Kondensatlanish reaksiyalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kondensatlanish reaksiyalari — ikki yoki bir nechta oddiy moddalardan murakkab birikmalar hosil boʻlishini tavsiflaydigan koʻp sonli reaksiyalar guruhining organik kimyoda nomlanishi. Bunda yangi uglerod-uglerod (S—S) bogʻlari hosil boʻladi. Kondensatlanish reaksiyalarida, koʻpincha, suv, vodorod, spirt, galogenvodorod va galogenlar ajraladi. Bu xildagi Kondensatlanish reaksiyalariga kroton kondensatlanish, benzoin kondensatlanish, aldol kondensatlanish, diyen sintezi va boshqa misol boʻla oladi. Bundan tashqari, geterotsiklik birikmalar hosil boʻladigan barcha reaksiyalar ham organik kimyoda Kondensatlanish reaksiyalari deb ataladi. Bu reaksiyalar jarayonida uglerod — uglerod, uglerod — geteroatom, geteroatom — geteroatom kabi yangi bogʻlar hosil boʻlishi mumkin. Odatda, eterifikatsiya, qayta eterifikatsiya, kislorod yoki azot va boshqa boʻyicha alkillash, atsillash reaksiyalari Kondensatlanish reaksiyalariga kirmaydi. Lekin bu sxemalarda polimerlar hosil boʻlishi polikondensatlanish reaksiyalari deyiladi. Kondensatlanish reaksiyalari sanoatda, lab.da keng qoʻllaniladi. Plastmassalar, loklar, sunʼiy tola va boshqa tayyorlashda ishlatiladigan koʻpgina sintez smolalar (mas, kapron) Kondensatlanish reaksiyalari bilan olinadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil