Kontent qismiga oʻtish

Konvin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Konvin
Turi zavod
Sanoat Oziq-ovqat sanoati
Maqomi amalda
Ishga tushgan sanasi 1953-yil
Joylashuvi Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Gʻazalkent shahri Markaziy mahallasi Gʻazalkent koʻchasi
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Xoʻjayinlar Qamxar MChJ (67,3%)
Direktor Abdugʻafur Akramov
Til(lar)i oʻzbek
Vebsayti aokonvin.uz

Konvin, 1997-yilgacha Gʻazalkent vino kombinati – vino sanoatining yirik korxonasi. Uzum vinosi, aroq, likyor-aroq mahsulotlari ishlab chiqaradi[1]. Korxonaning asosiy inshootlariga aroq va alkogolli ichimliklarni quyish uchun uchta liniya, konyak spirtini distillash uchun uchta liniya va suv-spirtli aralashmani ishlab chiqarish qurilmasi kiradi. Shuningdek, kompaniya uzumni soatiga 30 tonna yoki yiliga 2500 tonna qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan uzumni dastlabki ishlov berish sexi, quvvati yiliga 8,0 ming dekalitr boʻlgan konyak spirtini distillash sexi mavjud[2].

1953-yil „Yangi yoʻl“ arteli (1930) qoshida vino zavodi sifatida tashkil qilingan. 1956—1981-yillarda Toshkentvino kombinati filiali. 1981-yildan mustaqil vino zavodi. 1986-yilda zavod Gʻazalkent ijara-tajriba oziq-ovqat kombinatiga aylantirildi.

Mustaqillikdan keyin Oʻzmevasabzavotuzumsanoatxolding kompaniyasi tarkibiga kiritilgan. 1997-yilda kombinat negizida Konvin Oʻzbekiston—Amerika qoʻshma korxonasi tashkil topdi[1].

Gʻazalkent vino kombinati jarayonida markali oq va qizil vinolar tayyorlashda yangi ikki bosqichli bijgʻitish texnologiyasidan foydalaniladi. Korxonada „Oqtosh“, „Sijjak“, „Oʻzbekiston portveyni“, „Navroʻz“, „Xumson“, „Kagor“, „Aleatiko“ vinolari, „Chatqol“, „Chimyon“, „Prins“, „Slavnaya“, „Istoki Chatkala“, „Gold Star“ araqlari va „Oʻzbekiston“, „Xumor“, „Arsenal“, „Gornyak“, „Konvin“, „Elegiya“ likyor-araq mahsulotlari tayyorlanadi[1].

2021-yil holatiga koʻra, korxona 34 turdagi aroq markalarini ishlab chiqaradi[2].

Ishlab chiqarish koʻrsatkichlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yilda 1,3 ming dal vino va 179,7 ming dal araq-likyor mahsulotlari ishlab chiqarildi[1]. Mahsulotlari chet ellarga (Yaponiya, AQSH, Fransiya) eksport qilinadi[1].

2020-yilda umumiy ishlab chiqarish 376 ming dekalitrni tashkil etdi, shundan 273 ming dekalitr yoki 73% aroq mahsulotlari ishlab chiqarishga, shu jumladan „Kent“, „Best“, „Vipmen“, „Vozduh“ va boshqa brendlarga toʻgʻri keladi.

2021-yil 11-fevraldagi PF-6167-sonli Prezident farmonida „Konvin“ AJdagi 51,0 foiz davlat ulushi xususiylashtirilishi belgilangan[3]. 2021-yilning 17-iyulida Uzassets investitsiya kompaniyasi tomonidan KPMG kompaniyasi ishtirokida xususiylashtirishga chiqarildi[2].

2022-yil 14-yanvarda „Konvin“ AJning 51,0 foiz aksiyalar paketi yoki 549 952 dona oddiy aksiyasi 4,5 mlrd soʻmga Toshkent respublika fond birjasida sotildi. Bunda bir dona oddiy aksiya uchun 8 183 soʻmdan toʻlandi. Xaridor Toshkentning Qamxar aroq biznesi kompaniyasi boʻldi. 2022-yilning 10-fevralida Konvinning aksiyalari nazorat paketiga egalik qiluvchi Qamxar MChJ boshqa aksiyadorlarga bir dona oddiy aksiya uchun 8 183 soʻmdan sotib olish boʻyicha ommaviy offerta bilan chiqdi[4][5].

2023-yil 27-iyundagi aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarori bilan kompaniya mulkchilik shakli aksiyadorlar jamiyatidan mas’uliyati cheklangan jamiyatga aylantirildi hamda oddiy va imtiyozli aksiyalarini 2023-yil 2-iyuldagi kompaniya aksiyalari bilan tuzilgan oxirgi birja bitimi narxida – 8 500 soʻmdan sotib olishini maʼlum qildi[6][7]. 2024-yil 7-oktyabrdan kompaniya aksiyalari fond birja savdosidan olindi va kompaniya delisting qilindi[8].



  1. 1 2 3 4 5 „Gʻazalkent vino kombinati“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 11-jild (Qizilqumit Hoʻrmuz). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2005 608-bet. 
  2. 1 2 3 „“Konvin” AJ ustav kapitalidagi 51 foiz davlat ulushi sotuvga qo’yildi“. Spot.uz. Afisha Media (2021-yil 17-iyul). Qaraldi: 29-may 2025-yil.
  3. „“Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida” gi PF-6167-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (2021-yil 11-fevral). Qaraldi: 29-may 2025-yil.
  4. „Объявление“. Toshkent: Toshkent respublika fond birjasi (2022-yil 10-yanvar). Qaraldi: 29-may 2025-yil.
  5. „Столичная водочная компания «Qamxar», купившая 14 января у Инвестиционной компании «UzAssets» 51% акций АО «Конвин» (Ташкентская обл.) за 4,5 млрд. сум, объявила оферту - предложение о выкупе акций у остальных акционеров АО по 8183 сум за 1 акцию“ (Ruscha). CorpInfo. Qaraldi: 29-may 2025-yil.
  6. „Ҳурматли акциядорлар!“. Toshkent: Toshkent respublika fond birjasi (2023-yil 10-iyul). Qaraldi: 29-may 2025-yil.
  7. „АО «Конвин» (Таш. обл.), в связи с принятием 27 июня т.г. решения ОСА (кворум - 94,30%) о преобразовании в ООО, объявило о выкупе простых и привилегированных акций АО по цене 8500 сумов“ (Ruscha). CorpInfo. Qaraldi: 29-may 2025-yil.
  8. „Делистинг“. Toshkent: Toshkent respublika fond birjasi (2024-yil 8-oktyabr). Qaraldi: 29-may 2025-yil.