Konsertino

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsertino (ital. concertino — kichik konsert) — 1) yakkanavoz cholgʻuchi va orkestrga moʻljallangan musiqa asari; konsertga nisbatan shaklan kichik, baʼzan simfonik orkestr oʻrniga kamer orkestr ishlatiladi (mas, B.Giyenkoning fortepiano va kamer orkestr uchun "Masharabozlar" asari); 2) dam-li-klavishli musiqa cholgʻusi, tayyor akkordlarsiz xromatik tovushqatorli, 6 yoki 8 qirrali garmon; konsertina deb ham ataladi. 19-asrning 1-yarmida ingliz fizik olimi Ch. Uitston kashf etgan. Pikollodan - kontrabasgacha 6 turi mavjud. Yakka tarzda va ansambl tarkibida ishlatiladi. Angliya, Germaniya va boshqa Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Unda kompozitor asarlari hamda xalq qoʻshiq va kuylari ijro etiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil