Kolo Toure

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kolo Habib Toure (fransuzcha: Kolo Habib Touré)-Kot- d’Ivuarlik futbolchi,himoyachi.1981-yil 19-martda Kot-d’Ivuarning Buake shahrida tugʻilgan.Angliyaning "Lester Siti „ klubi bosh murabbiyi.Angliyaning “Arsenal", „Manchester Siti“, "Liverpul" va Kot-d’Ivuar terma jamoalarida oʻynagani bilan tanilgan.Uning akasi Yaya ham mashhur professional futbolchi edi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toure Buake shahrida tugʻilgan, otasi harbiy xizmatchi.Kolo va uning akalarining bolaligi harbiy lagerlarda oʻtdi. Yoshligida u ikkinchi otasi deb ataydigan fransuz murabbiyi Jan-Mark Giyu tomonidan Abidjan akademiyasiga taklif qilingan.Akademiyadan Toure „ASEK Mimozas“ professional klubiga oʻtdi, uni ham Giyu boshqargan.

2002-yil fevral oyida 20 yoshli Toure Angliya Premer-ligasining „Arsenal“ klubida sinovdan muvaffaqiyatli oʻtdi va tez orada klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzoladi.U allaqachon Kot-d’Ivuar terma jamoasida muntazam oʻynagan va 2002-yilgi Afrika Millatlar Kubogida qatnashganligi sababli,Toure Buyuk Britaniyada ishlash uchun ruxsat olishda muammoga duch kelmadi[1].Uning transferi „Arsenal“ga 150 ming funt sterlingga tushdi[2].

Jamoa uchun debyut oʻyini 2002-yilda Angliya Superkubogida "Liverpul" ga qarshi kechgan[3].Kolo Toure dastlab „Arsenal“da himoyaviy yarim himoyachi sifatida oʻynagan, keyinroq oʻng qanot himoyasiga oʻtgan.U "Chelsi" ga qarshi[4] (1:1) „Stemford Brij“da „kanonirlar“ uchun birinchi golini kiritdi.

2009-yil 29-iyulda Toure Angliyaning „Manchester Siti“ klubiga oʻtdi.Transfer summasi oshkor etilmagan, biroq baʼzi OAVlar tomonidan 16 million funt sterling atrofida deb taxmin qilingan[5].

2013-yilning 28-mayida Toure erkin agent sifatida 2013-yilning 1-iyulidan boshlab „Liverpul“ga oʻtishi maʼlum boʻldi, shartnoma 2 mavsumga moʻljallangan[6].

2015-yilning yozida Kolo Toure klub bilan shartnomasini 1 yilga uzaytirdi.2016-yilda Toure shartnomasi tugagach klubni tark etdi.

2016-yilning 23-iyulida Toure Shotlandiyaning „Seltik“ klubi bilan shartnoma imzoladi.2017-yilda u futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2000-yilda Kot-d’Ivuar terma jamoasida debyut qildi.121 oʻyin oʻtkazib,7 ta gol urgan.Afrika Millatlar Kubogi-2006 (finalgacha),Afrika Millatlar Kubogi-2008 (yarim finalga qadar,4-oʻrin),Afrika Millatlar Kubogi-2010 (chorak final), Afrika Millatlar Kubogi-2012 (finalgacha),Afrika Millatlar Kubogi-2013 (chorak final) va Afrika Millatlar Kubogi-2015 (gʻolib) va 2006-yilda Germaniyada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida (guruhdan chiqa olmagan),2010-yilda Janubiy Afrikada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida (guruhdan chiqa olmagan) va 2014-yil Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionati (guruhdan chiqa olmadi).Toure oʻz terma jamoasi sardori edi, ammo 2010-yilda uning oʻrniga Dide Drogba sardorlik qildi.

2015-yilning fevralida Afrika Millatlar Kubogi-2015 da gʻalaba qozonganidan soʻng, u terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi[7].

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyatini 2017-yil sentabr oyida yakunlagandan soʻng darhol „Seltik“ga Brendon Rojers murabbiylar shtabida texnik yordamchi sifatida ishga kirdi.Shuningdek,Kot-d’Ivuar terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisiga aylandi.

2019-yil fevral oyida Rojers Angliya Premer-ligasining „Lester Siti“ klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi va Toure unga birinchi jamoa boshqaruvchisi sifatida qoʻshildi[8].

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

"ASEK Mimosas"

"Arsenal"

"Manchester Siti"

"Seltik"

Shahsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koloning ukasi bor-futbolchi: Yaya.Uning 2014-yilda vafot etgan ikkinchi akasi Ibrohim „Telefonat Bani Suveyf“ klubi hujumchisi edi.

Kolo uylangan va ikki farzandi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Toure joins Gunners“ (en). BBC (14-fevral 2002-yil). 24-dekabr 2002-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-noyabr 2021-yil.
  2. „Kolo Toure“ (en). Arsenal FC. 20-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-noyabr 2021-yil.
  3. „Slick Arsenal win Shield“. BBC (11-avgust 2002-yil). Qaraldi: 9-aprel 2010-yil.
  4. „Arsenal make their point“. BBC (1-sentabr 2002-yil). Qaraldi: 9-aprel 2010-yil.
  5. „Защитник Коло Туре официально стал футболистом «Манчестер Сити»“. РИА Новости (29-iyul 2009-yil). 4-iyun 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-iyul 2009-yil.
  6. „Reds agree Toure deal“. 5-iyun 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-may 2013-yil.
  7. „Коло Туре завершил карьеру в сборной Кот-д’Ивуара“. 15-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-fevral 2015-yil.
  8. „Kolo Toure joins Brendan Rodgers' staff at Leicester City“ (en). BBC (27-fevral 2019-yil). 12-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-noyabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]