Konstantin Ivanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Konstantin Vasilyevich Ivanovdan yoʻnaltirildi)

Konstantin Vasilyevich Ivanov [1890.15.(27).5 — Belebeyevsk tumani, Boshqirdiston — 1915.13.(26).3] — chuvash shoiri. Chuvash adabiyoti asoschisi, muallim. Chuvash oʻrta maktablari uchun oʻquv qoʻllanmalari va alifbo tuzishga hissa qoʻshgan. Ilk ijodi 1905—07 yillar rus adabiyotidagi sheʼr va asarlarini chuvash tiliga tarjima qilishdan boshlagan. „Ikki qizim“, „Ochlik ertaklari“, „Temir iylagich“ va „Beva“ balladalari, „Shaytonning kuli“ fojia va b. publitsistik sheʼrlar muallifi. „Narspi“ (1908) dostoni haq-huquqsiz chuvash ayoli haqida. I. chuvash sheʼriyatida birinchi boʻlib sillabiktonik sheʼr tizimini qoʻllagan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil