Koreya markaziy hayvonot bog‘i

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Korea Central Zoo in Pyongyang.jpg
Koordinatalar 39°4′30.00000000001″N 125°48′53.999999999992″E / 39.0750000000000028°N 125.81499999999999773°E / 39.0750000000000028; 125.81499999999999773 G OKoordinatalari: 39°4′30.00000000001″N 125°48′53.999999999992″E / 39.0750000000000028°N 125.81499999999999773°E / 39.0750000000000028; 125.81499999999999773 G O
Koreya markaziy hayvonot bog‘i

Koreya markaziy hayvonot bogʻi, shuningdek, Pyongyan markaziy hayvonot bogʻi deb ham ataladi. Pxenyan markazidagi Taesong togʻi yaqinida joylashgan. Hayvonot bogʻida jami 650 turni oʻz ichiga olgan 5000 dan ortiq yovvoyi hayvonlar mavjud va taxminan bir kvadrat kilometr maydonni egallagan. Xabarlarga koʻra, u 1959-yil aprel oyida Kim II-Sunning koʻrsatmasi bilan tashkil etilgan[1].

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayvonot bogʻidagi fillar asosiy diqqatga sazovor hayvonlardan biri hisoblan. Biroq, 2001-yil holatiga koʻra, hayvonot bogʻida turli xil mahalliy boʻlmagan hayvonlar, jumladan, davlat rahbarlari va boshqa xorijiy fuqarolar tomonidan sovgʻa sifatida berilgan 400 ta hayvonlar saqlana boshlangan[2]. Hayvonlarning katta qismi Skansen akvariumi direktori Shvetsiya fuqarosi Jonas Wahlströmning sovgʻasi boʻlgan. Ular hozirda 1985-yilda yangi eksponat sifatida ochilgan Hayvonlar muzeyida saqlanib kelinmoqda[3]. Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi xabariga koʻra, hayvonot bogʻida ingliz tilida „Yashasin, Buyuk Yoʻlboshchi, oʻrtoq Kim II Sen“ deb qichqiradigan toʻtiqush ham bolgan[4]. Markaziy hayvonot bogʻi 2005-yil aprel oyida Janubiy Koreya hayvonot bogʻlari bilan birinchi hayvonot bogʻi almashinuvini oʻtkazilgan. Janubga joʻnatilgan koʻplab hayvonlar, jumladan, Osiyo qora ayiqlari, Afrika ponilari va Sibir kelinlari birinchi boʻlib Janubiy Koreya tomonidan oʻz manzillariga joʻnatilishidan oldin karantinga olingan[5].

Markaziy hayvonot bogʻida, tashrif buyuruvchilar koʻrishi uchun koʻrgazmaga Kim II-Sung tomonidan tarbiyalangan itlar hamda 1994-yilda Kim II-Sung vafotidan keyin hayvonot bogʻiga berilgan sakkizta it ham korgazmagan qoyilgan[6]. 2000-yilgi sammitda Kim Dae-jung tomonidan Kim Jong-ilga sovgʻa qilingan bir juft Jindo itlari ham hayvonot bogʻida saqlangan.

Mamlakatdagi tabiatni muhofaza qiluvchi hodimlar Shimoliy Koreya hayvonot bogʻidagi sharoitlardan omon qolmasligidan qoʻrqib, kelishuvni qoralagan. Zimbabwe hukumati veterinariya mutaxassislarini hayvonot bogʻiga joʻnatib, u yerdagi sharoitdan mamnun boʻlgan[7].

Tanqidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Markaziy hayvonot bogʻi Lonely Planet va Asia Times tomonidan tanqid qilingan. Koreya uchun „Lonely Planet“ sayyohlik qoʻllanmasi „tushkunlikka soluvchi va ilhomlantirmaydigan joy, undan qochish kerak“ deb taʼriflagan[8]. 2006-yilda Asia Times gazetasida chop etilgan hisobotda Shimoliy Koreyaning “ Hayvonlarga qarshi kurash ” nomli filmi tasvirlangan. Hisobotda koʻplab hayvonlar turlari, jumladan, yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar faqat Markaziy hayvonot bogʻida saqlanayotgani va Shimoliy Koreyaning boshqa joylarida saqlanmagani taʼkidlangan. Markaziy hayvonot bogʻi xodimlarini film ishlab chiqarishga sheriklikda, jumladan, turli xil hayvonlarni bir qafasga joylashtirishda va ularni bir-biriga hujum qilishga undaganlikda ayblaganlar[9]. Hayvonot bogʻida shuningdek, Azalea nomli sigaret chekuvchi shimpanze, basketbol oʻynayotgan maymunlar, figurali uchish mashgʻulotining bir qismi boʻlgan kaptarlar va abakusni boshqarishga oʻrgatilgan it tasvirlangan[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Central Zoo, Center for Cultural and Emotional Life“. Korean Central News Agency (2-avgust 2006-yil). 26-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2007-yil.
  2. „Gift animals“. Korean Central News Agency (20-iyul 2001-yil). 10-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2007-yil.
  3. „Animal Museum of Central Zoo in DPRK“. Korean Central News Agency (25-sentabr 2006-yil). 8-oktabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2007-yil.
  4. Kershaw, Andy. „North Korea: The paranoid state“. The Daily Telegraph (20-mart 2003-yil). 21-aprel 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2007-yil.
  5. Brooke, James. „A quarantine: Definitions differ in Seoul and the U.S.“. International Herald Tribune (15-may 2005-yil). Qaraldi: 18-iyul 2007-yil.
  6. Kang, Chol-hwan. „Dogs Are Hard to Find in Pyongyang“. The Chosun Ilbo (5-noyabr 2000-yil). 26-iyun 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2007-yil.
  7. „'Noah's Ark' deal row rages on“. TimesLIVE. 2013-yil 4-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2022-yil.
  8. Bender, Andrew. Lonely Planet: Korea. Lonely Planet, 2004 — 349 bet. ISBN 1-74059-449-5. 
  9. Card, James. „North Korea: Red in tooth and claw“. Asia Times (28-yanvar 2006-yil). 6-fevral 2006-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2007-yil.
  10. Simon, Johnny. „The star of the Pyongyang zoo is a chain-smoking chimp“. Quartz (19-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 19-oktabr 2016-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]