Leonid Kogan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kogan Leonid Borisovichdan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Leonid Borisovich Kogan (1924.14.11, hozirgi Dnepropetrovsk — 1982, Moskva) — zamonaviy skripka ijrochilik maktabining yirik namoyandasi. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1948). Moskva filarmoniyasida yakkaxon sozanda (1944 yildan), Moskva konservatoriyasining oʻqituvchisi (1952 yildan), professor (1963 yildan), kafedra mudiri (1969 yildan). Romantik yoʻnalishdagi, koʻpqirrali va rang-barang ijro uslubi oʻzining koʻtarinki ruhi, teran falsafiy mazmundorligi, badiiy fikrlash qamrovi kengligi, ulugʻvorligi va, ayni paytda, nozikligi, kuychanligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan mumtoz va 20-asr kompozitorlari asarlari oʻrin olgan. 1951 yildan boshlab jahon boʻylab gastrolda boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil