Koga
Koga, Kioga — Afrikadagi koʻl, Ugandada. 1029 m balandlikda joylashgan. Maydoni 2,6 ming km², chuq. 3–5 m, oʻz. 120 km. Qirgʻoqlari kuchli parchalangan. K. Viktoriya koʻlini ham oʻz ichiga olgan juda katta suv havzasining qoldigʻi. Koʻl qamish va papirus bilan qoplangan. K. orqali Viktoriya-Nil daryosi oqib oʻtadi. Baliq ovlanadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |