Koʻprit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻprit (lot. cuprum — mis), qizil mis rudasi, — oddiy oksidlar kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Si2O. Tarkibida 88,8% mis bor. Kub singoniyali. Qizil kristallar, sertuproq massalar, ignasimon agregatlar. Qattiqligi 3,5—4. Zichligi 6140 kg/m3. Moʻrt. Mis konlarining oksidlanish zovasida uchraydi. Xalkozin, bornit rudalarining oksidlanishidan hosil boʻladi. Ural, Oltoy (RF) va boshqa joylardagi konlarda malaxit, azurit, temir gidroksidlari bilan birga uchraydi. Oʻzbekistonda Olmaliq — Angren rayonidagi Qalmoqqir va Sari-Cheku konlarida bor. K. eng yaxshi mis rudalaridan biri.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil