Komil Mingazov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Komil Aleksandrowich Mingazov | ||
| Tavallud sanasi | 21-iyun 1968-yil | ||
| Tavallud joyi | Mari,[1] Turkmaniston SSR, Sovet Ittifoqi | ||
| Boʻyi | 1.70 m (5 ft 7 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Turkmaniston (ayollar) (bosh murabbiy) | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1987 | Kopetdag | 27 | (1) |
| 1988—1989 | Bukovyna Chernivtsi | 25 | (1) |
| 1989—1992 | Kopetdag | ||
| 1993 | Kolxozchi Turkmanqalʼa | ||
| 1994—1998 | Kopetdag | ||
| 1999 | Jenis Astana | 20 | (0) |
| 2000 | Kopetdag | ||
| 2001 | Shaxtyor Qaragʻandi | 16 | (0) |
| 2002—2006 | Nisa | ||
| Milliy terma jamoa‡ | |||
| 1992—2004 | Turkmaniston | 46 [2] | (3 [3]) |
| Boshqargan klublari | |||
| 2006 | Nisa | ||
| 2009—2011 | Kopetdag (ayollar) | ||
| 2010 | Turkmaniston U23 | ||
| 2011—2013 | Talip Sporti (murabbiy) | ||
| 2019− | Turkmaniston (ayollar) | ||
| 2020 | Ashxobod (ayollar futzal) | ||
| 2021— | Turkmaniston (yordamchi) | ||
|
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2015-yil 17-dekabr uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2015-yil 17-dekabr uchun) | |||
Komil Aleksandrovich Mingazov (tatarcha: Камил Александр улы Минһаҗев, turkmancha: Kamil Aleksandrowiç Mingazow; 1968-yil 21-iyunda tugʻilgan) – turkmanistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi[4]. 1994-yilgi Osiyo oʻyinlarida Turkmanistonning Xitoyga qarshi ilk oʻyinida jamoaning atigi 11 nafar oʻyinchisi ishtirok etishga majbur boʻlgan[5], chunki 20 kishilik tarkibning qolgan 9 nafar aʼzosi viza muammolari tufayli Moskvada ushlanib qolgan edi. Odatda yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynagan Mingazov, bu oʻyinda darvozabon vazifasini bajarib, 2:2 hisobidagi durang natijaga erishishga hissa qoʻshgan.
Bundan tashqari, Mingazov 2016-yildan buyon Turkmaniston ayollar futbol terma jamoasi hamda Turkmaniston ayollar futzal terma jamoasining bosh murabbiyi[6] lavozimida ishlab kelmoqda[7].
Komil Mingazov 1992-yildan 2004-yilgacha Turkmaniston milliy terma jamoasi safida 46 marta maydonga tushgan[8].
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mingazov 1987 va 1989—1991-yillarda Kopetdag jamoasida toʻp surgan. 1988—1989-yillarda esa Bukovina jamoasi tarkibida oʻynagan. Jamoa bilan birga Sovet Ikkinchi Ligasining 6-zonasi (Ukraina)da birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.
1992—1999-yillarda mustaqil Turkmaniston futbol chempionatida Kopetdag va Nisa klublarida oʻynagan[9]. U Turkmanistonning yetti karra chempioni va olti marta Turkmaniston kubogi sovrindori hisoblanadi.
Terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shuningdek, u 1992-yildan 2005-yilgacha Turkmaniston milliy futbol terma jamoasida toʻp surgan, FIFA Jahon chempionati va 2004-yilgi Osiyo kubogi uchun bir nechta saralash bosqichlarida ishtirok etgan[10][11][12].
Turkmaniston terma jamoasida u faoliyati davomida barcha pozitsiyalarda oʻynagan: hujumchi, yarim himoyachi, himoyachi va hatto darvozabon sifatida ham maydonga tushgan. Ayniqsa, 1994-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan Osiyo oʻyinlarida u Xitoy Xalq Respublikasiga qarshi oʻyinda (2:2) darvozabon vazifasini bajargan[13][14].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]U murabbiylik faoliyatini 2006-yil may oyida „Nisa“ futbol klubining bosh murabbiyi sifatida boshlagan.
Kopetdagdagi sobiq jamoadoshi Tofik Shukurov bilan birga Kopetdagning ayollar jamoasiga bosh murabbiylik qilgan[15].
Shuningdek, u Ashxoboddagi „Talyp Sporty“ futbol klubida yordamchi murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.
2019-yildan beri u bir vaqtning oʻzida Turkmaniston futbol boʻyicha ayollar milliy terma jamoasi va futzal boʻyicha ayollar milliy terma jamoasini boshqarmoqda[16][17][18][19][20][21].
2020-yilda Ashxobod ayollar futzal klubiga murabbiylik qilgan[22][23].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mingazovning kelib chiqishi tatar millatiga mansub[24]. Uning rafiqasi Yekaterina 1969-yilda tugʻilgan. Ularning uch farzandi bor: Albina (1988-yilda tugʻilgan), Kamila Mingazova (2005-yilda tugʻilgan) va oʻgʻli Ruslan Mingazov (1991-yilda tugʻilgan).
Uning oʻgʻli Ruslan Turkmanistonlik futbolchi boʻlib, hozirda Kitchee jamoasida toʻp surmoqda[25][26][27].
Uning kichik qizi Kamila Mingazova ham professional futbolchi[28] va futzalchi[29] hisoblanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kamil Mingazow - Soccer player profile & career statistics - Global Sports Archive“.
- ↑ „Kamil Mingazow (Player)“.
- ↑ „Kamil Mingazow (Player)“.
- ↑ „Kamil Mingazov“. worldfootball.net. 2012-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
- ↑ „Asian Games 1994 (Hiroshima, Japan)“. RSSSF. Qaraldi: 2020-yil 31-iyul.
- ↑ Part 3: 10th AFC Womenʼs Football Day 2024 marked by joyous celebrations
- ↑ „Iconic Mingazow seeks to build Turkmenistan women's football“. FIFA (2021-yil 18-iyun).
- ↑ „Kamil Mingazow (Player)“.
- ↑ „Veteran player Kamil Mingazov“. 2022-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-mart.
- ↑ „Kamil Mingazow - Soccer player profile & career statistics - Global Sports Archive“.
- ↑ „Match Report of Turkmenistan vs Iraq - 2004-07-22 - AFC Asian Cup - Global Sports Archive“.
- ↑ „Match Report of Saudi Arabia vs Turkmenistan - 2004-07-18 - AFC Asian Cup - Global Sports Archive“.
- ↑ „Asian Games 1994“.
- ↑ Kamil Mingazov preserved the post of the head coach of the womenʼs football national team of Turkmenistan
- ↑ „Women of Turkmenistan step onto the football arena“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 13-avgust.
- ↑ „Meeting before the start of the CAFA-2019 Women's Olympic Championship in Dushanbe“. 2020-yil 7-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Turkmenistan women's football team to hold training camp in Turkey“. 2019-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Turkmenistan women's futsal team to hold training camp in Bulgaria“. 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Turkmen futsal team defeated Kuwait in a friendly match“. 2019-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Turkmenistan women's futsal team to hold training camp in Kuwait“. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Start time of CAFA-2020 Women's U-19 Futsal Championship matches in Dushanbe approved“. 2020-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Four teams at the top of the Turkmenistan Women's Futsal Championship“. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Сразу четыре команды вышли в лидеры чемпионата Туркменистана по футзалу среди женщин“. 2020-yil 28-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
- ↑ „Срок регистрации tatarstansports.ru истек“. 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Туркменистан — Индонезия 1:0 (3:1)“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 10-mart.
- ↑ „5 фактов о Руслане Мингазове, которые мало кто знает“. 2015-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-noyabr.
- ↑ „«Turkmenportal» вручил приз «Лучшему футболисту Туркменистана 2015 года»“. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-fevral.
- ↑ Kamila Mingazowa – Player Info
- ↑ Jenskaya sbornaya Turkmenistana pribila v Tashkent na otborochniy turnir Kubka Azii po futzalu
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Kamil Mingazow Global sport arxivida
- Komil Mingazov National-Football-Teams.com saytida
- Komil Mingazov Footballfakts saytida
- Komil Mingazov Soccerway saytida
- Komil Mingazov Fbref saytida
- 21-iyunda tugʻilganlar
- 1968-yilda tugʻilganlar
- Marida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Alifbo boʻyicha futbol murabbiylari
- Ashxobodlik futbolchilar
- SSSR erkak futbolchilari
- Turkmanistonlik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Kopetdag futbol klubi futbolchilari
- FSC Bukovyna Chernivtsi futbolchilari
- FC Nisa klubi futbolchilari
- FC Jenis klubi futbolchilari
- Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari
- Turkmanistonlik muhojir erkak futbolchilar
- Qozogʻistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari
- Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari
- Turkmaniston futbol murabbiylari
- FC Nisa Aşgabat murabbiylari
- Turkmaniston ayollar milliy futbol terma jamoasi murabbiylari
- Tatar sportchilar