Rahim Komiljonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Komiljonov Rahimdan yoʻnaltirildi)

Rahim Komiljonov (1926.5.5, Buxoro) — dirijyor. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasining xor dirijyorligi fakultetini tugatgan (1947). Buxoro teatrida dirijyor (1947—51), Samarqand (1951 — 63), Surxondaryo (1963-68), Qashqadaryo (1968-88) musiqali drama va komediya teatrlarida bosh dirijyor, 1988-yildan Qarshi sanʼat bilim yurtining dirijyorlik boʻlimida oʻqituvchi. Dirijyor sifatida turli spektakllarni boshqargan. "Xolisxon" (Hamza, 1951, Samarqand), "Oʻtgan kunlar" (Ismoilzoda, 1953) va boshqa musiqali dramalar, turli mavzudagi qoʻshiqlar ("Samarqanddan salom", "Surxondaryo", "Koʻzlaring" va boshqalar) muallifi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil