Kobe porti minorasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kobe porti minorasi (yap. 神戸ポートタワー ko:be po:to tava:) — Yaponiyaning Kobe portidagi giperboloid toʻrli minora. 1963-yilda NIKKEN SEKKEI meʼmorchilik-qurilish kompaniyasi tomonidan qurilgan va markaziy yadro va tutib turuvchi toʻrsimon qobiq kombinatsiyasi shaklida ishlangan. Port va shahar panoramasini tomosha qilish uchun foydalaniladi. Bir kunda 3000 turistni qabul qilishga moʻljallangan. Balandligi — 108 metr. 1995-yil 17-yanvardagi yer silkinishi vaqtida saqlanib qolgan.

Minora konstrukturasi boʻyicha rus muhandisi V. G. Shuxovning giperboloid minoralar uchun patentiga mos keladi va birinchisi 1896-yilda qurilgan Shuxov minoralariga oʻxshaydi.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Xaynl, Ervin; „Turme aller Zeiten — aller Kulturen“, Deutsche Verlags-Anstalt, Shtutgart (Germaniya), ISBN 3-421-02931-8, 1997-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]