Koʻnchidaryo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻnchidaryo
[[Tasvir:|250px|]]
Tavsif
Uzunligi
Davlat Xitoy
Koʻnchidaryo

KoʻnchidaryoXitoyning gʻarbiy qismidagi daryo. Sinszyanda, Bagʻroshkoʻldan oqib chiqadi. Yuqori qismida Tyanshan togʻlarining sharqiy tarmoqlarini kesib oʻtib, Qashqar tekisligining shim.-sharqiy chekkasidan oqadi. Oʻz. 550 km, havzasining maydoni 184,4 ming km². Suv rejimi yil davomida bir meʼyorda. Tekislik qismidagi oʻzani juda murakkab boʻlib, shoxobchalar bilan tutashgan. Ularda suv oqimining yoʻnalishi oʻzgarib turadi. K. suvi baʼzi yillarda Lobnor koʻliga, baʼzan esa Tarim daryosiga quyiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil