo; Cerqueira, João J. (2015). "Cotard Syndrome without Depressive Symptoms in a Schizophrenic Patient" (en). Case Reports in Psychiatry 2015: 643191. doi:10.1155/2015/643191. ISSN 2090-682X. PMID 26101683. PMC 4458527. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=4458527.
- ↑ Gonçalves, Luís Moreira; Tosoni, Alberto; Gonçalves, Luís Moreira; Tosoni, Alberto (April 2016). "Sudden onset of Cotard's syndrome as a clinical sign of brain tumor". Archives of Clinical Psychiatry (São Paulo) 43 (2): 35–36. doi:10.1590/0101-60830000000080. ISSN 0101-6083. http://www.scielo.br/pdf/rpc/v43n2/0101-6083-rpc-43-2-0035.pdf.
- ↑ Bhatia, M. S. (August 1993). "Cotard's Syndrome in parietal lobe tumor". Indian Pediatrics 30 (8): 1019–1021. ISSN 0019-6061. PMID 8125572.
- ↑ Joseph, A. B.; O'Leary, D. H. (October 1986). "Brain Atrophy and Interhemispheric Fissure Enlargement in Cotard's Syndrome". The Journal of Clinical Psychiatry 47 (10): 518–20. PMID 3759917. https://archive.org/details/sim_journal-of-clinical-psychiatry_1986-10_47_10/page/518.
- ↑ Helldén, Anders; Odar-Cederlöf, Ingegerd; Larsson, Kajsa; Fehrman-Ekholm, Ingela; Lindén, Thomas (December 2007). "Death Delusion". BMJ 335 (7633): 1305. doi:10.1136/bmj.39408.393137.BE. PMID 18156240. PMC 2151143. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2151143.
- ↑ 18,0 18,1 Debruyne, H.; Portzky, M.; Van den Eynde, F.; Audenaert, K. (June 2010). "Cotard's syndrome: A Review". Current Psychiatry Reports 11 (3): 197–202. doi:10.1007/s11920-009-0031-z. PMID 19470281.
- ↑ Halligan, P. W., & Marshall, J. C. (2013). Method in madness: Case studies in cognitive neuropsychiatry. Psychology Press.
- ↑ Fricker, Martin; Arnold, Sarah „Dad tried to starve himself after rare condition made him think he was DEAD“. Daily Mirror (30-noyabr 2016-yil).
- ↑ Sanford. „Nothing is what it seems to be in surrealistic 'Synecdoche, New York'“. mlive (8-fevral 2009-yil).
- ↑ „Per 'Dead' Ohlin was black metal's most tragic loss“. Kerrang!. Qaraldi: 2-sentyabr 2021-yil.
- ↑ Casserole. „Looking Back At Per 'Dead' Ohlin“ (en). Invisible Oranges (15-may 2012-yil). 22-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-sentyabr 2021-yil.
- ↑ „'Before you know it, it's not a big deal to kill a man': Norwegian black metal's murderous past“ (en). The Guardian (22-mart 2019-yil). Qaraldi: 2-sentyabr 2021-yil.
- Young, A., Robertson, I., Hellawell, D., De Pauw, K., & Pentland, B. (1992). Miya shikastlanishidan keyin Kotard deluziyasi. Psixologik tibbiyot, 22 (3), 799-804.