Koreya yarim oroli — Sharqiy Osiyoda, Yapon dengizi bilan Sariq dengiz oraligʻida. Maydoni 150 ming km². Oʻz. 600km chamasida, aksari qismida kengligi 200km. Koreya yarim orolio.da Koreya Respublikasi va KXDRning katta qismi joylashgan. Yarim orol materik bilan Koreya boʻyni orqali tutashgan. Relyefi, asosan, togʻli, gʻarbida sertepa tekislik. Eng baland joyi — Sharqiy Koreya togʻlaridagi Chirisan choʻqqisi (1915 m). Sharqiy qirgʻoqlari kam parchalangan, gʻarbi va janubida qoʻltiq va buxta koʻp. Iqlimi moʻtadil iqlim, mussonli, janubida subtropik iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida —21° dan janubida 4° gacha, iyulniki 22—26°. Yiliga 900– 1500mm yogʻin yogʻadi. Daryolari sersuv, eng muhimlari: Amnokkan, Tumangan, Kimgan va boshqa Keng bargli va doim yashil subtropik oʻrmonlar (jan.da) bilan qoplangan. Vodiylarda sholi, soya, paxta ekiladi. Foydali qazilmalardanvolfram, grafit, magnezit uchraydi. Milliy parklar tashkil etilgan. Yana q. Koreya.[1]