Koloratura

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koloratura (ital. coloratura — bezak) — Yevropa (asosan, Italiya) vokal sanʼatida yuzaga kelgan, oʻta mohir (virtuoz)lnk bilan qoʻllaniladigan murakkab ohang bezaklari va mashklar. K. oʻrta asrlardagi motet, madrigal, shanson kabi janrlar ijrochiligida shakllangan. Ayniqsa, 17—19-asrlarda italyan opera ariyalarida keng qoʻllanilgan. V. Motsart, J. Rossini, L. Delib, J. Verdi, R. Shtraus, M. Glinka, N. Rimskiy-Korsakov, R. Glier va boshqa K.dan (taʼsirchan badiiy vosita sifatida) foydalangan. Yaqin va Oʻrta Sharq musiqa ijrochiligi — mugʻanniy, oshiq, hofiz, baxshi, oqin va boshqa sanʼatidan K.simon nola va mashqlar keng oʻrin olgan. K. mashqlarini ijro eta oladigan, oʻzgarishlarga boy ayollarning baland ovozi K.li soprano deyiladi. Oʻzbek xonandalaridan N. Ahmedova, M. Razzoqovalarning ovozi K.li sopranodir.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil