Kontent qismiga oʻtish

Konstantin Genich

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Konstantin Genich
Константин Генич
Genich (2023-yil)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Konstantin Mixaylovich Genich
Tavallud sanasi 3-yanvar 1978-yil (1978-01-03) (47 yosh)
Tavallud joyi Irkutsk, Rossiya SFSR
Boʻyi 1.79 m (5 ft 10 12 in)
Ampluasi Yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Spartak Moskva
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995 Spartak-d Moskva 6 (1)
1995 FC Torgmash Lyubertsy 14 (1)
1996 Spartak-d Moskva 16 (1)
1997 FC Monolit Moskva 32 (5)
1998 Ventspils 14 (3)
1999—2001 Ximki 84 (29)
2001 FC Pskov-2000 12 (2)
2001—2002 Maccabi Ahi Nazareth
2002—2005 Amkar Perm 57 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Konstantin Mixaylovich Genich (ruscha: Константин Михайлович Генич; 1978-yil 3-yanvarda tugʻilgan) – rossiyalik sobiq professional futbolchi. U TV futbol sharhlovchisi va Bukmekerlar reytingi jurnali eksperti.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olti yoshida Moskvaning Dinamo futbol klubi akademiyasida futbol oʻynay boshlagan. Akademiyadagi faoliyati davomida ikki oyogʻi singan. Toʻqqiz yoshida u Moskvaning „Spartak“ yoshlar akademiyasiga oʻtgan[1]. Keyinchalik „Spartak“ning oʻrinbosar jamoasi va Moskvaning „Monolit“ klubida Uchinchi ligada oʻynagan. 1995-yilda u Lyubertsining Torqmash klubida ham oʻynagan[2].

„Spartak“ning asosiy tarkibiga kira olmay, 1998-yilgi mavsumni Latviyaning „Ventspils“ klubida oʻtkazib, Rossiyaga qaytgan. Keyingi ikki yarim mavsumda u „Ximki“ jamoasida oʻynagan va 2000-yilda klubni birinchi divizionga chiqishga yordam bergan. Oʻsha yili u „Markaziy“ zonada eng yaxshi toʻpurarga boʻlgan (18 gol) va Rossiya kubogida toʻrtta gol kiritgan.

U 2001-yilning 7-aprelida „Ximki“ safida „Shinnik Yaroslavl“ jamoasiga qarshi oʻyinda Rossiya milliy ligasida debyut qilgan. FNLda Ximki va Permning Amkar klublarida uch mavsum oʻynagan.

2001-yil oxiriga kelib Pskov-2000 jamoasiga qoʻshilgan. Ikki marta yuqori divizion klublari „Saturn Ramenskoye“ (1999—2000) va Moskvaning „Torpedo“ (2000—2001) klublari bilan shartnoma imzolashga yaqin kelgan, ammo yakunda bu jamoalarga oʻtmagan[3].

2002-yil boshida u Isroilning „Makkabi Ahi Nazaret“ klubida oʻynagan va undan oldin Permning „Amkar“ jamoasiga oʻtgan. 2003-yil 1-noyabrda u Voronejning „Fakel“ klubi darvozasiga ikkita goldan birini kiritib, „Amkar“ning 2004-yilgi mavsumda Premyer-ligaga chiqishini taʼminlagan. 2004-yil 19-may kuni Genich Tulaning „Arsenal“ klubiga qarshi oʻrtoqlik oʻyini chogʻida yassi yerda sirgʻalib ketganidan soʻng oʻzaro bogʻlamini yirtib olib, faoliyatini yakunlashiga sabab boʻlgan jarohat oldi. U hech qachon „Amkar“ tarkibida Premyer-ligada maydonga tushmagan va 2006-yil boshida faoliyatini yakunlagan.

Mediadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Genich oʻz faoliyatini NTV Plus Sport telekanalida jurnalist va sport boshlovchisi sifatida boshlagan va 2015-yilgacha ishlagan. U MatchTV telekanaliga televizion futbol sharhlovchisi hamda Rossiya va Ispaniya futboli boʻyicha ekspert sifatida oʻtgan[4].

2011-yil fevraligacha u Sport FM-da Vne igry (Offside) radio-shousini olib borgan va 2013-yilda yana stansiyaga qaytgan.

2013-yil 14-avgustda Shimoliy Irlandiya va Rossiya terma jamoalari oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash oʻyinida, Birinchi kanalda sharhlovchi sifatida debyut qilgan[5]. 2014-yilda u FIFA Jahon chempionati[6] va Spartak Moskva klubining Otkritiye Arena stadionidagi ochilish oʻyinini[7] hamda 2014-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi finalini sharhlab borgan[8].

2015-yilda u sharhlovchi Georgiy Cherdansev[9] bilan birga FIFA 16 video oʻyini uchun sharxlovchilik qilgan va Argentinaning Metegol (2013) animatsion filmining dublyaj qismida qatnashgab[10]. U, shuningdek, 2018-yilgi CTS teleserialida oʻzinig hayotini roʻl sifatida oʻynagan[11].

2015-yilning noyabr oyidan beri u Match TVda ishlagan[12][13], Fransiyadagi UEFA Yevro-2016[14] va Rossiyada boʻlib oʻtgan 2018-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatini sharhlagan[15]. 2019-yil 5-dekabrda u Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan televideniye orqali berilgan savol-javobda Match TV vakili sifatida ishtirok etgan.

U YouTubeʼdagi „Comment“ shousining doimiy ishtirokchisi. Shou davomida Nobel Arustamyan, Roman Gutzeit va Denis Kazanskiy bilan birga oʻyinchilar va murabbiylar taklif qilib futbolni muhokama qilishadi.

2023-yil aprel oyida u Media ligasida ishtirok etuvchi Match TV futbol jamoasining bosh murabbiyi boʻlgan[16], 2024-yilning iyun oyida bu lavozimni tark etgan[17].

2024-yil 14-iyul kuni Genich va Dmitriy Shnyakin Match TV uchun UEFA Yevro 2024 finalini sharhlashdi. Tanaffusda jurnalist Aliona Doletskaya Telegram’da ularni tanqid qilib, shunday deb yozdi: „Iltimos, Genich va Shnyakin sharhlovchilarini ishdan boʻshatinglar – bu futbolga isnod, rus tiliga haqorat va tinglovchilar qulogʻiga ozor keltirayotgan sharmandalikdir“. U, ayniqsa, oʻyinchilarning „Ermes sandalidagi qariya“, „ananas bosh“ va „makaron soch turmagi“ kabi haqoratli laqablarini keskin qoralagan. IIqtisodchi Nikita Krichevskiy tanqidlarga qoʻshilib, muxlislar „ogʻzaki axlatdan“ qochish uchun pullik efirga oʻtganini taʼkidladi. Genich kinoyali ohangda shunday javob qaytardi: „Nam yertoʻladagi sichqonlar ustida bosh qotirish – mayda gaplik. Bu ulugʻ xonimning oldida hech nima emas“. U efirni „oliy darajada“ deb himoya qilib, TEFI mukofotini qoʻlga kiritishini bashorat qilgan[18][19][20].

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikki marta turmush qurgan, uning birinchi nikohidan bir oʻgʻli[21][22] va ikkinchisidan ikki qizi, Mariya va Anna (b. 2013) bor.

2024-yil yanvar oyida sport oʻyinlarida pul tikish ortidan 15-20 million rubl yoʻqotganini tan olgan, ammo qimor oʻyinlariga qaramlik bilan kurashayotganini rad etgan[23][24].

  • Rossiya ikkinchi divizioni zonasi markazi toʻpurari: 2000 (18 gol)
  1. „Константин Генич: «Ну да, бывало, судья подмигивал и говорил: «Падай в штрафной» - Футбол - Sports.ru“ (2019-yil 31-avgust). 2019-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  2. „Первая часть интервью с Константином Геничем - Чемпионат“ (2015-yil 24-iyul). 2015-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  3. „Ежедневная спортивная газета СПОРТ-ЭКСПРЕСС (интернет-версия)“ (2018-yil 3-avgust). 2018-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  4. „Genich and Stognienko will work on MatchTV channel“.
  5. „Twitter / GenichK: Новости ТВ. ...“ (2014-yil 14-iyul). 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  6. „Гусев, Генич, Черданцев, Голованов и Выборнов будут комментировать ЧМ-2014 на Первом канале - Футбол - Sports.ru“ (2018-yil 26-avgust). 2018-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  7. „«Спартак» – «Црвена Звезда». Матч прокомментирует Генич - Футбол - Sports.ru“ (2014-yil 6-sentyabr). 2014-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  8. „Финал Лиги чемпионов будет комментировать Константин Генич - Футбол - Sports.ru“ (2014-yil 21-iyun). 2014-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  9. „Константин Генич станет голосом игры FIFA-2016 - Футбол - Sports.ru“ (2015-yil 30-iyul). 2015-yil 30-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  10. „О футболе и любви: Суперкоманда добралась до России - Кино Mail.ru“ (2021-yil 29-aprel). 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  11. „Сборная России, стадионы «Спартака» и «Зенита» – в одном сериале - О духе времени - Блоги - Sports.ru“ (2021-yil 29-aprel). 2021-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  12. „Комментаторы Константин Генич и Владимир Стогниенко будут работать на канале "Матч ТВ" - Спорт - ТАСС“ (2017-yil 9-mart). 2017-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  13. „Константин Генич: У комментаторов «Матч ТВ» теперь есть дополнительный редактор - Новости - Советский Спорт“ (2016-yil 11-mart). 2016-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  14. „Как «Матч ТВ» покажет Евро-2016“ (2017-yil 24-fevral). 2017-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  15. „Генич рассказал об ожиданиях от матча Колумбия — Англия - Газета.Ru | Novosti“ (2018-yil 26-avgust). 2018-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  16. „Футбол | Genich stal glavnim trenerom mediakomandi Watch TV.“ (2023-yil 12-aprel). 2023-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  17. „Константин Генич объяснил, почему обиделся на футболистов ФК «Матч ТВ»“ (2024-yil 15-iyul). 2024-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  18. „«Позор для футбола»: за что Долецкая раскритиковала комментаторов ЧЕ и как они ответили“ (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  19. „Алена Долецкая раскритиковала работу комментатора «Матч ТВ» Шнякина. Он ответил“ (2024-yil 22-iyul). 2024-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  20. „Алена Долецкая против Шнякина и Генича: теперь с ответами Дмитрия по пунктам! - О духе времени - Блоги Sports.ru“ (ru). Sports.ru (2024-yil 16-iyul). Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  21. „Константин Генич: «Мне в жизни выпало два счастливых билета: жена и работа» - Журнал Football Tribune - Блоги - Sports.ru“ (2021-yil 16-noyabr). 2021-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  22. „Дочка Аня родилась в семье Константина Генича » Футбол России и Мира, новости, трансляции, фото, видео“ (2021-yil 10-may). 2021-yil 10-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  23. „Генич рассказал, когда осознал себя больным лудоманией - Новости Футбола - BOMBARDIR“ (2024-yil 18-yanvar). 2024-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.
  24. „Комментатор «Матч ТВ» Генич рассказал, что проиграл ₽15–20 млн на ставках — РБК“ (2024-yil 18-yanvar). 2024-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 12-mart.