Koʻtarilma oqim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻtarilma oqim - koʻl, dengizlarda suvning yuqoriga koʻtarilib chiqishi. Shamol koʻl, dengizning yuza qismidagi suvni haydab ketib, suv sathi pasayganda pastdan suv koʻtarilib chiqadi. Moʻʼtadil mintaqalardagi koʻllarda qish boshida yuzadagi suv sovib, ogʻirlashib pastga toʻshadi va uning oʻrniga pastdan yengilroq iliq suv chiqadi. Natijada koʻtarilma va pasayma oqim vujudga keladi. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil