Korneliy Bazderov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Korneliy Aleksandrovich Bazderov
Tavalludi
Корнелий Александрович Баздеров

22-fevral 1924-yil
Vafoti 17-mart 2009-yil(2009-03-17)
(85 yoshda)
Murmansk Rossiya
Kasbi teatr aktyori
Faoliyat yillari 1930—2009
Mukofotlari Faxriy Ordeni (Rossiya) Order gpw2 rib.png Mehnat Qizil Bayrogʻi Ordeni „Jasorat uchun“ medali (SSSR) Order of Glory Ribbon Bar.png RSFSR xalq artisti

Korneliy Aleksandrovich Bazderov (1924-yil 22-fevral, Penza - 2009- yil 17-mart, Murmansk) — sovet va rus teatr aktyori, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, RSFSR xalq artisti (25.04.1980).

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Korneliy Bazderov 1924-yil 22-fevralda Penza shahrida aktyorlar oilasida dunyoga keladi. Bolalik chogʻidanoq u teatrdagi faoliyatini Taganrog drama teatridan boshlaydi. Keyinchalik oilasi Astraxanga koʻchib oʻtganligi sababli Korneliy 1942-yilda Astraxan drama teatri qoshidagi teatr studiyasini tamomlaydi.

Aynan shu yili u harbiy xizmatga chaqiriladi. Astraxan mudofaasida ishtirok etadi, u qattiq jarohat oladi. Qalmoqda u qamalga tushadi, kuyish va muzlash jarohatini oladi. Uzoq davolanishdan soʻng, u 1943-yil noyabrdan gvardiya minomyotchisi sifatida oʻqitiladi (zabardast Katyusha BM-31-12 bilan)  jang olib boradi. Korneliy Ukraina, Ruminiya, Polsha, Germaniya, Chexoslovakiyani qamaldan ozod qiladi. U Berlinda gvardiya serjanti boʻlib urushni yakunlaydi.

1947-yildan Fargʻona rus drama teatri va Ijevsk rus drama teatrlarida rol oʻynay boshlaydi.

1949—2009-yillarda Murmansk viloyat drama teatrining artisti sifatida 200 dan ziyod rollarni ijro etadi.

2009-yil 17-martda 86 yoshida Murmanskda vafot etdi[1].

U Murmans qabristoniga dafn qilinadi.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Rafiqasi — Valentina Solomonovna Varshavskaya (1920—2008) teatr arbobi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1970)[2].

Mukofot va unvonlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Teatr faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1985-yil — A.Suxovo-Kobilinning „Krechinskiy toʻyi“ —  Krechinskiy
  • Konstantin Simonovning „Shunday boʻladi“ — Savelev
  • „Aristokratlar“ — Kostya-Kapitan
  • „Sarson-sargardonlik yillari“ — Vedernikov
  • A. Volodinning „Besh oqshom“ — Ilin
  • A. Chexovning “Chayka” – Trigorin
  • „Kolya“ — Gerasimov
  • Chingiz Aytmatovning romani asosida “Chingizxon oq buluti” – begona.
  • Jan Jirodu pesasi asosida „Troyan urushi boʻlmaydi“

Xotirlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2011-yilda Murmansk viloyat drama teatri binosi fasadiga Korneliy Aleksandrovich Bazderov xotirasiga yodgorlik taxtachasi oʻrnatiladi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Скончался Корнелий Александрович Баздеров“. // Телекомпания ТВ-21. 20-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.
  2. „Варшавская Валентина Соломоновна“. // Кольский Север. Энциклопедический лексикон. 17-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.
  3. „Указ Президента Российской Федерации от 25 сентября 2000 года № 1694 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. // Официальный сайт Президента России. 20-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 19-mart 2017-yil.
  4. „Памяти артиста. Человек-эпоха — Корнелий Баздеров“. // Мурманю Государственная Телерадиокомпания. 20-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Murmanskning Oltin kitobi. - Murmansk, 2006 yil.
  • Nikitin V. Teatrga bagʻishlangan hayot // Rybny Murman. 1985 yil. 24-may.
  • Korneliy Aleksandrovich Bazderov // Murmansk byulleteni, 2008. 20-mart (nekroloq).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]