Dmitriy Konovalov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Konovalov Dmitriy Petrovichdan yoʻnaltirildi)

Dmitriy Petrovich Konovalov (1856.22.3, hozirgi Dnepropetrovsk viloyati — 1929.6.1, Leningrad) — rus kimyogari. Akademik (1923-yildan). Eritmalarning kimyoviy nazariyasi asoschilaridan biri. Petrograd texnologiya instituti (1915-18), Konchilik instituti (1918— 22) professor Petrograd oʻlchov va ogʻirliklar Bosh palatasi prezidenti va texnologiya instituti professor (1922-yildan). Asosiy ilmiy tadqiqot ishlari kimyoviy termodinamika va kinetikaga oid. Konovalov eritmalarning gaz va suyuq fazalaridagi komponentlarining nisbiy tarkibi bugʻ bosimiga hamda ikkita suyuq fazadan iborat sistemalarning qaynash temperaturasiga bogʻliklik qonunlarini (Konovalov qonunlari) kashf etgan (1881—84).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "KONOVALOV Dmitriy Petrovich" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil