Korroziyabardoshlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Korroziyabardoshlik - materi-allarning tashqi muhit taʼsirida yemirilishi (korroziya)ga qarshilik koʻrsata olish xossasi. Asosan, material yuzasining kimyoviy tarkibiga, tuzilishiga, mexaniq kuchlanishlar mavjudligiga, taʼsir qiladigan tashqi muhit sharoitiga bogʻliq. K. material yuzasining makro- va mikroskopik oʻzgarishlar bilan, dastlabki korroziya belgilarining paydo boʻlish vaqti bilan vaqt birligi ichida materialning yup-qalashishi yoki yuzasi birligidan massasining kamayishi bilan, fizik-mexanik koʻrsatkichlar va boshqalarning pasayishi bilan baholanadi. Metall materiallarning K.ini oshirishda legirlash, rafinatsiya, himoya qoplamalari qoplash, kimyoviy-termik ishlov berish, elektrkimyoviy usullar qoʻllaniladi. Metallmas materiallar xususan, betonlarning K.gi ularning zichligini oshirib, himoya qoplamalar qoplab yaxshilanadi (yana q. Korroziyabardosh materiallar).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil