Koreys madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dancheong, Kyonbok saroyidagi binodagi dekorativ rasmlar

Koreyaning anʼanaviy madaniyati Koreyaning 1945-yilda boʻlinishidan oldingi Koreya va janubiy Manchuriyaning umumiy madaniy va tarixiy merosini oʻz ichiga oladi. Manjuriya Shimoliy-sharqiy Osiyodagi qadimiy geografik va tarixiy mintaqa, jumladan, Xitoy va Rossiya kabi mamlakatlarning maʼlum bir qismidan tashkil topgan hududdan iborat edi. Dunyodagi eng qadimgi uzluksiz madaniyatlardan biri sifatida koreyslar oʻzlarining anʼanaviy rivoyatlarini naʼmuna qilib koʻrsatadilar[1][2][3].

XX asrning oʻrtalaridan boshlab Koreya hududi Shimoliy Koreya va Janubiy Koreya davlatlari oʻrtasida boʻlinib ketdi, natijada bugungi kunda ham kuzatilishi mumkin boʻlgan bir qator madaniy farqlar paydo boʻldi[4][5][6]. Choson sulolasidan oldin koreys shamanizmi koreys madaniyatida chuqur ildiz otgan edi[7][8]. Malumotlar Doliyev Muhammadjon tomonidan yaratildi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tungi xalqi (soʻzma-soʻz tarjima qilganda „sharqiy kamonchilar“ maʼnosini bildiradi) miloddan avvalgi uchinchi ming yilliklarda Manjuriya hududida istiqomat qilgan. Mazkur xalqning urf-odatlari hozirgi Shimoliy Koreya odatlariga mutanosib. Afsonaga koʻra, Hvanung ismli mavjudot osmondan yerga tushib, u yerda odam boʻlishni xohlaydigan yoʻlbars va ayiqni uchratgan. Faqat ayiqning xohishi amalga oshadi va Hvanung keyinchalik shu odamga aylangan ayiqqa turmushga chiqadi. Ikkalasining Dangun ismli oʻgʻli boʻlib, u miloddan avvalgi 2333-yilda Koreyaning birinchi hukmdori sifatida taxtga oʻtiradi. Aytishlaricha, bu afsonaviy podshohning avlodlari qirollikni 1000 yildan ortiq vaqt davomida boshqarib kelishgan.

Koreyaning mahalliy qabilalariga xitoylik muhojirlarning uzluksiz kelib qoʻshilishi tufayli butun yarim orol Vi Man afsonalarida aks ettirilganidek aralash aholi koʻrinishini oladi. Immigrant xalqlar koreys madaniyatini turli oqimlariga taʼsir o‘tkazadilar, masalan, shamanizm va xitoy xalqlari taʼsirida koreys madaniyatida turli oʻzgarishlar yuz beradi.

Shuningdek, koʻplab sohalardagi fikrlar va dunyoqarash qadimgi shamanizmga moslashib ketgan boʻlsa ham, konfutsiylikning koreyslar tomonidan chuqur oʻzlashtirilishi, ular hayotining barcha jabhalariga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmaydi.

Bugungi kunga qadar Koreya xalqi oʻziga xos koʻplab qadriyatlarini saqlab qolganlar, garchi ular zamonaviy Gʻarb taʼsiri asosan Amerika urf-odatlari aralashuvi ostida yoʻq boʻlib ketayotgangdek koʻrinsa ham, ayrim koreys oilalari hali-hanuz milliy urf-odatlarga xos tarzda hayot kechiradilar.

Janubiy Koreya madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dancheong dekorativ rasmli katta baraban

Janubiy Koreyaning zamonaviy madaniyati Koreyaning ilk ko‘chmanchi qabilalari orasida keng tarqalgan anʼanaviy madaniyatdan kelib chiqqan. Minglab yillar davomida qadimgi Xitoy koʻchmanchilari taʼsirida oʻzgarishlarga uchragan qadimiy Koreya madaniyatini saqlagan Janubiy Koreya, 1945-yilda Koreya boʻlinganidan beri Shimoliy Koreya madaniyatidan ancha uzoqda boʻlgan oʻz madaniy rivojlanish yoʻlini saqlagan holda shimoldan ajralib chiqdi. Janubiy Koreyaning, ayniqsa Seulning sanoatlashtirilishi (mamlakat yoki mintaqada sanoatning keng miqyosda rivojlanishi), urbanizatsiyalashishi (aholining shaharlarga koʻchib oʻtishi) va gʻarblashuvi (gʻarb madaniyatining oʻzlashtirilishi) koreys xalqining hayotida tub oʻzgarishlar paydo qildi. Iqtisodiyot va turmush tarzining o‘zgarishi aholining yirik shaharlarda to‘planishiga (qishloqlari aholisining kamayishiga) olib keldi. Ko‘p avlodli uy xo‘jaliklari kichik oilalarga (ota-ona va ularning farzandlaridan iborat) ajraladi. Bugungi kunda koreys madaniyatining koʻplab elementlari, ayniqsa ommabop madaniyati butun dunyo boʻylab tarqaldi va dunyodagi eng koʻzga koʻringan madaniy kuchlardan biri hisoblanadi[9][10][11][12].

Shimoliy Koreya madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shimoliy Koreyada madaniyatining asosiy oʻziga xosligi shundan iboratki, shimolliklar oʻtmishdagi eng yaxshi deb hisoblangan qadriyatlarni oʻzlarida olib qolishgan va kapitalistik elementlardan toʻliq voz kechishgan. Adabiyot, sanʼat, musiqa va raqs kabi sanʼatdagi ommabop, xalq uslublari va qadriyatlari koreys xalqining chinakam noyob ruhini ifodalovchi vositalar sifatida qadrlanadi.

Shimoliy koreyalik etnograflar, (yaʼni, maʼlum bir jamiyat yoki tashkilotni oʻrganib, ularning xatti-harakatlari va oʻzaro taʼsirini yaqindan kuzatishni oʻz ichiga olgan sifatli tadqiqotlar olib boradigan odamlar) koʻp vaqtlarini toʻgʻri proletar yoki xalq ruhiga ega boʻlgan, jamoaviy ongni rivojlantirishga yordam beradigan, madaniy oqim shakllarni qayta tiklashga sarflaydilar.

Proletar kapitalistik jamiyati nuqtai nazaridan sinflarni marksizm taʼlimoti asosida oʻrganish maʼqullanadi (oriylar tomonidan ishlab chiqilgan kasta tizimi bilan adashtirmaslik kerak), shu jumladan proletarlar va burjuaziya taʼlimotlariga ham mutanosib tarzda ish olib boriladi. Boshqa sinflarga yer egalari, mayda burjuaziya vakillari, dehqonlar va lumpenproletariatlar kiradi, lekin kapitalizm dinamikasi nuqtai nazaridan bu birlamchi doimiy holat hisoblanmaydi.

Shimoliy Koreya raqslarida jonli, optimistik musiqiy va xoreografik ifodalar koʻp qoʻllaniladi. Guruh xalq raqslari va xor qo‘shiqlari anʼanaviy ravishda Koreyaning barcha qismlarida emas, ayrim hududlaridagina ommalashgan. Ular Shimoliy Koreya boʻylab 1990-yillarning boshida maktablar va universitet talabalari orasida targʻib qilinar edi. Oʻz davrida mashxur boʻlgan fermerlarning musiqa ansambllari ham keyinchalik qayta tiklandi.

Yanbian Koreya avtonom hukumati madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mandarin, xitoy va koreys tillari Yanbian hududida rasmiy til sifatida ishlatiladi. Vice News jurnali mazkur hukumatni Shimoliy va Janubiy Koreya madaniyatining mashhurligi tufayli „Gʻarbiy Koreya“ va „Uchinchi Koreya“ deb taʼriflaydi[13].

Yanbian Koreya avtonom hukumati muzeyi qurilishi1960-yilda rejalashtirilgan va 1982-yilda keng ommaga namoyish etilgan. Unda 10 000 dan ortiq eksponatlar, shu jumladan 11 ta birinchi darajali artefaktlar mavjud.  Koʻrgazmalarning yorliqlari va tushuntirishlari 2 tilda, koreys va xitoy tillarida keltirib oʻtilgan. Bu ikkala tilda ham yo‘l-yo‘riq beruvchi gid sayohatlari tashkil etilgan.

Buddizmning madaniyat va anʼanalarga taʼsiri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rohiblar Xaynsada kechki ibodatdan soʻng oʻz xonalariga tushishadi.

Koreya madaniyati buddizmdan chuqur taʼsirlangan, chunki buddizm Koreya madaniyatining oʻziga xos jihatiga aylanib ulgurgan edi, shu jumladan, buddist boʻlmagan koreyslar tomonidan amal qiladigan dunyoviy koreys anʼanalari ham buddizm qoidalariga asoslangan[14]. 2005-yilda hukumat tomonidan oʻtkazilgan soʻrovlar shuni koʻrsatdiki, janubiy koreyaliklarning chorak qismi buddizm diniga eʼtiqod qiladi. Biroq, Janubiy Koreyadagi buddistlarning haqiqiy soni noaniq, chunki nasroniy aholidan farqli oʻlaroq, buddistlarni aniqlashning aniq yoki eksklyuziv mezonlari mavjud emas. Buddizmning anʼanaviy koreys madaniyatiga qoʻshilishi sababli u rasmiy din emas, balki falsafa va madaniy asos deb qaraladi. Natijada, oʻsha hududdagi aholidan boshqa koʻplab odamlar ham buddizm taʼsir etgan ayrim anʼanalarga rioya qiladigan boʻlganlar. Shunday qilib, dunyoviy dindorlar yoki boshqa dinlarga ergashmaydigan eʼtiqod taʼsirida boʻlganlarni hisobga olsak, Janubiy Koreyada buddistlar soni ancha koʻp deb hisoblanadi[14]. Xuddi shunday, Shimoliy Koreyada buddistlar aholining 4,5 % ni tashkil qilsalar, aholining ancha katta qismi (70 % dan ortigʻi) buddist falsafasi va urf-odatlari taʼsiridagi ateistlardan iborat[15][16].

Buddizm Koreyaga 372-yilda[17], tarixiy Sidxarta Gautama (buddizm asoschisi) vafotidan taxminan 800 yil oʻtgach, Sobiq Qin shahridan (Shimoliy Xitoyning IV asrdagi davlati) kirib kelgan. Bu davrda mahalliy din shamanizm keng kurtak yozgan edi. Samguk yusa va Samguk sagi qadimiy yozuvlarida 4-asrda Uch shohlik davrida Koreyaga buddist taʼlimotini yoki Dxarmani birinchi boʻlib olib kelgan 3 rohibni qayd etiladi, bular: Malananta — Xitoy janubidagi Serindiya hududidan kelgan hind buddist rohibi; Sundo — Sharqiy Jin sulolasi davrida milodiy 384-yilda Janubiy Koreya yarimorolidagi Baekje qirolligida buddizmni rivojlantirgan rohib; Ado — shimoliy Xitoy davlatidan boʻlgan rohib Sobiq Qin davrida milodiy 372-yilda Markaziy Koreyadagi Silla shahriga va Shimoliy Koreyadagi Goguryeoga buddizmni olib kelgan rohib[18][19]. Tabiatga sigʻinish buddizm urf-odatlariga zid boʻlmaganligi sababli, shamanizm tarafdorlari tomonidan oʻz dinlariga qoʻshilishga ruxsat berilgan. Shunday qilib, buddizmgacha boʻlgan davrda shamanistlar ruhlar qarorgohi deb hisoblagan togʻlar keyinchalik buddist ibodatxonalari joylashgan joyga aylandi.

Garchi u dastlab Goryo (918—1392) davrida davlat mafkurasi sifatida qoʻllab-quvvatlangan boʻlsa ham, Koreyadagi buddizm Choson (milodiy 1392—1897) davrida besh yuz yildan ortiq davom etgan qattiq repressiyaga uchradi. Bu davrda neo-konfutsiylik buddizmning oldingi hukmronligini yengib chiqdi. Buddist rohiblar Yaponiyaning Koreyaga bosqinini qaytarishga yordam berganidan keyingina (1592—1598) buddistlarni taʼqib qilish toʻxtatildi. Koreyada buddizm 1910-yildan 1945-yilgacha davom etgan mustamlakachilik davrida mavqei biroz mustahkamlandi, Choson davrining oxirigacha oʻzining ommaviyligini saqlab qoldi. Biroq, bu buddist rohiblar nafaqat 1945-yilda yapon hukmronligiga chek qoʻyishdi, balki oʻzlarining anʼanalari va amaliyotlarini isloh qilish orqali oʻzlarining oʻziga xos va alohida diniy oʻziga xosliklarini namoyon etdilar. Ular koʻplab buddist jamiyatlariga asos soldilar va rohiblarning yosh avlodi Mingung Pulgyo yoki „xalq uchun buddizm“ mafkurasini yaratdilar. Bu mafkuraning ahamiyati shundaki, u oddiy erkaklarning kundalik masalalariga eʼtibor bergan rohiblar tomonidan yaratilgan[20].

Tasviriy sanʼat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Keramika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Goryeo sulolasiga mansub seladon tutatqisi

Goryeo davrida yashil nefritdan yasalgan seladon buyumlari mashhurlikka erishdi. XII asrda turli xil ranglarda yanada murakkab bezaklarni yaratishga imkon beruvchi murakkab inlaying usullari ixtiro qilindi[manba kerak]. „Koreya sanʼati“ asarida Evelyn MacCun shunday deydi: "XII asrda sopol buyumlar ishlab chiqarish eng yuqori darajaga yetdi. Chorak asrda bir vaqtning oʻzida bir nechta yangi uslublar paydo boʻldi, ulardan biri boʻlmish keramika buyumlar ishlab chiqarish sanoatini — koreys ixtirosi deya atash mumkin[21]. "Ikkinchi jahon urushidan keyin Angliyaning Viktoriya va Albert muzeyi xodimi William Bowyer Honey shunday deb yozgan edi: „Eng yaxshi koreys buyumlari nafaqat original, balki ular hozirgacha qilingan eng yaxshilari hamdur, shuningdek, bu kulolchilik buyumlari turli tashqi taʼsirlarga uchramagan edi. Ularda kulolchilikka xos boʻlgan barcha fazilatlar mujassam. Bu koreys kulollari, hatto xitoyliklar ham erisha olmagan choʻqqilarga yetishganligini bildiradi.“ [22]

Oq chinni XV asrda juda tez mashhur boʻldi va tez orada seladon idishlarini ortda qoldirdi. Oq chinnilar odatda boʻyalgan yoki mis bilan bezatilgan koʻrinishda yasalgan.

XVI asrda Imjin urushlari paytida koreys kulollari Yaponiyaga olib kelindi va u yerda ular yapon kulolchiligiga katta taʼsir koʻrsatdilar[23]. Bugungi kunda koʻplab yapon kulolchilik oilalari oʻzlarining sanʼati hamda ajdodlarini Koreya yarim orolini bosib olishga urinishlari paytida qoʻlga olgan ushbu koreys kulollariga borib taqalishini aytadilar[24][25][26].

Choson davrida (XVII asr oxiri) koʻk-oq chinnilar mashhurlikka erishdi[manba kerak]. Mazkur chinnilar oq chinni ustida och koʻk rangga boʻyash orqali tayyorlanadi.

Raqs va jang sanʼati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jinju geommu

Koreyada saroy raqsi va xalq raqsi oʻrtasida farq bor. Keng tarqalgan saroy raqslari — ziyofatlarda ijro etiladigan jeongjaemu (정재무) va koreyslarning Konfutsiy marosimlarida ijro etiladigan ilmu (일무) kabilar keng tarqalgan. Shuningdek, Jeongjaemu mahalliy raqslarga (향악정재, hyangak jeongjae) va Oʻrta Osiyo va Xitoydan olib kelingan shakllari ham mavjud. Ilmu fuqarolik raqsi (문무, munmu) va harbiy raqsga (무무, mumu) ham koreyslarning milliy raqslari sirasiga kiradi. Koreyaning koʻplab mintaqalarida koʻplab niqob dramalari va niqobli raqslar ijro etiladi[27]. Anʼanaviy kiyim — bu genja, bu ayollar bayramlarda kiyadigan maxsus kiyimi boʻlib, raqslarda ayollar shu libosda boʻladilar. mazkur libosning yoqa qismida bir nechta pushti rangdagi naqshlar tasvirlangan boʻladi.

Toʻy raqslarining anʼanaviy xoreografiyasi koʻplab zamonaviy spektakllarda oʻz aksini topgan. Mamlakatdagi kuchli raqs anʼanasi bugungi kungacha davom etmoqda, soʻnggi bir necha oʻn yilliklar davomida koʻplab raqs guruhlari tashkil topgan. 

Taekkyon, anʼanaviy koreys jang sanʼati, klassik koreys raqsida asosiy markaziy oʻrinni egallaydi. Taekkyon yaxlit harakatning toʻliq tizimi boʻlib, Koreyaning niqob, raqs va boshqa anʼanaviy sanʼat turlariga moslashgan asosiy texnikasini oʻzida namoyon etadi.  Taekvondo, koreys jang sanʼati ham 1940-yillarda Koreyada rivojlana boshlagan.

Taviriy sanʼat[tahrir | manbasini tahrirlash]

V asrda Koreyada otda turib kamondan otish

Koreya yarim orolida topilgan eng qadimgi rasmlar tarixiy davrlarning petrogliflaridir. Buddizmning Hindistondan Xitoy orqali kirib kelishi bilan tasviriy sanʼatning turli usullar joriy etildi. Ushbu texnikalar tezda anʼanaviy tasviriy sanʼatga moslashib ommalashib ketdi. Ammo, mazkur usullar mahalliy texnikalarni ham oʻzida saqlab qoldi. Ular orasida Goguryeo qabrining devoriy suratlari ham bor edi. Koʻpgina qabrlar ichidagi bu devor rasmlari qadimgi Goguryeo xalqining marosimlari, urushlari, meʼmorchiligi va kundalik hayoti haqida bebaho tushunchalar beruvchi qadimiy artefaklar hisoblanadi. Goguryeoning vorisi boʻlgan Balxae qirolligi anʼanaviy Goguryeo elementlarining katta qismini oʻzlashtirgan[28].

Tabiiy landshaftlar, gullar va qushlar kabi mavzular Koreyada mashhur boʻlgan va oʻz oʻrnida naturalizmga moyillik belgilari yaqqol sezilib turgan. Murakkab eng keng tarqalgan materiallar tut qogʻoziga yoki ipak hisoblangan.

XVIII asrda mahalliy xalq texnikasi, xususan, xattotlik va muhr oʻymakorligida ilgʻor oʻzgarishlar yuz bergan.

Choson davrida koreys rangtasvir sanʼatining chaekgeori (kitoblar rasmlari) va munjado (harflar rasmlari) kabi yangi janrlari rivojlanib, koreys madaniyatida kitobga boʻlgan ishtiyoqni va oʻrganishni yanada keng miqyosida rivojlanishiga sabab boʻldi[29][30].

Sanʼat ham anʼanaviy, ham realizm taʼsiri ostida yanada rivojlangan. Misol uchun, Hanning „Temir zavodidagi tanaffus vaqti“ fotografiyasida muskulli erkaklarning ter toʻkayotgani va beton quyish sexida tunuka idishlardan suv ichishi tasvirlangan. Jeong Sonning „Kumgang tog‘idagi Chonnyo cho‘qqisi“ tasviri esa tuman qoplagan baland qoyalardan iborat klassik Koreya manzarasi ifoda etadi[31].

Hunarmandchilik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Moviy va oq chinni shaftoli shaklidagi suv tomizgichi, XVIII asr Joseon sulolasi
Seuldagi Koreya Milliy muzeyida marvarid naqshli lak tortmasi

Koreyada ishlab chiqarilgan noyob hunarmandchilik toʻplamlari mavjud. Hunarmandchilik sanʼatlarining aksariyat naʼmunalari kundalik foydalanish uchungina yaratilgan boʻlib, koʻpincha estetikaga emas, balki amaliy foydalanishga koʻproq ahamiyat qaratiladi. Anʼanalarga koʻra, uy anjomlari sifatida metall, yogʻoch, mato, lak va sopol buyumlar ishlatilgan, ammo keyinchalik shisha, teri yoki qogʻoz buyumlari ham muomalaga kiritilgan.

Koʻplab murakkab va puxta ishlab chiqilgan hunarmandchilik buyumlari, jumladan, zarhal tojlar, naqshli sopol idishlar, qozonlar yoki bezaklar qazilma ishlari davomida topilgan. Goryeo davrida bronzadan foydalanish juda rivojlangan. Jez, yaʼni misning uchdan bir qismi ruxdan iborat qorishma, koreys hunarmandchiligida ayniqsa mashhur materiallardan biri sifatida qadirlangan. Ammo sulola seladon buyumlaridan foydalanishi bilan mashhur.

Choson davridagi eng mashhur hunarmandchilik buyumlari chinnidan yasalgan va ularning asosi koʻk rangdagi naqshlar bilan bezatilgan. Oʻsha davrda yogʻochsozlik ham rivojlangan boʻlib, shkaflar, sandiqlar, stollar yoki tortmalarni oʻz ichiga olgan yanada murakkab mebel qismlariga yasashlikka sabab boʻlgan. Koreya mebel yasash sanʼati Osiyo va dunyoning eng katta yogʻochga ishlov berish maktablaridan biri sifatida tanilgan. Bu kamida XVII asrdan beri oʻzgarmagan anʼanani saqlab qolgan ming yillikdan koʻproq vaqtga borib taqaladigan hunarmandchilikning bir qismidir. Aynan shu anʼana koreys mebellarini butun dunyo boʻylab antikvar buyum sotuvchilari va kollektorlar tomonidan ekzotik mebellarning eng koʻp savdoga qoʻyilgan sanʼat asariga aylantirdi. Koreyaliklar uslubi sifatida tan olinadigan bu noyob sanʼat Gʻarb tomonidan faqat 1940-yillar oxiri va 1950-yillardagi „kashf qilingan“[32].

Ksilografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1234-yilda Koreyada Choy Yong-u tomonidan tuzilgan 50 jildlik „Oʻtmish va hozirgi marosimlar uchun belgilangan matnlar“da quyma metall koʻchma turi qoʻllanilgan, ammo bugungi kungacha bu kitobning birorta nusxasi saqlanib qolmagan. 1377-yili ksilografiyaning jikji uslubi yaratilgan. Metall harakatlanuvchi turning bu uslubi fransuz olimi Anri-Jan Martin tomonidan „Gutenberg turiga juda oʻxshash“ deb taʼriflangan[33].

Eng qadimgi kitob boʻlgan „Jikji“ (1377-yil) ni chop etishda foydalanilgan harakatlanuvchi moslama.

Koʻchma tur Koreyada hech qachon yogʻoch oʻymakorligi oʻrnini bosa olmaydi. Darhaqiqat, hatto Hangulning tarqalishi ham yogʻochdan yasalgan buyumlar orqali amalga oshirilgan. Umumiy taxmin shundan iboratki, 200 000 dan ortiq individual turdagi elementlarni ishlab chiqarish xarajati tufayli harakatlanuvchi tip xitoycha belgilar qoʻllanilgan kitoblarni blokli chop etishda qoʻllanilmaydi. Yagona nusxadan koʻproq nusxa koʻchirishdan boshqa holatlar uchun undan bor-yoʻgʻi bir yoki ikkitagina nusxa olishda yogʻochdan yasalgan bosmadan foydalanish uslubi ham kotibga toʻladigan pul miqdorining koʻpligi sababli ham iqtisodiy jihatdan samarali hisoblanmagan. Buyuk Sejong XV asrda alifbo tizimi boʻlgan hangul tilini kiritgan boʻlsa-da, hangul XX asrga kelibgina Hanja​​ oʻrnini egallay oldi[34]. Xitoydan farqli oʻlaroq, koʻchma turdagi tizim asosan yuqori qatlamli elita Koreya jamiyatida saqlanib qolgan:

Koreyslarning koʻchma metall turidagi bosmaxonasi asosan Yi sulolasining qirollik metall quyish zavodida rivojlangan.Qirollik oilasi bu yangi texnika ishlab chiqarishda monopoliyani saqlab qolgan va qirollik mandati bilan barcha norasmiy bosma faoliyatni va bosmaxonani tijoratlashtirishga urinishlarni yo'qqa chiqargan. Shunday qilib, ilk Koreyada ksilografiya faqat jamiyatning yuqori qatlam vakillari, amaldorlar uchungina xizmat qilgan[35].

— Sohn Pow-Key

Bugungi kunda koreys madaniyati tarixiy ksilografiya sanʼatini qayta tiklash va tarixiy qoʻlyozmalarni avvaldagidek yaratish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, master Im Inho 2011-yildan 2015-yilga qadar qadimiy Jikji qoʻlyozmasini oʻz aslidek qayta tiklash uchun ksilografiya metall qurilmasini qayta ishlab chiqdi.

Musiqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pungmul

Xalq musiqasi va saroy musiqasi oʻrtasida janrlar farqi mavjud. Koreys xalq musiqasi xilma-xil va murakkab, biroq xalq musiqasining barcha shakllari ritmlar to‘plamini (koreyscha 장단, Jangdan deb ataladi) va erkin belgilangan melodik rejimlar to‘plamini oʻzida namoyon etadi. Koreys xalq musiqasi — bu bir xonanda va bir barabanchi tomonidan ijro etiladigan Pansori (판소리) deb nomlanuvchi qoʻshiqdir. Baʼzan raqqosalar va baxshilar ham boʻlishi mumkin. Ular YuNESKOning „Dunyo xotirasi“ kitobida nomoddiy madaniy meroslar qatoriga kiritilgan[36], shuningdek, baraban chalib, raqsga tushiladigan va qoʻshiq kuylash orqali ijro etiladigan qoʻshiq turi Pungmul (풍물) ham shu roʻyxatdan joy olgan. Samul Nori — Pungmul va Sanjo (산조) asosida yaratilgan koreys anʼanaviy musiqasi hisoblanadi. U tezkor templarda pauzasiz ijro etiladi. Yana bir musiqa turi Nongak (농악) esa „dehqon musiqasi“ degan maʼnoni anglatadi.

Koreys saroy musiqasining kuylanishini 1392-yilda Choson sulolasi davrida kuzatish mumkin. Koreys saroy musiqalariga A-ak, Dang-ak va Hyang-ak lar kiradi. Koreys qadimiy musiqalari hali ham koʻp ijro etiladi va kuylanadi.

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anʼanaviy uylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anʼanaviy uy, hanok (hano)
Anʼanaviy dehqon uyi; Xalq qishlogʻi, Seul

Koreyslarning anʼanaviy uylari Hanok (hangul :한옥) deb ataladi. Yashash joylari doimiy ravishda anʼanaviy geomantika yordamida tanlanadi. Qadimgi davrlardan beri geomansiya Koreya madaniyati va koreys shamanizmining muhim qismi boʻlgan boʻlsa ham, keyinchalik Koreya tarixining Uch qirollik davrida geomansiya Xitoy tomonidan qayta shakllantirilgan.

Uyni iloji boricha koʻproq quyosh nuri olish uchun tepalikka va janubga qaragan holda qurish kerak. Ushbu yoʻnalish orqali uy qurish hali ham zamonaviy Koreyada qoʻllanilib kelinmoqda.

Geomansiya, shuningdek, binoning shakliga, uning yoʻnalishiga va uy qurilgan material turiga taʼsir oʻtkazadi.

Anʼanaviy koreys uylari ichki hovli (안채, anchae) va tashqi hovlidan (사랑채, sarangchae) iborat boʻladi. Shaxsiy tartib koʻp jihatdan mintaqaga va oilaning yashash tarziga bogʻliq. Aristokratlar ziyofatlar uchun tashqi hovlidan foydalangan boʻlsa, kambagʻal odamlar sarangchada qoramol boqishgan. Oila qanchalik boy boʻlsa, uy shunchalik katta boʻladi. Biroq, qiroldan tashqari har qanday oilaga 99 kandan (kan — anʼanaviy uylarda ishlatiladigan ikkita ustun orasidagi masofa) ortiq yashash joyiga ega boʻlish taqiqlangan.

Ichki hovli odatda yashash xonasi, oshxona va yogʻoch polli markaziy zaldan iborat boʻlgan. Ichki hovliga bundanda koʻproq xonalar biriktirilishi mumkin. Kambagʻal dehqonlarning tashqi hovlilari boʻlmagan. Polni isitish (온돌, ondol) Koreyada qadimgi davrlardan beri qoʻllanilgan uslublardan biridir. Asosiy qurilish materiallari — yogʻoch, loy, kafel, tosh va somon hisoblanadi. Yogʻoch va loy oʻtmishda eng keng tarqalgan qurilish ashyosi boʻlganligi sababli, hozirgi kungacha koʻp eski binolar saqlanib qolmagan.

Bogʻlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hyangwonjeong, Gyeongbokgungdagi bogʻ, Seul

Ibodatxona bogʻlari va xususiy bogʻlarning tuzilish tarkibi deyarli bir xil. Sharqiy Osiyodagi koreys bogʻdorchiligiga asosan koreys shamanizmi va koreys xalq dini taʼsir koʻrsatgan. Shamanizm tabiat va uning sirlariga katta eʼtibor qaratadi, tabiatdagi oʻzgarmas tartibning tafsilotlariga ham alohida yondashiladi. Bogʻni sunʼiy elementlar bilan toʻldiradigan yapon va xitoy bogʻlaridan farqli oʻlaroq, anʼanaviy koreys bogʻlari sunʼiylikdan qochishadi, bogʻni „tabiatdan koʻra tabiiyroq“ koʻrinishda yaratishga harakat qilishadi.

Lotus hovuzi Koreya bogʻidagi muhim ahamiyatli jorlardan biri hisoblanadi. Agar tabiiy oqim paydo boʻlsa, koʻpincha uning atrofida hovuz suvini tomosha qilishdan zavqlanish imkonini beruvchi vaqtinchalik pavilon bunyod etiladi. Terasli gul yotoqlari anʼanaviy koreys bogʻlarida keng tarqalgan xususiyatlardan biridir.

Gyeongju yaqinida joylashgan Poseokjeong yodgorligi Silla davrida qurilgan. Bu anʼanaviy koreys bogʻlarida suvning muhim ahamiyatga ega ekanligi kishi eʼtiborini tortadi. Poseokjeong bogʻida abalon (issiq dengiz molyuskasi) shaklidagi hovuzlar barpo etilgan. Silla shohligining soʻnggi kunlarida shohning mehmonlari hovuz atrofidagi qurilgan ayvonlarda oʻtirganliklari hamda, ziyofat paytida hovuzda sharob koʻzalari suzib yurganligini koʻrganliklari haqida oʻz qoʻlyozmalarida qayd etadilar

Milliy liboslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hanbok (한복, 韓服) (KXDRda joseonot (조선옷) nomi bilan tanilgan) qadim zamonlardan beri kiyilib kelinadigan anʼanaviy libos turi. Hanbok koʻylak (jeogori ) va yubkadan (chima) iborat[37].

Hanbokning kelib chiqish tarixi Koreya yarim orolidagi Uch Qirollik davriga borib taqaladi. XXI asrgacha jeogori, shim va chima kabi asosiy hanbok qismlari tuzilishi oʻzgarmagan, lekin vaqt oʻtishi bilan libosning uzunligi, kengligi va shakli avvalgi oʻlchamlaridan biroz boshqacharoq tarzda tikila boshlandi[38].

Ijtimoiy maqomga koʻra, koreyslar turlicha kiyinishgan, bu kiyimni ijtimoiy darajaning muhim belgisiga aylantirgan. Taʼsirchan, lekin baʼzan noqulay liboslar hukmron sinf va qirol oilasi vakillari tomonidan kiyilgan. Bu yuqori tabaqalar oddiy odamlardan ajraib turish uchun zargarlik buyumlaridan ham foydalanganlar. Ayollar uchun anʼanaviy zargarlik buyumlari maʼlum tabiat elementlari shaklidagi marjon koʻrinishida yasalgan. Zargarlik buyumlari qimmatbaho toshlardan tayyorlangan va ipak do‘ppi tutashtirilgan[39][40].

Oddiy odamlar koʻpincha boʻyalmagan oddiy kiyimlar bilan cheklangan. Ushbu kundalik kiyim Choson davrida nisbatan deyarli oʻzgarishlarga uchramadi. Asosiy kundalik kiyim avvalgidek saqlanib qoldi, lekin rasmiy va tantanali marosim liboslaridagi naqshlar sulolaning nelgilari bilan boyitildi[41][42].

Qishda odamlar paxtadan tikilgan koʻylaklar kiyishgan. Moʻynali kiyimlar ham keng tarqalgan oʻz davrida urfga kirgan. Oddiy odamlar odatda toza oq boʻyalmagan materiallarni kiyishganligi sababli, ularni baʼzan oq libosli odamlar deb ham atashgan[43].

Hanboklar maqsadlariga koʻra quyidagicha tasniflanadi: kundalik kiyim, tantanali kiyim va maxsus kiyim. Tantanali liboslar rasmiy tadbirlarda, jumladan, bolaning birinchi tugʻilgan kuni (doljanchi)[44][45], toʻy yoki dafn marosimida kiyiladi. Shamanlar, amaldorlar uchun maxsus liboslar tikilgan boʻlib, odatda oddiy xalq vakillari bunday hanboklarni kiymaydilar[46].

Bugungi kunda hanbok hali ham rasmiy tadbirlarda kiyiladi. Biroq, kiyimning kundalik foydalanilishi yoʻqolgan[47]. Lekin, ayrim hududlarda yashovchi keksalar hali ham hanbok kiyib yurishadi, shuningdek, Choson sulolasidan qolgan aristokratik oilalarning faol mulkdorlarini ham hanbok kiygan holda uchratish mumkin[48]. Baʼzi yoshlar orasida anʼanaviy libosga zamonaviy oʻzgarishlar berilishi va shu orqali zamonaviy hanbokning ommalashuviga sabab boʻlish mumkin[49]. Tarixiy manbalarga koʻra, hanbok 14-asrda paydo boʻlgan toʻy libosi hisoblanadi. Bu yuqori qismi alohida boʻlgan, pastki yubka qismi yergacha tushadigan, koreys milliy libosi edi. Hanbokdan kundalik kiyim sifatida foydalanish soʻnggi bir necha oʻn yilliklarda sezilarli darajada kamaygan. Pak Hyong Sok Koreya xalqi oʻrganib qolgan anʼanaviy hanbok libosini kiyishga qarshilik bildirdi. Park Hyong Sok oʻnlab yillar davomida yangi liboslarning loyihasi ustida ishlab kelgan. U odatda oʻz kolleksiyasidagi jinsi shimlar va shortiklarni kiyishni avzal koʻrgan. Uning liboslari rasmiy tadbirlar va odatiy ish kunlarida kiyishga moʻljallangan boʻlgan, lekin moda sifatida u qadar rivojlanmagan[50].

Kollektsiyalaridan birida u oq-qora ranglar va aksesuarlarga eʼtibor qaratadi, bu kiyimlar kundalik turmush, ish faoliyati va hatto rasmiy uchrashuvlar uchun kiyishga ham mos edi. Bu dizayn Koreya qirolligi va Joseon sulolasining yuqori qatlam fuqarolari kiygan kamalak rangli liboslardan keskin farq qilgan. Oʻsha davr odatiga koʻra, insonning kiygan hanbokidagi ranglari uning mavqeyini belgilab berar edi. Parkning baʼzi dizayn toʻplamlari buramali mini yubkalar, noʻxotsimon gullar va turli noodatiy koʻrinishdagi shakllardan iborat boʻlgan. Park Hyong Sok va uning singlisi Geum Sok 2014-yilda GrangHanA nomli birinchi kolleksiyasini keng ommaga havola etgan[51].

Oʻn yilliklar davomida doimiy boʻlib kelgan narsani oʻzgartirish taklifi avvaliga jamiyatga u qadar maqul kelmaydi. Parkdan Koreya hududidan tashqarida doʻkon ochishini soʻrashganda, u juda taʼsirlanadi. Hanbokning koʻplab tanqidchilari unga oʻz faoliyatini toʻxtatishi va hanbok hukmronligiga qarshi chiqamslikni tavsiya etgan boʻlsalar-da, u oʻz izlanishlaridan voz kechmaydi. Hanbok oʻziga xos tarzda chiroyli kiyim boʻlganligi sababli, koʻpchilik uni oʻzgartirmaslikka harakat qilgan. Avom xalqning ayrimlari esa hanbok libosini Koreya hududidan tashqariga chiqarmaslik tarafdori hisoblanadilar. Shunga qaramay, dizaynerlar bu libosni dunyoning boshqa mamalakatlarida ham namoyish etib kelmoqdalar.

Korean In Me dizayn brendi tomonidan butun dunyo xalqlari tomonidan yaxshi qabul qilingan zamonaviy hanbok kolleksiyasini ham chiqargan. Ularning dizaynlarida dastlab qirollik uchun moʻljallangan kashta gullari bilan tikilgan ajdarlar va qaqnus qushi naqshlaritasvirlangan boʻlsa, sharaf va boylikni ifodalovchi toʻy liboslarida kashta gullari bilan tikilgan pionlar tasviri mavjud. Hanbokni Koreya madaniyati va merosini oʻzida namoyon etuvchi koʻp yillik dizayn sifatida etirof etish mumkin[52].

Soʻnggi yillarda K-Pop (Koreya pop musiqasi) ga eʼtibor kuchayishi bilan Koreya madaniyatiga boʻlgan qiziqish eng yuqori darajaga koʻtarildi. BTS, BlackPink, KARD va boshqa koʻplab guruhlar video-kliplarda, mukofot olish shou marosimlarida va boshqa ommaviy chiqishlarda Hanbok kiygan holda oʻz madaniyati va merosini namoyish etgani uchun maqtovga sazovor boʻlgan[53].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hanbok
Xvarot, kelin libosi
Koʻrgazmada Shimoliy Koreya Chosŏn-ot libosi
Kelinning xalati (Hvalot), XIX asr, Bruklin muzeyi
Erkakalar va ayollar hanboki
Bolalar hanboki

Milliy oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreys milliy oʻyini yut pan

Mingsognol-i(민소놀이)- bu koreys xalqining anʼanaviy oʻyini. Qadim zamonlardan beri u asosan bolalar oʻrtasida aqliy qobiliyatni rivojlantirish yoki oddiy odamlarning quvonchli bayram va marosimlarida shunchaki oʻyin-kulgu uchun oʻynaladi. Xalq o‘yinlaridan har qanday yoshdagi kishilar bahramand bo‘lishi mumkin, holbuki, faqat kattalar o‘ynaydigan o‘yinlar, o‘g‘il-qiz bolalar o‘yinlari, yoki faqatgina ayollar yo erkaklar o‘rtasida o‘ynaladigan o‘yin turlari ham mavjud.

Baduk (바둑) — ikki oʻyinchi navbatma-navbat qora va oq toshlarni taxtaga qoʻyib, uyga egalik qilish maqsadida bellashilinadigan oʻyin turi. Bu, shuningdek, 19 gorizontal va vertikal chiziqli shaxmat taxtasida har bir chorrahada (jami 361 ta) tosh qoʻyish orqali hujum qilish va himoya qilish bilan oʻynaluvchi strategiyik jarayon hamdur. Koreya Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va Yaponiya kabi Sharqiy Osiyo mamlakatlari orasida mashhur boʻlib, har bir davlat biroz boshqacha qoidalarni qabul qiladi. Go qadimgi Xitoyda paydo boʻlgan, ammo uning kelib chiqishi aniq emas. Koreyada XX asr boshlariga qadar oʻz qoidalaridan foydalangan holda oʻynaladigan oʻyin — Baduk keng tarqalgan edi, ammo Koreya ozod boʻlgandan keyin zamonaviy Baduk Yaponiyadan kelib chiqqan degan tahminlar kuchayd. Bugungi kunda Baduk oʻynaydiganlar soni ancha kamaygan.

Jang-gi (장기 (將棋)) — ikki tomonga, Qing va Xongga (yoki Cho va Xan) boʻlingan va armiyaga qoʻmondonlik qiladigan bosh qoʻmondon nuqtai nazaridan operatsiyani rejalashtiruvchi va amalga oshiradigan mavhum strategik stol oʻyini. Har biri 16 donaga ega va gʻolib raqibning qirolini qoʻlga kiritishi kerak. Undan asosan Koreya Respublikasi, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi, Xitoy (ayniqsa, Yanbian Koreya avtonom prefekturasi) va Yaponiya kabi mamlakatlardagi koreyslar foydalanadi. Eng ahamiyatli jihati shundan iboratki, Xitoy shaxmatini Koreyadagi Uch Qirollik davrining ilk davri Xansagun davrida koʻchib kelgan minglab odamlar tarqatgan. Aytishlaricha, u koreyslarning didiga mos ravishda takomillashtirilib, hozirgi holatga kelgan[54].

Koreys oshxonasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bibimbap

Guruch Koreyaning asosiy taomidir. Yaqin vaqtgacha deyarli faqat qishloq xoʻjaligi mamlakati boʻlgan Koreyada asosiy retseptlar anʼanaviy tajribalar asosida shakllantirildi. Koreyada asosiy ekinlar guruch, arpa va loviya hisoblanadi, ammo koreys oshxonasida koʻplab qoʻshimcha mahsulotlardan ham foydalaniladi[55]. Baliq va boshqa dengiz mahsulotlari ham muhim ahamiyatga ega, chunki Koreya yarim orolda joylashgan boʻlib atrofidagi dengizlar aholiga doimiy baliq bilan taʼminlanish imkonini beradi[56].

Fermentlarga boy retseptlar ham qadimgi davrlarda ishlab chiqilgan va koʻpincha anʼanaviy koreys taomlarini tavsiflaydi. Bularga tuzlangan baliq va tuzlangan sabzavotlar kiradi. Bunday oziq-ovqatlar inson tanasini qishda zarur protein va vitaminlar bilan taʼminlaydi[57][58].

Kimchi Koreyaning mashhur taomlaridan biridir. Kimchi — A va C vitaminlari, tiamin, riboflavin, temir, kaltsiy, karotin va boshqalarni oʻz ichiga olgan tuzlangan sabzavotlar toʻplamidan iborat[59][60][61]. Kimchining koʻp turlari mavjud, jumladan, karam kimchi, piyozli kimchi, bodring kimchi, turp kimchi va kunjut kimchilar keng tarqalgan. Bugungi kunda kimchi nafaqat Koreya balki boshqa davlatlarda ham sevib isteʼmol qilinadi[62].

Garnirlar (taomga qoʻshimcha tarzda beriluvchi yegulik) yoki Banchan (반찬; 飯饌) Koreyada odatda ovqat bilan birga isteʼmol qilinadi. Asosiy taom deyarli har doimgarnirlar bilan birga dasturxonga tortiladi. Baʼzi tez-tez isteʼmol qilinadigan garnirlarga: Kimchi, tuzlangan turp, soya novdalari, ugra (Japchae), bodring salati va ziravorli ismaloq misol boʻladi[63].

Tantanali, marosim va ibodat taomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek, koreyaliklar tomonidan turli marosim va maxsus ibodatlar uchun bir qator taomlar yaratilgan[64]. Ularni tantanalar uchun taomlari va marosim ovqatlari deb nomlanuvchi ikki turga boʻlish mumkin. Tantanali ovqatlar bola 100 kunlik boʻlganida, birinchi tugʻilgan kunida, toʻy marosimida va oltmishinchi tugʻilgan kunida tayyorlanadi[65]. Marosim taomlari ayni dafn marosimlarida, ajdodlar ruhini xotirlaganda, shamanlarning qurbonliklarida va shuningdek ibodat taomlari sifatida ishlatiladi[66].

Ibodat taomlarining oʻziga xos xususiyati shundaki, u koreys oshxonasining beshta kuchli taʼmli ingrediyentlaridan (sarimsoq piyoz, yovvoyi rokambole, piyoz va zanjabil) va goʻshtdan foydalanmaydi[67][68].

Marosimlar va tantanalar uchun guruchli kekslar tayyorlash odat tusiga kirgan. Ovqatning rangi va retseptlar tarkibi koreyslarning mashxur mezoni in va yang muvozanatiga mos keladi[69].

Qirollik saroyi oshxonasi (surasang)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bugungi kunda surasang (anʼanaviy qirollik oshxonasi) butun aholi tomonidan isteʼmol qilinadigan taomlar jamlamasini oʻz ichiga oladi. Ilgari, sabzavotli yeguliklar muhim ahamiyatga ega edi. Biroq, bugungi kunga kelib goʻsht isteʼmoli qamrovi kengaydi. Anʼanaviy taomlarga ssambap, bulgogi, sinseollo, kimchi, bibimbap va gujeolpanlar misol boʻladi[70].

Choy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab choy tantanali marosimllarda yoki anʼanaviy tibbiyotining bir qismi sifatida ishlatilgan. Meva, barglar, urugʻlar yoki ildizlardan tayyorlangan choylarning baʼzilari koreyslar orasida ommaviylashgan. Koreyada choyning beshta taʼmi alohida ajralib turadi, bular: shirin, nordon, shoʻr, achchiq va oʻtkir choy taʼmlaridir[71].

Oy taqvimi boʻyicha nishonlanadigan bayramlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Daeboreum
Lotus chiroq festivali

Anʼanaviy koreys taqvimi Oy taqvimiga asoslangan[72]. Sanalar Koreya meridianidan hisoblanadi. Marosimlar va bayramlar koreys madaniyatidan kelib chiqqan. Koreya oy taqvimi 24 ta burilish nuqtasiga boʻlingan (절기, jeolgi), har biri taxminan 15 kun davom etadi[manba kerak]. Oy taqvimi oʻtmishda qishloq xoʻjaligi mehnatkashlari uchun jadval vazifasini ham oʻtagan, ammo zamonaviy koreys turmush tarzida oy taqvimidan foydalanish yoʻqolib bormoqda[manba kerak].

Grigoriy taqvimi rasman 1895-yilda qabul qilingan, ammo anʼanaviy bayramlar va yoshni hisoblash hali ham eski oy taqvimga asoslanadi[73]. Keksa avlodlar hali hanuz oʻz tugʻilgan kunlarini oy taqvimiga koʻra nishonlaydilar[manba kerak].

Bugungi kunda Koreyadagi eng katta festival bu — Seollal (anʼanaviy Koreya Yangi yili)dir. Shuningdek, Daeboreum (birinchi toʻlin oy), Dano (bahor bayrami) va Chuseok (hosil bayrami) ham koreyslarning muhimfestivallari sirasiga kiradi[manba kerak].

Oy taqvimiga koʻra nishonlanadigan bir qator mintaqaviy festivallar ham mavjud[manba kerak].

Eʼtiqodlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haeinsa ibodatxonasi

Koreys xalqining asl dini shamanizm boʻlib, u qadimgi davrlardagi kabi keng tarqalmagan boʻlsa ham, hanuzgacha saqlanib qolgan. Ayol shamanlar yoki mudanglar koʻpincha turli xil vositalarga yetishish uchun turfa ruhlarning yordamiga murojaat qilishadi.

Keyinchalik buddizm va konfutsiylik Koreyaga Xitoy sulolalari bilan madaniy almashinuvlar asnosida kirib kelgan. Buddizm Goryeo sulolasining rasmiy dini sifatida tan olingan, shu sababli, bu davrda buddist rohiblarga koʻplab imtiyozlar berilgan. Biroq, Choson davrida buddizm oʻz nufuzini yoʻqotdi, shaharlarda buddist rohiblari taqiq ostiga olingan, ibodatxonalar faoliyatiga chek qoʻyilgan. Uning oʻrnida konfutsiylikning qatʼiy shakli, (baʼzilar buni xitoyliklar tomonidan qabul qilingan taʼlimotdan ham qatʼiyroq deb hisoblashadi) rasmiy falsafa asosiy dinga aylandi. Koreys konfutsiyligi seonbi sinfini oʻrganish yaʼni hokimiyat lavozimlarida ishlab turib halol hayot kechirgan koʻplab amaldorlar hayotidan naʼmuna olishga asoslangan edi.

Koreya tarixi va madaniyati Koreya yarimorolining ikkiga ajralishidan qatʼi nazar, Koreya shamanizmi, Mahayana buddizmi va konfutsiylikning anʼanaviy eʼtiqodlari koreys xalqi dinining asosiy taʼsir oʻtkazuvchisi va madaniyatining muhim jihati sifatida saqlanib qoldi[74]. Darhaqiqat, bu anʼanalarning barchasi yuzlab yillar davomida xalq orasida ommaviylashib kelgan. Ular hali ham janubda nasroniylik [75][76][77] va shimol hukumati bosimiga qaramay oʻz mavqeini yoʻqotmagan holda saqlanib kelmoqda[78][79].

Jahon merosi obyektlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreya hududida YuNESKOning Jahon merosi roʼyxatiga kiritilgan bir qancha obyektlar mavjud.

Jongmyo ziyoratgohi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jongmyo (talaffuzi: Chonmyo) ziyoratgohi 1995-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʼyxatiga kiritilgan, ziyoratgoh Seul shahrida joylashgan. Mazkur qadamjo Choson sulolasi qirollik oilasining ajdodlari ruhlariga bagʻishlab bunyod etilgan. Bunga koreys konfutsiy anʼanalari ham ulkan taʼsir koʻrsatgan. Mazkur ziyoratgohda har yili Jongmyo jeryeak (talaffuzi: Chonmyo Tekje) deb nomlanuvchi qadimiy saroy musiqasi (raqs joʻrligida) ijro etiladi.

1394-yilda qurilgan ziyoratgoh Osiyodagi eng uzun binolardan biri boʻlishi kerak edi. 19 ta xonaga joylashtirilgan 19 nafar imperator va 30 ta malikaning 19 ta yodgorlik lavhalari mavjud. Ziyoratgoh Imjin urushlari paytida yonib ketgan, ammo 1608-yilda qayta tiklangan.

Changdeokgung[tahrir | manbasini tahrirlash]

Changdeokgung (talaffuzi: Chxandokkun), shuningdek, „ajoyib fazilat saroyi“ nomi bilan ham tanilgan. Saroy 1405-yildabunyod etilgan, 1592-yilda Imjin urushi paytida yonib ketgan va xarobalari 1609-yilda qayta tiklanib, hozirgi holiga keltirilgan. 300 yildan ortiq vaqt davomida Changdeokgung qirollik saroyi vazifasini bajarib kelgan. Saroy Koreya poytaxti Seul shahrida joylashgan.

Saroyning dizayni atrof-muhit koʻrinishiga mutanosib tarzda shakllantirilgan. Saroyning orqa hovlisidagi baʼzi daraxtlarning yoshi hozirda 300 dan oshganligi taxmin qilinadi. Changdeokgung 1997-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Bulguksa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seokguram inshootidagi haykal Grotto

Bulguksa, shuningdek, Buddanining tarixiy ibodatxonasi va Seokguram Grottosining uyi sifatida ham tanilgan. Inshoot 751-yilda qurilgan va koʻp sonli zallardan iborat. Mazkur hududda ikkita pagodaoʻrnatilgan.

Seokguram grottosi Bulguksa ibodatxonasining ermitaji hisoblanadi. Asosiy xonada Budda haykali oʻrnatilgan. Mazkur ibodatxona va grotto 1995-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Tripitaka Koreana va Haeinsa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haeinsa (talaffuzi: Heinsa) — Janubiy Kyonsang provinsiyasidagi katta ibodatxonadir. U dastlab 802-yilda qurilgan va dunyodagi eng qadimgi Buddist yogʻoch qoʻlyozmalari boʻlgan Tripitaka Koreana yogʻoch bloklarini oʻzida saqlagan[80]. Ushbu yogʻoch bloklarning oʻymakor bezaklarini tayyorlash 1236-yilda boshlangan va jarayon 1251-yilda yakunlangan. Yogʻoch bloklar imperator va koreys xalqining taqvodorligidan dalolat beradi.

Tripitaka soʻzi sanskrit tilidan olingan boʻlib, buddistlarning estetik qonunlariga ishora qiluvchi uchta savat maʼnosini anglatadi. Tripitaka Koreana 81’258 darajali yogʻoch blokdan iborat va buddist yozuvlarining eng katta, eng qadimgi va eng toʻliq toʻplamidir. Ajablanarlisi shundaki, yogʻoch bloklarning birortasida xatolik yoki nuqson izlari topilmagan. Tripitaka Koreana Hanjada oʻyilgan eng chiroyli va toʻgʻri buddist qonun-qoidalar toʻplami sifatida tan olingan.

Mazkur hudud 1995-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Hvaseong[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻarbiy darvoza va qoʻriq minorasining old koʻrinishi

Hvaseong (talaffuzi: Xvason) — Janubiy Koreyaning Seul shahri janubidagi Suvon shaharchasining istehkomidir. Uning qurilishi 1796-yilda yakunlangan va u oʻsha paytda maʼlum boʻlgan Koreya istehkomining barcha eng soʻnggi qulaylikarini oʻz ichiga oladi. Qal’ada qirolning shahar yaqinidagi otasining qabriga tashriflari uchun bunyod etilgan ajoyib saroy ham mavjud.

Qal’a tekis va baland-past tepaliklardan iborat hududni qamrab oladi, bu Sharqiy Osiyoda kam uchraydigan qal’aga tjoy tanlash uslubidir. Devorlarning uzunligi 5,52 kilometrni tashkil etadi va perimetri boʻylab 41 ta ob’ekt mavjud. Bularga toʻrtta asosiy darvoza, suv yigʻish uchun hovuz, toʻrtta maxfiy darvoza va mayoq minorasi kiradi.

Hvaseong 1997-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan.

Namhansanseong[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namhansanseong (talaffuzi: Namhansansong) 2014-yilda YuNESKOning Butunjahon merosi ob’ektiga aylantirildi[81].

Sansa, Buddistlar togʻ monastirligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sansa — Koreya yarim orolining janubiy viloyatida joylashgan buddist togʻ monastirlari jamlanmasidir. VII—IX asrlarda tashkil etilgan inshootlarni oʻz ichiga olgan yettita ibodatxonaning fazoviy joylashuvi Koreyaga xos boʻlgan umumiy xususiyatlarni oʻzida namoyon etadi, jumladan, yonma-yon qurilgan toʻrtta bino (Budda zali, pavilyon, maʼruza zali va yotoqxona) bilan oʻralgan „madang“ (ochiq hovli). Ular juda koʻp sonli alohida diqqatga sazovor inshootlar, ob’ektlar, hujjatlar va ziyoratgohlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu tog 'monastirlari muqaddas joylar boʻlib, ular bugungi kungacha eʼtiqod va kundalik diniy amaliyotning yashash markazlari sifatida saqlanib qolgan. [82]

Kesondagi tarixiy yodgorliklar va manzilgohlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yili Kesondagi tarixiy obidalar va diqqatga sazovor joylar YuNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan[83].

Gochang, Hvasun va Ganghva[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gochang, Hvasun va Ganghva (talaffuzi: Kochhan, Hvasun, Kanhvado) 2000-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Bu hududlarda yuzlab turli megalitlarni oʻz ichiga olgan tarixiyi qabristonlar joylashgan. Bu megalitlar miloddan avvalgi I asrda katta tosh bloklaridan yaratilgan qabr toshlaridir. Megalitlarni butun dunyo boʻylab topish mumkin, ammo Gochang, Hvasun va Ganghva hududarida topilganlari boshqalaridan tubdan farq qiladi.

Gyeongju hududi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gyeongju (talaffuzi: Kyondju) atrofidagi tarixiy hudud 2000-yilda YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Gyeongju Silla qirolligining poytaxti edi. Silla hukmdorlarining qabrlari hali ham shahar markazida joylashgan qabristonda saqlanmoqda. Bu qabrlar sopol tepalikka koʻmilgan, baʼzi yerlarda piramidalarga oʻxshatilgan qoyatosh xonalariga ega sagʻanalar ham uchrab turadi. Gyeongju atrofidagi hudud, xususan, Namsan togʻidan Silla davriga oid yuzlab arxeologik qazilmalar topilgan. Poseokjeong ushbu hududlar orasida eng mashhurlaridan biridir, shuningdek koʻplab koreys buddist sanʼati naʼmunalari, budda haykallari, releflar, pagodalar va asosan VII--X asrlarda qurilgan ibodatxonalar va saroylar qoldiqlari arxeologik izlanishlar davomida chuqur oʻrganilgan.

Koguryo maqbaralari majmuasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koguryo maqbaralari majmuasi Pxenyandagi Janubiy Pyongʻan va Shimoliy Koreyaning Janubiy Hvanghae provinsiyasi joylashgan Nampo shahridan topilgan. 2004-yil iyul oyida mazkur hudud 38-parallelning shimolidagi birinchi YuNESKOning Jahon merosi obyektiga aylantirildi.

Maqbaralar majmuasi Koreyaning Uch Qirolligidan biri boʻlgan Goguryeo davrida hukmronlik qilgan qirollar va oila aʼzolarining jami 63 ta qabrlaridan tashkil topgan. Mazkur qirollik miloddan avvalgi 32-yillarda Shimoliy Koreya va Manchuriya atrofida tashkil etilgan va 427-yilda poytaxt Pxenyanga koʻchirilgan. Bu qirollik milodiy V-VII asrlar orasida mintaqada hukmronlik qilgan.

Koreyaning tarixiy qishloqlari: Hahoe va Yangdong[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joseon sulolasining qirollik qabrlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Korean Culture, Volume 23, Issue 2
  2. Food, Cuisine, and Cultural Competency for Culinary, Hospitality, and Nutrition Professionals by Sari Edelstein
  3. A Concise History of Korea: From the Neolithic Period through the Nineteenth Century by Michael J. Seth
  4. „See "Same roots, different style" by Kim Hyun“. Korea-is-one.org. 2012-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
  5. Connor, Mary E.. The Koreas: A Global Studies Handbook – Mary E. Connor, 2002. ISBN 9781576072776. 2012-yil 15-iyulda qaraldi. 
  6. „An Introduction to Korean Culture for Rehabilitation Service Providers“. Center for International Rehabilitation Research Information & Exchange. 2020-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-avgust.
  7. „Religious Music : Shamanism“. gugak.go.kr. 2014-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Shamanism“. Korea Tourism Organization. 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-avgust.
  9. Yong Jin, Dal (2011). "Hallyu 2.0: The New Korean Wave in the Creative Industry". International Institute Journal 2 (1). https://quod.lib.umich.edu/i/iij/11645653.0002.102/--hallyu-20-the-new-korean-wave-in-the-creative-industry?rgn=main;view=fulltext. 
  10. Farrar, Lara. „'Korean Wave' of pop culture sweeps across Asia“. CNN.
  11. Cheon, Sang Yee (2015). "The Global Impact of South Korean Popular Culture: Hallyu Unbound ed. by Valentina Marinescu". Korean Studies 39: 113–114. doi:10.1353/ks.2015.0005. https://www.researchgate.net/publication/293479051. 
  12. Kim, Harry. „Surfing the Korean Wave: How K-pop is taking over the world | The McGill Tribune“. The McGill Tribune (2016-yil 2-fevral).
  13. „The Third Korea“.
  14. 14,0 14,1 Kedar, Nath Tiwari. Comparative Religion. Motilal Banarsidass, 1997. ISBN 81-208-0293-4. 
  15. Religious Intelligence UK Report
  16. [1] (Wayback Machine saytida 2016-01-05 sanasida arxivlangan) North Korea, about.com
  17. „300 to 600 CE: Korea | Asia for Educators | Columbia University“. Afe.easia.columbia.edu. Qaraldi: 2012-yil 6-mart.
  18. "Malananta bring Buddhism to Baekje" in Samguk Yusa III, Ha & Mintz translation, pp. 178-179.
  19. Kim, Won-yong (1960), „An Early Gilt-bronze Seated Buddha from Seoul“, Artibus Asiae, 23 (1): 67–71, doi:10.2307/3248029, JSTOR 3248029, pg. 71
  20. Woodhead, Linda. Religion in the Modern World- Traditions and Transformations, 3rd, London and New York: Routledge, 2016 — 96–97 bet. ISBN 978-0-415-85881-6. 
  21. Evelyn McCune, The Arts of Korea: An Illustrated History
  22. Lee, Kenneth B.. Korea and East Asia: The Story of a Phoenix – Kenneth B. Lee, 1997. ISBN 9780275958237. 2012-yil 15-iyulda qaraldi. 
  23. „Pottery in Japan“. Onmarkproductions.com. Qaraldi: 2010-yil 1-iyun. "For example, Japanʼs famous Hagi ware originated when Korean potters were brought back to Japan during the „pottery wars“ of 1592 AD and 1597 −1598 AD."
  24. Purple Tigress. „Review: Brighter than Gold – A Japanese Ceramic Tradition Formed by Foreign Aesthetics“. BC Culture (2005-yil 11-avgust). 2008-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 10-yanvar.
  25. „Muromachi period, 1392–1573“. Metropolitan Museum of Art (2002-yil oktyabr). — „1596 Toyotomi Hideyoshi invades Korea for the second time. In addition to brutal killing and widespread destruction, large numbers of Korean craftsmen are abducted and transported to Japan. Skillful Korean potters play a crucial role in establishing such new pottery types as Satsuma, Arita, and Hagi ware in Japan. The invasion ends with the sudden death of Hideyoshi.“. Qaraldi: 2008-yil 10-yanvar.
  26. John Stewart Bowman. Columbia Chronologies of Asian History and Culture. Columbia University Press, 2002 — 170p bet. ISBN 978-0-231-11004-4. 
  27. Eckersley, M. ed. 2009. Drama from the Rim: Asian Pacific Drama Book (2nd ed.). Drama Victoria. Melbourne, p. 54.
  28. Traditional Painting: Window on the Korean Mind By Rober Koehler et al.
  29. „책거리“. Encyclopedia of Korean Folk Culture. National Folk Museum of Korea. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  30. Moon. „Exhibition defies conventions of Korean painting“. Korea JoongAng Daily. JoongAng Ilbo. Qaraldi: 2018-yil 5-aprel.
  31. „A rare glimpse into a closed art world“. Korea Is One. 2008-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-iyun.
  32. Traditional Korean Furniture by Edward Reynolds Wright, Man Sill Pai
  33. Briggs, Asa and Burke, Peter (2002) A Social History of the Media: from Gutenberg to the Internet, Polity, Cambridge, pp.15-23, 61-73.
  34. Wilkinson 2012, s. 911.
  35. Sohn, Pow-Key, "Early Korean Printing," Journal of the American Oriental Society, Vol. 79, No. 2 (April -June , 1959), pp. 96–103 (103).
  36. „'Pansori' was designated as intangible cultural property in UNESCO's Memory of the world.“. Maeil Business Newspaper (2003-yil 8-noyabr).
  37. Flags, color, and the legal narrative : public memory, identity, and critique, Anne Wagner, Sarah Marusek, Cham, Switzerland: Springer, 2021 — 125 bet. ISBN 978-3-030-32865-8. OCLC 1253353500. 
  38. „Hanbok libosi tarixi“. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.
  39. Passport to Korean culture., Haeoe Hongbowŏn, 2009, Seoul, Korea: Korean Culture and Information Service, 2009. ISBN 978-89-7375-153-2. OCLC 680802927. 
  40. Gwak, Sung Youn Sonya. Be(com)ing Korean in the United States: Exploring Ethnic Identity Formation Through Cultural Practices. Cambria Press, 2006. ISBN 9781621969723. 
  41. Han, Hee-sook (2004). "Women's Life during the Chosŏn Dynasty". International Journal of Korean History 6 (1): 142. https://ijkh.khistory.org/journal/view.php?number=342. Qaraldi: 6 September 2019. Koreys madaniyati]]
  42. Cho, Seunghye (2017-09-03). "The Ideology of Korean Women's Headdresses during the Chosŏn Dynasty". Fashion Theory 21 (5): 553–571. doi:10.1080/1362704X.2016.1251089. ISSN 1362-704X. https://doi.org/10.1080/1362704X.2016.1251089. 
  43. Cho, Eun-ah, „Cho Eun-ah’s Hanbok Story(27)“, „C News041“, 2012/11/28
  44. „ko:까치두루마기“ (ko). Nate / EncyKorea. 2011-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 30-sentyabr.
  45. „Geocities.com“. Julia's Cook Korean site. 2009-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 29-noyabr.
  46. „Traditional clothing“. KBS Global. 2008-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan.
  47. Chang, In-Woo (2006). "Change in Hanbok of South and North Korea after the Division and the Interexchange -Focusing on Women's Jeogori-". Journal of the Korean Society of Clothing and Textiles 30 (1): 106–114. ISSN 1225-1151. https://koreascience.kr/article/JAKO200612842609717.page. 
  48. Lopez Velazquez, Laura „Hanbok during the Goryeo and Joseon dynasty“. www.korea.net (2021). Qaraldi: 2022-yil 21-avgust.
  49. „Hanbok Renaissance Goes from Strength to Strength“.
  50. Ell, Kellie „Seoul Fashion Designer Adds Modern Twist to Traditional Korean Dresses“ (en-US). WWD (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  51. Ell, Kellie „Seoul Fashion Designer Adds Modern Twist to Traditional Korean Dresses“ (en-US). WWD (2019-yil 19-mart). Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  52. Me, The Korean in „Hanbok: Celebrities Have Fallen In Love with This Korean Traditional Clothing - Here's Why“ (en). www.prnewswire.com. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  53. Kim, Hee-Sun „Appropriating Gugak and Negotiating K-Heritage. K-Pop's Reconstruction of Korean Aesthetics in the Age of Digital Globalization“ (2022).
  54. 정덕형, 《코리아 장기》, seorim madaniyati, 2003-yil, ISBN 89-7186-495-8.
  55. Lee, Kyung Won; Cho, Wookyoun (2017-06-19). "The Consumption of Dairy Products Is Associated with Reduced Risks of Obesity and Metabolic Syndrome in Korean Women but not in Men". Nutrients 9 (6): 630. doi:10.3390/nu9060630. ISSN 2072-6643. PMID 28629203. PMC 5490609. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5490609. 
  56. „Korean Cuisine (한국요리 韓國料理)“ (ko). Naver / Doosan Encyclopedia. Qaraldi: 2009-yil 28-mart. [sayt ishlamaydi]
  57. „ko:장 醬“ [Jang] (ko). Nate / Encyclopedia of Korean Culture. 2011-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  58. „ko:콩“ [Kong] (ko). Nate / Encyclopedia of Korean Culture. 2011-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  59. Patra, Jayanta Kumar; Das, Gitishree; Paramithiotis, Spiros; Shin, Han-Seung (2016-09-28). "Kimchi and Other Widely Consumed Traditional Fermented Foods of Korea: A Review". Frontiers in Microbiology 7: 1493. doi:10.3389/fmicb.2016.01493. ISSN 1664-302X. PMID 27733844. PMC 5039233. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5039233. 
  60. „Kimchi - food“.
  61. Kim, M., & Chun, J. (2005). Bacterial community structure in kimchi, a Korean fermented vegetable food, as revealed by 16S rRNA gene analysis. International Journal of Food Microbiology, 103(1), 91-96. See Abstract.
  62. Yiu H. Hui; Sue Ghazala. Handbook of Vegetable Preservation and Processing, Dee M. Graham, K. D. Murrell, Wai-Kit Nip, CRC Press, 2003-09-01 — 191 bet. ISBN 978-0-8247-4301-7. 
  63. „ko:녹두묵“ [Nokdumuk] (ko). Doosan Encyclopedia. 2008-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  64. Jang, J. et al. (2005). Understanding the food culture. [식생활 문화의 이해]. Seoul: Bomungak. ISBN 89-91060-34-X
  65. Lee, Yeun Ja „Jongga Ancestral Rituals and Food Culture“ Koreana, Volume 24, No.2, Summer 2010
  66. Olimiko „koreafoods.net“. www.koreafoods.net. 2018-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-avgust.
  67. „Sachal eumsik (사찰음식 寺刹飮食)“ (ko). Doosan Encyclopedia. Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  68. Song, Min-seop (송민섭). „ko:심신이 맑아지는 사찰음식…마음까지 정갈“ (ko). Seyeo Ilbo (2005-yil 8-may). Qaraldi: 2015-yil 2-iyul.
  69. Okwha Chung; Judy Monroe. Cooking the Korean Way. Lerner Publishing Group, September 2002 — 13–14 bet. ISBN 978-0-8225-4115-8. <nowiki>
  70. Pettid 2008, p.15 (Wayback Machine saytida 31 October 2022 sanasida arxivlangan)
  71. „ko:차“ [Tea (cha)] (ko). Nate / Encyclopedia of Korean Culture. 2011-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 23-oktyabr.
  72. [2] (Wayback Machine saytida February 24, 2007, sanasida arxivlangan)
  73. Life in Asia, Inc. „Korean Holidays“. Lifeinkorea.com. 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
  74. Asia Society — Historical and Modern Religions of Korea
  75. „About Korea – Religion“. Korea.net. 2010-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
  76. „South Koreans“. Every Culture. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
  77. „Culture of SOUTH KOREA“. Every Culture (1944-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
  78. „Culture of NORTH KOREA“. Every Culture. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
  79. „CIA The World Factbook – North Korea“. Cia.gov. Qaraldi: 2012-yil 15-iyul.
  80. „Tripitaka Koreana at Haeinsa Temple“. Cultural Properties Administration of South Korea. 2009-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 21-fevral.
  81. „Namhansanseong“ (en). UNESCO World Heritage Centre. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.
  82. Centre. „Sansa, Buddhist Mountain Monasteries in Korea“ (en). whc.unesco.org. Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
  83. „Historic Monuments and Sites in Kaesong“ (en). UNESCO World Heritage Centre. Qaraldi: 2016-yil 22-sentyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]