Koʻktepa togʻlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koʻktepa togʻlari - Hisor tizma sidan janubi-gʻarbda, Qashqadaryo viloyatida joylashgan. Shimoli-sharqidan Tanhozdaryo va janubi-gʻarbidan Qizildaryo oqib oʻtadi. Koʻktepa togʻlari janubi-sharqdan shim.-gʻarb tomon choʻzilgan, eng baland joyi 1444 m (Koʻkbuloq choʻqqisi), oʻz. 8–10 km, gumbazsimon shaklda. Asosini paleozoyning kristalli ohaktosh, slanets, qumtoshlari, etaqlarini yura, boʻr va neogenning terrigen jinslari tashkil qiladi. Suvayirgʻich qismi faqat Koʻkbuloq choʻqqisi atrofida yaxshi ifodalangan, tub jinslar yuzasi ochilib qolgan. Muvaqqat oqimli soylar (Shoʻrsoy, Yelgunsoy) tor darasimon vodiylardan oqib oʻtadi. Ular Qizildaryo va Tanhozdaryoga yoʻnalgan. Yon ba-gʻirlarning quyi qismlari toʻq boʻz, yuqori qismi jigarrang togʻ tuproqlari bilan qoplangan. Togʻ yon bagʻirlarida togʻolcha, bodom, yongʻoq, doʻlana, naʼmatak, togʻ tepalarida siyrak archa, oʻt oʻsimliklaridan bugʻdoyiq, kovil, togʻ shuvogʻi, efemerdar oʻsadi. Yaylovlar mahsuldorligi gektariga oʻrtacha 1—4 s.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil