Kontent qismiga oʻtish

Koca Mustafo posho

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mustafo
Posho
Usmoniylar imperiyasining 23-bosh vaziri
Mansab davri
1511 – 1512
Hukmdor Boyazid II
Oʻtmishdoshi Xarsakli Ahmad posho
Vorisi Xarsakli Ahmad posho
Shaxsiy maʼlumotlari
Vafoti 1512
Bursa, Usmoniylar imperiyasi
Turmush oʻrtogʻi Kamerşah Sulton
Bolalari

Hundi Hanımsultan

Sultanzade Osman Bey

Koca Mustafa posho (1512-yilda vafot etgan) – Usmoniylar davlat arbobi. 1511–1512-yillarda Usmoniylar imperiyasining bosh vaziri lavozimida xizmat qilgan. Usmoniylar xizmatiga devshirme tizimi orqali kirib kelmagan[1].

Mustafo posho oʻz faoliyatini Topkapı saroyida kapıcıbaşı yaʼni „bosh darvozabon“ lavozimidan boshlagan. Bu lavozimda chet ellik elchilarni qabul qilish marosimlarida marosim bosh rahbari sifatida ham xizmat qilgan. 1491-yilda Mustafo posho Sulton Boyazid II ning qizi Kamerşoh Sultonga uylangan va undan Hundi Hanımsulton ismli qizi hamda Sultonzoda Usmon Bey ismli oʻgʻli boʻlgan. Boyazid II hukmronligining soʻngiga yaqin bosh vazir etib tayinlangan, biroq 1512-yilda qatl etilgan.

Istanbulda Mustafo posho ikkita qadimiy Vizantiya cherkovini masjidga aylantirgan boʻlib, binolar keyinchalik poshoning nomi bilan atalgan. Ular Koca Mustafo posho masjidi hamda Atik Mustafo posho masjidlaridir.

  1. Meram, Ali Kemal. Türkçülük ve Türkçülük mücadeleleri tarihi, 1969 — 53-bet. „11 - Koca Mustafa Paşa (Rum)“ 
  • Eyice, Semavi. Istanbul: Petit guide à travers les monuments byzantins et turcs (French). Istanbul: Istanbul Matbaası, 1955. 
  • Müller-Wiener, Wolfgang. Bildlexikon Zur Topographie Istanbuls: Byzantion, Konstantinupolis, Istanbul Bis Zum Beginn D. 17 Jh (German). Tübingen: Wasmuth, 1977. ISBN 978-3-8030-1022-3. 
Siyosiy idoralar
Oʻtmishdoshi:
Xarsakli Ahmad posho
Usmoniylar imperiyasi bosh vaziri
1511–1512
Vorisi:
Xarsakli Ahmad posho