Korner

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Korner (ing. cornor — boshi berk koʻchaga kiritish, burchak) — olib sotish yoʻli bilan ustama foyda olish maqsadida muayyan tovarni sotib olish boʻyicha tijoratchilar oʻrtasidagi kelishuv (bitim). K. bir necha firma va kompaniyalar oʻrtasidagi maxsus bitimga asoslanadi. Aksiyalarni sotib olish va kompaniyalarning ilgari qoʻlga kiritilgan aksiyalari nazorat paketini qayta sotish, sotib olish uchun fond birjalarida ham K. tuziladi. Tovar birjasida.tovarlarni sotib olish nuli bilan bozorda tovar taqchilligini uyushtiruvchi firmalar (bir firma) yoki shaxslar guruhi faoliyati ham K.dir. Birja kridalari bunday faoliyatni man etadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil