Kobul aeroporti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kobul xalqaro aeroporti
pushtucha: د کابل نړیوال هوايي ډګر
dariycha: فرودگاه بین المللی کابل
2012-yil yanvar oyida Kobul xalqaro aeroportidagi parvoz liniyasi
IATA kodi: KBLICAO kodi: OAKB
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Afgʻoniston hukumati
Operator GAAC Holding[1]
Xizmat doirasi Kobul va yaqin-atrofdagi viloyatlar
Joylashuvi Kobul, Afgʻoniston
Havo yoʻli tuguni * Ariana Afghan Airlines
Qurilgan 1960 (64 yil avval) (1960)[2]
Dengiz sathidan balandligi  m / 5 877 ft
Koordinatalari 34°33′57″N 069°12′47″E / 34.56583°N 69.21306°E / 34.56583; 69.21306 G OKoordinatalari: 34°33′57″N 069°12′47″E / 34.56583°N 69.21306°E / 34.56583; 69.21306 G O
Xaritas
Aeroportning AQSh havo kuchlariga tegishli 2015-yilgi diagrammasi
Aeroportning AQSh havo kuchlariga tegishli 2015-yilgi diagrammasi
KBL/OAKB (Afgʻoniston)
KBL/OAKB
Aeroportning Afgʻoniston xaritasidahi joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
11/29 3 511 11,519 Asfalt
Manba: Landings.com[3], AIP Afgʻoniston[4]

Hamida Karzay nomidagi Kobul xalqaro aeroporti - Afgʻoniston poytaxti Kobul shahridagi aeroport. Milliy aviakompaniyalar uchun baza hisoblanadi: Ariana Afghan Airlines, Kam Air, Safi Airways. 2014-yil oktabr oyida Afgʻoniston Vazirlar Mahkamasi Afgʻoniston Milliy Assambleyasi yuqori palatasining Kobul aeroportiga Afgʻonistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay nomini berish taklifini maʼqulladi[5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yilda Kobul aeroporti SSSR muhandislari tomonidan qurilgan. Shu yili Afgʻoniston barcha sohalarda, jumladan, turizmda ham boshqa rivojlangan davlatlarga yetib olishga harakat qilardi. Tranzit reyslar orqali hukumat AQSh, Hindiston va Yevropadan sayohatchilarni jalb qilishni rejalashtirgan.1979-yilda Afgʻonistonda fuqarolar urushi boshlanganida davlatning rejalari barbod boʻldi.

1992-yilda Kobul aeroporti mujohidlar qoʻliga oʻtdi va Tolibon hokimiyatni egallab olguncha bir necha yil davomida ular tomonidan nazorat qilindi.

2001-yil 11-sentyabrda AQShga qarshi teraktlardan soʻng, NATO qoʻshinlari Afgʻonistonga kirib keldi. Bir oydan keyin AQSh harbiylari Kobul aeroportini va aerodrom platformalarida turgan samolyotlarni yoʻq qildi.

Afgʻoniston hukumati Kobul xalqaro aeroportini qayta tiklash va rivojlantirish loyihasini 2006-yilda qabul qildi va Yaponiya yordamga kirib keldi. Rejaga 35 million dollarlik yangi zamonaviy terminal qurish va 2011-yilga kelib yoʻlovchilar tashish hajmini yuz mingga oshirish kiradi.

2008-yilning 6-noyabrida yangi xalqaro terminal Afgʻoniston prezidenti Hamid Karzay ishtirokida ochilgan edi. Mavjud terminal yangilandi va ichki reyslar uchun foydalanilmoqda[6]. 2010-yil fevral oyida yangi radar tizimi[7] oʻrnatildi va yil oxiriga qadar aeroportni barcha xalqaro standartlarga moslashtirish rejalashtirilgan edi[8].

Kam Air samolyoti Kobul aeroportida

Afgʻoniston va Kobuldagi notinch vaziyat tufayli aeroport xavfsizligini Afgʻoniston Harbiy-havo kuchlari va vaqti-vaqti bilan boshqa davlatlar, jumladan: Ispaniya, Bolgariya[9], Polsha[10], Turkiya qoʻshinlari taʼminladi. Biroq, terroristik hujumlar hali ham sodir boʻlmoqda. Oxirgi terakt 2021-yilning 26-avgustida sodir boʻlgan, uning davomida 200 ga yaqin odam halok boʻlgan edi[11][12].

Yoʻnalishlar va aviakompaniyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoʻlovchi tashish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aviakompaniya Manzillar
Ariana Afghan Airlines Al-Ayn[13], Dehli, Doha[14], Dubay–Xalqaro, Hirot, Islomobod, Mashhad, Moskva–Sheremetyevo, Mozori-Sharif, Qandahor, Tehron–Imom Xumayniy
Mavsumiy: Urumchi
Kam Air[15] Abu-Dabi, Anqara, Bomiyon, Dehli, Dubay–Xalqaro, Dushanbe, Hirot, Islomobod, Jidda, Kuvayt, Lashkargoh, Maymana, Madina, Mozori-Sharif, Najaf, Qandahor, Qunduz, Tarinkot, Toshkent, Xost, Sharja, Chagʻcharon

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Mohammad Yunus Yawar.. „Taliban to sign contract with UAE's GAAC Holding over airspace control at Afghan airports“. Reuters (2022-yil 8-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-noyabr.
  2. Smith, Harvey Henry. Area Handbook for Afghanistan, fourth, Washington, D.C.: U.S. Government Printing Office, 1969 — 35 bet. „The Kabul airport, completed in 1960.... The airport and the terminal building were constructed and financed by the Soviet Union.“ 
  3. Airport record for Kabul Khwaja Rawash International Airport (Wayback Machine saytida 2015-07-02 sanasida arxivlangan) at Landings.com. Retrieved 2013-08-01
  4. AIP Afghanistan - Important Information (Wayback Machine saytida 2016-06-17 sanasida arxivlangan)
  5. „Cabinet names Kabul Airport after Karzai“. 2016-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 18-sentyabr.
  6. „В Кабульском аэропорту заработал новый пассажирский терминал“. 2017-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 22-aprel.
  7. „США установили в кабульском аэропорту новую радарную систему“. 2017-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  8. „Лондонская конференция: Третий этап реконструкции Афганистана“. 2017-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  9. „Болгария: ВВС страны возьмёт под свой контроль международный аэропорт в Кабуле“. 2011-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  10. „Польша увеличит контингент в Афганистане“. 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-mart.
  11. Media.Az. „Число жертв взрывов в Кабуле возросло до 200 человек - ОБНОВЛЕНО“ (ru). media.az. 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-sentyabr.
  12. „Девять членов одной семьи погибли от авиаудара США по автомобилю смертника в Кабуле“ (ru). fergana.media. 2021-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-sentyabr.
  13. „ARIANA AFGHAN AIRLINES NS23 AL AIN OPERATIONS“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 8-mart.
  14. https://m.facebook.com/188946317906665/posts/2472818822852725/?d=n Andoza:User-generated source
  15. „Kam Air route map“. 2023-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-may.