Ko‘r de Shevr

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻr de Shevr (fransuzcha: Сoeur de Chèvre — echki sutidan tayyorlangan yumshoq fransuz pishlogʻi.

Ishlab chiqarish[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻr de Shevr Puatu-Sharante mintaqasida yanvar-sentabr oylarida mahalliy zotli echkilardan olinadigan xom echki sutidan ishlab chiqariladi[1]. Pishloq 8 kundan 5 haftagacha yetiladi[1].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransuzchadan oʻzbek tiliga tarjima qilganda Koʻr de Shevr „echki yuragi“ degan maʼnoni anglatadi[2]. Pishloqning nomi yurak shaklida boʻlganligi uchun ham shunday nom olgan[1]. Pishloq boʻlagining ogʻirligi 150 g ga yaqin boʻlib, kashtan yoki chinor bargiga oʻraladi[2]. Pulpaning rangi pishish davriga bogʻliq. Yangi pishloq och oq rangda, pishgani esa moviy rangda boʻladi. Pulpada kichik mogʻor parchalari mavjud[1].

Koʻr de Shevr bir oz nordon nozik taʼmga ega[1]. Pishloq mahalliy La Reine des Reinettes olmalari bilan tortiladi. Ochiq oq sharoblar[1] yoki Puatu[2] qizil vinolari bilan ajoyib juftlik hosil qiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Кёр-де-Шевр на сайте Гастроном.ру“ (ru). 2012-yil 16-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-noyabr.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Словарь сыров. Кёр-де-Шевр“ (ru). 2012-yil 3-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-noyabr.