Video oʻyin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kompyuter oʻyinlaridan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Video oʻyin, kompyuter yordamida oʻynaladigan koʻngilochar oʻyinlar hisoblanafi. Oʻyin maydoni kompyuter orqali boshqariladi yoki displey va televizor ekranida namoyon boʻladi. Turli oʻyinlar (masalan, avtomobilni boshqarish, tennis, futbol oʻynash va boshqalar) ning kechishi va vaziyatlari modellari (dasturlari) tuzilib, video oʻyinlar shular asosida tashkil qilinadi. Modelda oʻyinga jalb qilingan obektlar va ular orasida boʻlishi mumkin boʻlgan munosabatlar aks etadi. Masalan, bir oddiyroq oʻyin saviyasidan yuqoriroq oʻyin saviyasiga oʻtish shartlarini oʻz ichiga olgan oʻyin qoidalari ishlab chiqiladi. Video oʻyinlar "jonli" ravishda rivojlanib va murakkablashib borishi, yaqqolligi va vaziyatlarning son-sanoqsizligi bilan boshqa oʻyinlardan ajralib turadi. Oʻyinchoqlarning mahorati va koʻnikmalari oshgan sari video oʻyinlar qiziqarli va mazmunliroq boʻlib boradi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil