Konstantin Fedin
Konstantin Fedin | |
---|---|
![]() | |
Tavallud sanasi | 12 (24) fevral 1892[1][2] |
Vafot sanasi | 15-iyul 1977[3][4][5] |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Asarlari tili | Rus tili[4] |
Konstantin Aleksandrovich Fedin [1892.12(24), 2. Saratov 1977.15.7, Moskva] — rus yozuvchisi va jamoat arbobi, akademik (1958), Mehnat Qahramoni (1967). "Shaharlar va yillar" (1924) romanida fuqarolar urushi davridagi ziyolilarning hayot yoʻli hikoya qilingan. "Yevropaning oʻgʻirlanishi" (1—2kitob, 1933—35) va "Arktur" sanatoriysi" (1940) romanlarida yangi jahon urushi arafasida Gʻarbiy Yevropadagi siyosiyijtimoiy muhit tanqid qilingan. Ikkinchi jahon urushi yillarida "Tuygʻular sinovi" pyesasini (1942), "Aholi yashaydigan bir necha punkt" hikoya va ocherklar toʻplami (1943)ni yozgan. Urush yillari yozgan trilogiyasi ("Dastlabki sevinchlar", 1945; "Ajoyib yoz", 1947— 49; "Gulxan", 1—2kitob, 1961—65) da 1910-yildan Ikkinchi jahon urushi oxiriga qadar boʻlgan voqealar qamrab olingan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Dastlabki sevinchlar, T., 1967; Oʻtmish bilan uchrashuv [hikoyalar], T., 1971.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
- ↑ 4,0 4,1 (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)