Koʻhna Qatagʻon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koʻxna Qatagʻondan yoʻnaltirildi)
Koʻxna Qatagʻon
ruscha: Кухна-Катаган
Shaharcha
39°02′31″N 65°27′32″E / 39.04194°N 65.45889°E / 39.04194; 65.45889 G OKoordinatalari: 39°02′31″N 65°27′32″E / 39.04194°N 65.45889°E / 39.04194; 65.45889 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Kasbi tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 180606[1]
Koʻxna Qatagʻon ruscha: Кухна-Катаган xaritada
Koʻxna Qatagʻon ruscha: Кухна-Катаган
Koʻxna Qatagʻon
ruscha: Кухна-Катаган

Koʻxna Qatagʻon (ruscha: Кухна-Катаган) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumaniga qarashli shaharcha hisoblanadi. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga binoan shaharcha maqomi berilgan[2].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaharcha nomi koʻhna va qatagʻon soʻzlarining birikishidan hosil qilingan. Qatagʻon bu Qashqadaryo daryosining chap quyi oqimida joylashgan tarixiy va ahamiyatli qishloqlardan biri boʻlgan. Mazkur qishloq ahlining maʼlum qismi Shahrisabz, Yakkabogʻ, Kasbi tumanlarida ham yashagan. Shaharcha aholining atnik tarkibiga asoslangan holda nomlangan. Shu bilan birgalikda, tarixiy Qatagʻon qishlogʻi va hozirgi Qatagʻon qishlogʻi oʻzaro taqqoslangan. Avvaldan mavjud boʻlgan Qatagʻon qishlogʻi yaqinida yangi aholi yashash punkti bunyod etilgan va Koʻhna Qatagʻon nomi berilgan[3].

Shuningdek, ayrim rasmiy manbalarda shaharcha nomi Qatagʻon shaklida ham tilga olinadi.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻhna Qatagʻon shaharchasi Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanining shimoliy qismida Maymanoq, Oqjangal va Masit shaharchalari oraligʻida joylashgan. Shaharcha hududining asosiy qismi Qarshi choʻl zonasiga toʻgʻri keladi. Shaharcha yaqinidan Qashqadaryo qaryosi oqib oʻtadi. Shaharcha hududida 3-sonli va 28-sonli maktablar faoliyat yuritadi.

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1-yanvar 2016-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, Koʻhna Qatagʻon shaharchasida 7200 tadan ortiq aholi yashagan. 2013-yildagi hisob-kitob natijasida, bu koʻrsatkich 6665 tani tashkil etgan edi[4].

Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻhna Qatagʻon shaharchasining iqlimi keskin kontinental boʻlib, yozi issiq, quruq va uzoq davom etadi. Buning sababi hududning choʻl zonasida joylashganligidir. Bahor va kuzda yogʻin miqdori kam boʻladi. Qishda qor oz yogʻadi, Maymanoqtogʻ togʻ tizmasining yaqinligi sababli sovuq havo oqimlari shaharchaga kirib kelmaydi va shu sababli ham qattiq sovuq boʻlmaydi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Qashqadaryo viloyati“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  3. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 154 bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 
  4. Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 155 bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.