Konʼyugatlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konʼyugatlar (Conjugatophyceae) — yashil suvoʻtlar sinfi. Bir hujayradan yoki bir qator joylashgan koʻp hujayradan tashqil topgan ipsimon tanacha. Jinsiy koʻpayishi morfologik oʻxshash boʻlgan ikkita vegetativ hujayra ichki muhitining oʻzaro aralashuvi, yaʼni konʼyugatsiyadan, jinssiz koʻpayishi esa boʻlinish (bir hujayralilar) va iplarning boʻlaqlarga ajralishidan (koʻp hujayralilar) iborat. 4000—6000 turi maʼlum. Barcha qitalarda, jumladan, Antarktidada ham tarqalgan. Chuchuk suvda, tuproq ustida, nam joylarda, muzliklarda va baland togʻlarda uchraydi. Xivchinli davrining boʻlmasligi tufayli boshqa yashil suvoʻtlar bilan filogenetik munosabatlari nomaʼlum. Asosiy tartiblari petrium, spirogira, mujotsiya, klosterium. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil