Komedi fransez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"KOMEDI FRANSEZ" (Comedie Frani;aise) (rasmiy nomi — "Teatr Franse", "Teatre-Franpais") — Fransiyaning eng keksa milliy dramatik teatri. 1680 yilda Lyudovik XIV buyrugʻi bilan Parijda asos solingan. Dastlab truppaga 27 aktyor (jumladan, M.Shanmele, M.Baron, Sh.Lagranj, A.Bejar va boshqalar) kirgan. Eng yaxshi milliy dramatik asarlarni sahnalashtirish huquqiga va yetuk aktyorlarni chetdan taqlif etish imkonini beruvchi moddiy yordamga ega boʻlgan "qirollik" teatri mavqeidagi "K.F." tez orada Fransiyaning yirik teatriga aylandi. Teatrga qirol tomonidan tayinlangan superintendantlar rahbarlik qiladi, uning repertuarini belgilaydi. "K.F." doimo klassitsizm kridalariga amal qilishga intilgan, 19- da klassitsizmning tayanchi va rasmiy mafkurasiga aylangan; mumtoz anʼanalarga sodiqlik teatrga turli formalistik oqimlarni kirib kelishiga yoʻl bermagan. "Buyuk fransuz inqilobi" yillarida teatr "Millat teatri" deb atalgan. "Molyer uyi" deb nom olgan "K.F."ni fransuz jamoatchiligi hamisha qoʻllagan. Turli davrlarda teatrda fransuz maʼrifatparvarlari (Volter, D. Didro, P. Bomarshe va boshqalar), tanqidiy realizm namoyandalari (A.Bek, A.Frans, J.Renar, E.Fabr va boshqalar) va boshqa asarlari sahnalashtirilgan. Realistik anʼanalar, asosan, komediyalarda komik aktyorlar (E.F.J. Go, B.K.Koklen va boshqalar) ijodida rivojlangan. "K.F."da zamonaviy fransuz teatrining yirik aktyor va rejissyorlari ijodi shakllangan: M.Bel, B.M.J.Bovi, B.Bretti, J.L.Barro, M.Reno va boshqa "K.F." repertuaridan P.Kornel, J.Rasin, Molyer, P.Bomarshe va boshqalarning asarlari keng oʻrin olgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil