Konsertina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsertina (inglizcha: concertina) — tilchali pnevmatik cholgʻu asbobi — tayyor akkordlarsiz xromatik shkalaga ega garmonika. XIX asrning birinchi choragida ixtiro qilingan (Charlz Uitston patenti, London, 1829). Konsertinaning eng keng tarqalgan turi boʻlgan konsertino-primaning  oʻlchami 150-180 mm (eng uzun diagonal boʻyicha).

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asbobning ikkala tomonidagi klavishlar oʻrniga, ikkita qopqogʻida toʻrtta parallel qator tugmalar mavjud. Nota satrlarida yozilgan notalar pastki qopqoqda chap qoʻl bilan, qatorlar orasidagi boʻshliqlarga yozilgan notalar oʻng qoʻl bilan yuqori qopqoqda chalinadi. Havo bosimi bilan tebranishga aylanadigan tovushlar vibrator deb ataladigan metall tilchalardan kelib chiqadi. Arzon asboblarda vibratorlar mis, qimmatlarida — poʻlatdandir. Konsertinani chalish, garmonika singari, mesh yordamida ijro etiladi. Konsertina toʻliq xromatik gammaga ega. Ovoz balandligi 3 ½ oktava (kichik oktavaning „sol“ idan to toʻrtinchi oktavaning „do“ sigacha), lekin 4 va undan ortiq oktavali kontsertinalar ham bor. Konsertina tovushlari kuchliligi va toʻliqligi bilan farq qilmaydi, lekin nihoyatda mayin va ohangdor; ayniqsa pianissimoda yaxshi. Konsertinalar turli oʻlcham va tembrlarda boʻladi: skripkali, altli, violonchelli va kontrabasli. Bir-biriga oʻxshamaydigan kontsertinlarning kombinatsiyasi oʻziga xos duxovoy orkestrni tashkil qiladi.

19-asr boshlarida akustikani oʻrganuvchi baʼzi ingliz olimlari turli tajribalar oʻtkazdilar, bu esa baʼzan kontsertina kabi yangi cholgʻu asboblarining paydo boʻlishiga olib keldi[1]. Masalan, 1829-yilda Charlz Uitston „simfoniyum“ deb nomlangan asbobni patentladi". Ushbu asbobning tugmalari boʻlsa ham sof puflab chalinadigan asbob edi, bu tugmalar keyinchalik 1833-yilda u tomonidan ixtiro qilingan meshli kichik garmonikaga oʻtdi[1].

Konsertina asosan Angliyada keng tarqalgan boʻlib, u yerda qoʻshiqchilikni oʻrgatish uchun xalq maktablarida qoʻllaniladi, shuningdek, cherkovda — organ oʻrniga, torli orkestrda u puflama asboblarini oʻrnini bosadi.

1870-yillarda konservatoriya professori G. A. Marenichning tashabbusi bilan Sankt-Peterburgda ayollar uchun xor qoʻshiqchilik sinflarida oliy pedagogika kurslariga kontsertina kirib kelgan. 1880-yillarning boshlarida Sankt-Peterburgda kontsertinani oʻrgatish uchun bepul maktabga ega boʻlgan havaskor „konsertino toʻgaragi“ tashkil etildi. Konsertina orkestrining birinchi tajribasi 1889-yilda Vilna yahudiy oʻqituvchilar institutida konsernitist I. O. Pirojnikov tomonidan yaratilgan, u shuningdek, ushbu asbobni targʻib qiluvchi bir nechta broshyuralarni nashr etgan[2].

1900-yilda Parijda boʻlib oʻtgan koʻrgazmada ingliz uslubida asboblar yasagan Vyatkali usta Ivan Fyodorovich Sunsovning kontsertinasiga birinchi mukofoti berildi.

Konsertina asosida nemis ustalari juda past va yoʻgʻon ovozli asbob bandoneonni, yaratdilar.

Qiziq faktlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

XIX asrning oʻrtalarida Angliya-Germaniya kontsertinasini sevuvchilarni, matbuotda butun bir kompaniya, masxara qilishni boshladi. Gazetalarda karikaturalar, halokatli maqolalar chiqa boshladi. Va, natijada, ushbu asbobning mashhurligi kamayishni boshladi. Rikoshetd kabi bu kamayish ingliz „aristokrati“ga ham taʼsir koʻrsatdi. Bu goʻzal, qulay va ifodali asbob butunlay yoʻqola boshladi. Konsertina masxarabozlar va kupletchilarning asbobiga aylandi[1].

Sovet Rossiyasida XX asrda konsertinadan kupletchilar foydalanganlar. Ammo tez orada u burjua asbobi sifatida tan olindi. Ikkinchi jahon urushidan keyin konsertinaga qiziqish uygʻondi. 1950-1980-yillarda konsertinadan Rudakov va Nechayevning mashhur duet aʼzosi Pavel Rudakov foydalangan. Bugungi kunda kontsertina, ushbu miniatyura cholgʻusida mumtoz asarlarni mohirona ijro etgan, Valentin Osipov va P.Rudakovdan tahsil olgan qoʻshiqchi Nikolay Bandurin[3] tufayligina maʼlum.

Turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konsertinalar 3 asosiy tizimga boʻlinadi:

  • Anglo (anglo-nemis tilidan) — melodik va bas tugmalariga boʻlingan (mos ravishda chap va oʻng) toʻliq diatonik asbob. U musiqachining bilakiga biriktiriladi. Anglo tizimining asboblari oʻz navbatida quyidagilarga boʻlinadi:
  1. Gollandiya (Dutch) — juda ixcham oʻlchamdagi 20 tugmali asboblar.
  2. Anglo (Anglo) — koʻproq 30 tugmachali asboblar.
  • Ingliz (English) — har ikki tomonda melodik va bas tugmalari aralashgan xromatik asbob. Tugmalar soni asbob ishlab chiqaruvchisiga qarab farq qilishi mumkin (30, 48, 56). Ular musiqachining bosh barmoqlariga biriktiriladi, kichik barmoq ostiga maxsus chuqurcha moslashtirilgan
  • Duet (Duet) — bu tizimning asboblari 1963-yilda ixtiro qilingan (1986-yilda patentlangan) va ikkala kontsertina tizimining afzalliklarini birlashtiradi. Anglodan ular musiqachining bilaklaridagi mahkamlagichlarni va melodik va bas tugmalariga boʻlinishini, ingliz turidan esa xromatik tovushqatorni olganlar.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Концертина — музыкальный инструмент — история, фото, видео EOMI энциклопедия“. eomi.ru. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-may.
  2. Knorring V. V. Iz istorii pechati litovskogo Ierusalima: Yevreyskie tipografii. Chast 2 // „Bibliotechnoe delo“, 2015, № 2 (236), s. 29-34.
  3. „buttonbox.ru - Концертина“. buttonbox.ru. 2021-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-may.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Petuxov M. O. Konsertino // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). — SPb., 1890—1907.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]