Korsakov psihozi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Korsakov psihozi, Korsakov kasalligi, alkogol polinevretik psihozi — alkogoldan surunkali zaharlanish (surunkali intoksikatsiya) oqibatida kelib chiqadigan ruhiy kasallik. Rus psixiatri S. S. Korsakov tomonidan 1887-yilda aniqlangan. Bunda Korsakov sindromiga xos xotira buzilishlari bilan bir qatorda aql-farosatning zaiflashishi, mulohazalarning susayishi, tanqidning yoʻ-qolishi kuchayib boradi. Ammo shaxsga xos boʻlgan sifatlar saqlanib qoladi. Polinevrit belgilari esa parezlar, falajlik, bir guruh muskullar atrofiyasi, sezgi, pay reflekslarining susayishi yoki yoʻqolishi, nerv tolalari boʻylab ogʻriq va boshqa tarzida kechadi.
Korsakov psihozi alkogolni surunkali isteʼmol qiladigan 50—60 yoshdagi kishilarda uchraydi. Kasallikdan forigʻ boʻlish uchun bemor spirtli ichimlikdan butunlay voz kechishi lozim. Asosan B vitamini, nikotin kislotasi hamda nootrop preparatlar qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |