Kontent qismiga oʻtish

Kocatepe masjidi

Koordinatalari: 39°55′00″N 32°51′39″E / 39.91667°N 32.86083°E / 39.91667; 32.86083
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Kocatepe masjidi
turkcha: Kocatepe Camii
Kocatepe masjidi va külliyesi
Mamlakat  Turkiya
Shahar Anqara
Koordinatalar 39°55′00″N 32°51′39″E / 39.91667°N 32.86083°E / 39.91667; 32.86083
Yoʻnalishi sunniy
Soʻngi imom Mehmet Atıcı
Oʻlchami 24 000 namozxon
Minoralar soni 4
Minoralar soni 4
Minoralar balandligi 88 m (289 ft)
Holati amaldagi
Sayt [ankara.bel.tr Rasmiy sayt]

Kocatepe masjidi (turkcha: Kocatepe Camii) – Turkiyaning Anqara shahridagi eng katta masjid. 1967-yildan 1987-yilgacha Kızılaydagi Kocatepe kvartalida qurilgan boʻlib, kattaligi va markazda joylashganligi sabab Anqaraning deyarli har qanday nuqtasidan koʻzga koʻrinadigan yodgorlikka aylangan.

Kocatepe masjidini qurish gʻoyasi 1940-yillarga borib taqaladi. 1944-yil 8-dekabrda Turkiya Din ishlari boʻyicha vitse-prezident Ahmet Hamdi Akseki yetmish ikki taʼsischi aʼzosi bilan birgalikda „Anqaraning Yenişehir shahrida masjid qurish jamiyati“ nomi bilan mashhur jamiyat tuzgan. 1947-yilda ushbu jamiyat arxitektorlardan oʻz loyihalarini taqdim qilishlari eʼlon qilgan, ammo ularga taqdim etilgan loyihalarning hech biri jamiyat tomonidan qabul qilinmagan. 1956-yilda oʻsha davrning Bosh vaziri, marhum Adnan Menderesning saʼy-harakatlari bilan Anqarada masjid qurish loyihasi uchun alohida yer ajratilgan va 1957-yilda yana bir bor masjid loyihasi uchun soʻrov tashkil qilingan. Bu safar jami 36 takliflar jamiyat tomonidan baholangan va ular orasida Vedat Dalokay va Nejat Tekelioğlu tomonidan ishlab chiqilgan qoʻshma loyiha amalga oshirish uchun tasdiqlangan[1].

Meʼmorchiligi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Masjidning tunda koʻrinishi
Masjidning ichki qismi

Qabul qilingan loyiha innovatsion va zamonaviy dizaynga ega edi. Masjid qurilishi boshlangan, biroq uning zamonaviy koʻrinishi konservativlar tomonidan qattiq tanqidga uchragan, shundan soʻng faqatgina poydevor qoʻyilgan qurilish toʻxtatilgan. Vedat Dalokay keyinchalik 1969-yilda Pokistonning Islomobod shahrida joylashgan Faysal masjidi loyihasi boʻyicha xalqaro tanlovda gʻolib chiqib, Kocatepe masjidining oʻzgartirilgan versiyasini barpo etgan. 24 000 namozxonni oʻzida sigʻdira oladigan ushbu masjid dunyodagi eng yirik masjidlardan biri boʻlib, koʻpchilik tomonidan zamonaviy islom meʼmorchiligining ilgʻor namunalari qatoriga kiritilgan.

1967-yilda masjid loyihasi uchun oʻtkazilgan uchinchi tanlovdan soʻng, Hüsrev Tayla va M. Fatin Uluengin tomonidan ishlangan yanada konservativ dizayn tanlab olingan. Ushbu loyiha asosida boshlangan bino qurilishi 1987-yilda qurib bitkazilgan. Masjid Usmoniylar meʼmorchiligining neo-klassik uslubida qurilgan boʻlib, uning dizaynini yaratishda Edirnedagi Salimiya masjidi, shuningdek, Istanbuldagi Shahzoda va Sulton Ahmet masjidlaridan ilhomlanilgan. Ushbu meʼmorchilik namunalari ham oʻz navbatida Ayo Sofiya ibodatxonasining Vizantiya meʼmorchiligidan taʼsirlanib yaratilgan.

  1. „Brochure by the Turkish Ministry of Religious Affairs“. 2008-yil 28-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 7-noyabr.