Koryak togʻligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koryak togʻligi, Koryak tizmasi — RF Osiyo qismining shim.-sharqidagi togʻlik. Bering dengizi sohilida. Anadir qoʻltigʻi va Kamchatka ya.o. orasida. Oʻz. 880 km, eni 270 km gacha Balandligi 600–1800 m. Eng baland joyi Ledyanaya togʻi (2562 m). Kichik muzliklar bor. Asosan, terrigen va kremniyli vulkanogen jinslardan tarkib topgan. Yon bagʻirlari tundra oʻsimliklari bilan qoplangan, yirik daryo vodiylarida terak, buta va pakana kedr oʻrmonlari bor. Foydali qazilmalari: oltin, kumush, qalay, mis, polimetall, molibden, simob, oltingugurt, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil