Kontent qismiga oʻtish

Kobul universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kobul universiteti
Xalqaro nomi
Kabul university
Turi Universitet
Asos solingan sanasi noyabr1932 (93 yil avval) (1932-11)
Prezidenti Osama Aziz[1]
Talabalari 22,000
Joylashuvi ,
Veb-sayti tsue.uz

Kobul universiteti (KU;د کابل پوهنتون/ دانشگاه کابل)[2][3][4][5][6][7] Afg‘onistondagi eng yirik va eng qadimgi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet poytaxt Kobul shahrining 3-okrugida, Oliy ta’lim vazirligi yaqinida joylashgan. U 1931-yilda oʻsha davrdagi qirol Muhammad Nodirshoh tomonidan asos solingan boʻlib, uning ukasi Sardor Muhammad Hoshimxon ayni paytda mamlakat bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Kobul universitetida qariyb 22 ming nafar talaba tahsil oladi. 2021-yil avgust oyida, Tolibon hokimiyatni egallashidan avval, talabalarining deyarli yarmi ayollardan iborat boʻlgan[8].

1950-yillar oxiri yoki 1960-yillar boshlarida Biologiya sinfi

Dastlabki tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kobul universiteti 1932-yilda qirol Muhammad Nodirshoh hukmronligi davrida hamda Bosh vazir Muhammad Hoshimxon hukumati davrida tashkil etilgan. Bir yil oʻtgach, universitet mamlakatning turli hududlaridan kelgan talabalar uchun oʻz eshiklarini ochgan. Universitet faoliyatining ilk davrlarida Turkiya, Fransiya, Germaniya va AQSH hukumatlari bilan hamkorlikdan ham foyda koʻrgan[9].

Kobuldagi birinchi tibbiyot fakulteti 1932-yilda Komil Rifqi Urga boshchiligidagi bir guruh turk tibbiyot va jarrohlik professorlari tomonidan Aliobod hududida tashkil etilgan. Ushbu fakultet bilan bir qatorda turk meʼmorlari hamda oʻqituvchi-shifokorlar rahbarligi va nazorati ostida birinchi oʻquv-universitet shifoxonasi — Aliobod kasalxonasi ham barpo etilgan.

1936-yilda esa ayni kampus hududida turkiyalik Mehmed Ali Dagʻpinar tashabbusi bilan Huquq va siyosiy fanlar fakulteti tashkil etilgan boʻlib, mazkur fakultet huquqshunoslik yoʻnalishi boʻyicha talabalarni qabul qila boshlagan.

Zalmay Xalilzod va Ashraf G'anining 2005-yil Kobul universtietiga tashrifi

2001-yil oxirida „Tolibon“ hukumati agʻdarilgandan soʻng, xalqaro hamjamiyat Afgʻonistondagi taʼlim muassasalarini qayta tiklashga alohida eʼtibor qaratdi. 2004-yil yanvar holatiga koʻra, universitet kampusida atigi 24 ta kompyuter mavjud edi.

Universitetni tiklash dasturi doirasida toʻrtta xorijiy universitet, jumladan, Purdue universiteti va Arizona universiteti bilan hamkorlik oʻrnatildi. Shuningdek, 2002-yilda Germaniya Akademik almashinuv xizmati (DAAD) hamda Berlin texnika universiteti bilan hamkorligida Axborot texnologiyalari markazi tashkil etildi.

Mamlakat boʻyicha oliy taʼlimda tahsil olayotgan talabalar soni 2002-yildagi 22 717 nafardan 2008-yilda 56 451 nafarga yetdi. 2008-yilga kelib, Kobul universitetida 9 660 nafar talaba tahsil olgan boʻlib, ularning 2 336 nafari (24 foizi) ayollar edi.

2008-yilda Kobul universiteti kampusi Kobul universitetining Axborot texnologiyalari markazi (ITCK) tomonidan mahalliy tarmoq infratuzilmasi bilan taʼminlandi[10]. Kampusdagi har bir bino universitet tarmogʻiga ulangan boʻlib, optik tolali magistral orqali internet aloqasi bilan taʼminlangan. Shuningdek, IP (VoIP) texnologiyasi orqali ovozli aloqa ham tarmoq loyihasining tarkibiy qismi sifatida joriy etilgan.

2019-yil 19-iyul kuni universitet tashqarisida bomba oʻrnatilgan avtomobil portlashi oqibatida 8 kishi halok boʻldi, yana 33 kishi yaralandi[11].

  1. Qazi, Shereena „Who replaced the Taliban-appointed head of Kabul University?“. Who replaced the Taliban-appointed head of Kabul University? (2021-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.
  2. Encyclopedia of Library History. Garland Publishing, Inc., 1994 — 18-bet. ISBN 978-1135787578. „The major academic libraries were established at the Kabul University, Pohantoon-e- Kabul (1932), and the (...)“ 
  3. International Handbook of Universities. Macmillan Publishers Limited, 1993 — 1-bet. ISBN 9781561591008. „Pohantoon-e-Kabul. Aliabad, Kabul President: (...)“ 
  4. „نمایشگاه هنری شبکه‌کاری و معرق‌کاری اسلامی در دانشگاه کابل Kabul University (in Dari)“. www.ku.edu.af. Qaraldi: 2025-yil 14-yanvar.
  5. روزنامه ۸صبح „طالبان به فارغان دانشگاه کابل اجازه تصویربرداری ندادند“ (fa-AF). روزنامه ۸صبح (2024-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 22-yanvar.
  6. „بیش از نیمی از استادان دانشگاه کابل از افغانستان خارج شده‌اند“ (fa). BBC News فارسی (2023-yil 22-may). Qaraldi: 2025-yil 22-yanvar.
  7. شایان, یاسین „خاطرات تلخ چهارمین سالگرد حمله مرگبار بر دانشگاه کابل“ (fa-IR). Amu TV (2024-yil 2-noyabr). Qaraldi: 2025-yil 22-yanvar.
  8. „Resignations follow Taliban pick to run top Afghan university“ (en). www.science.org. Qaraldi: 2022-yil 26-fevral.
  9. „Tunes of hope at Kabul University“. BBC News (2001-yil 6-dekabr).
  10. „Information Technology Center of Kabul University“ (2011-yil 3-iyul). 2011-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Amir Shah; Kathy Gannon. „Explosion outside Kabul University kills 8, wounds 33“. AP News (2019-yil 19-iyul). Qaraldi: 2020-yil 4-noyabr.