Koʻniya sultonligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koʻniya Sultonligidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻniya sultonligi (Ikoniy, Rum yoki Saljuqiylar sultonligi) — Kichik Osiyoda oʻrta asr davlati (11 -a. oxiri — 14-asr boshi). Poytaxti dastlab Nikeya, keyinchalik Kuniya (Ikoniy) boʻlgan. Saljuq turklari Kichik Osiyodagi Vizantiya yerlarini bosib olib, Koʻniya sultonligini tuzganlar. Koʻniya sultonligiga donishmandiylar sultonligi (1157), Anadolu (1207), Sinop (1214) qoʻshib olindi. Sulton Alouddin Kayqubod davri (1219—36) sultonlikning eng gullagan davri hisoblangan. Koʻniya sultonligining asosiy shaharlari — Koʻniya, Qaysari, Sivas va boshqa hunarmandchilik markazlari boʻlgan. 1243 yil Koʻniya sultonligi Erondagi moʻgʻullar (elxoniylar)ga tobe boʻlib qoldi. 1307 yil ga kelib, mayda bekliklarga boʻlinib ketdi. Ulardan biri — Usmon bekligi 14-asrda Usmonli turk imperiyasining paydo boʻlishida asosiy rol oʻynagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil