Koʻkrak suti bilan boqish harakati butunjahon ittifoqi
Ishga tushgan sanasi | 1991-yil 14-fevral[1] |
---|---|
Joylashuvi | Dunyo boʻylab |
Xoʻjayinlar | Derrick va Pat Jelliffe |
Vebsayti | Rasmiy veb-sayti |
Koʻkrak suti bilan boqish harakati butunjahon ittifoqi (WABA) – bu emizishdagi toʻsiqlarni bartaraf etish va Innocenti deklaratsiyasiga muvofiq harakat qilish uchun global miqyosda ishlaydigan jamoa. Ushbu ittifoq tarkibidagi guruhlar turli xil masalalarni isteʼmolchi huquqlari, onalar va laktatsiya maslahatchilari oʻlaroq hal qiladilar[2][3].
WABAni yaratishda ishtirok etgan turli tashkilotlar va shaxslar orasida pediatriya va chaqaloqlar ovqatlanish nutrisiologiyasi boʻyicha ikki mutaxassis Derrick va Patrice Jelliffe ittifoq tashkil etilishida va dastlabki tashabbuslarning boshlanishida muhim rol oʻynagan[4][5][6][7].
WABA har yili 1-avgustdan 7-avgustgacha oʻtkaziladigan Butunjahon emizish haftaligini 170 dan ortiq mamlakatlarda emizish boʻyicha barcha hukumatlar va jamoatchilikning saʼy-harakatlarini birlashtirish uchun tashkil etilgan[8].
Kampaniyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]WABA turli hil reklama kampaniyalarini tashkillashtirgan:
1991-yildan hozirgacha
[tahrir | manbasini tahrirlash]Baby Friendly Hospital Initiative (BFHI) UNICEF va Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining qoʻshma kampaniyasi boʻlib, asosan Innocenti deklaratsiyasi tamoyillarini amalga oshiradi[9].
1993-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]1993-yilgi kampaniya onalarga qulay ish joylarini rivojlantirish muammosini ustida olib borilgan. Umuman olganda, bu yilgi kampaniya onalar oʻzlarining ish joylarida emizish bilan bogʻliq hech qanday muammo boʻlmasligiga eʼtibor qaratishgan[manba kerak].
1994-yil
[tahrir | manbasini tahrirlash]1994-yilgi kampaniyaning asosiy maqsadi Innocenti deklaratsiyasi talablariga javob berish uchun barcha mamlakatlarda koʻkrak suti oʻrnini bosuvchi mahsulotlarning xalqaro marketing kodeksini qayta joriy etish edi[manba kerak].
2024-yil – Oʻzbekiston
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekistonning Toshkent shahrida 30-iyul kuni LED-ekranlarda Butunjahon emizish haftaligi doirasida qilingan axborot kampaniyasining bir qismi boʻlmish „Onasini emsin“ jumlasi paydo boʻlgan. Tashkilotchilar shu orqali soʻkinishga aylanib ketgan jumlaning „birlamchi maʼnosi“ni qaytarishga uringan. „Maqsad – aslida maʼnosi yaxshi boʻlgan, ammo jamoatchilik ichida haqorat sifatida ishlatiladigan iborani oʻzining asl maʼnosiga qaytarish va ona suti bilan boqishni targʻib qilish“, – deyiladi Delivery Unit xabarida[10]. Idora hisob kitoblariga koʻra, bannerlar tarqatilgan paytdan boshlab 24 soatdan kamroq vaqt ichida kampaniya 1 milliondan ortiq faol auditoriyani qamrab olgan[10].
Keyinroq „Onasini emsin – bu soʻkinish emas, shifokor tavsiyasi“ yozuvi bilan tizer bannerlar ham eʼlon qilindi[11].
Axborot kampaniyasi doirasida 1−7-avgust kunlari yosh auditoriya eʼtiborini jalb qilish maqsadida ijodiy tadbirlar ham oʻtkazilishi rejalashtirilgan[10]:
- ijtimoiy tarmoqlardagi qisqa videolar: onalar uchun ovqatlanishiga oid mutaxassislar va shifokorlar ishtirokida koʻrsatmalar tayyorlash;
- mijozlar eʼtiborini emizish foydalariga qaratish uchun chakana savdo doʻkonlaridagi javonlarda reklamalar joylash;
- tibbiyot muassasalarida tashviqot ishlarini olib borish;
- Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining ultratovush tekshiruvi xonalarida, bola ota-onasidan oʻzini ona suti bilan boqishini soʻragan murojaati.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ [manba kerak]
- ↑ „WHO | World Breastfeeding Week“. World Health Organization. Qaraldi: 2010-yil 11-noyabr.
- ↑ Moen, Christian „Health facilities are vital in promoting good breastfeeding practices, says UNICEF“. UNICEF Media. UNICEF. Qaraldi: 2010-yil 11-noyabr.
- ↑ „Derrick and Eleanore "Patrice" JELLIFFE - Obituaries (2)“. Family History & Genealogy Message Board. Ancestry.com. Qaraldi: 2010-yil 11-noyabr.
- ↑ G.J.E (4 August 1992). "IN MEMORIAM: Derrick B. Jelliffe". Journal of Tropical Pediatrics 38 (Oxford University Press): 145. http://tropej.oxfordjournals.org/cgi/issue_pdf/frontmatter_pdf/38/4.pdf. Qaraldi: 11 November 2010.
- ↑ C. Latham, Michael „A special tribute to Pat Jelliffe“. World Alliance for Breastfeeding Action. Qaraldi: 2010-yil 11-noyabr.
- ↑ Calisphere „Obituary“. University of California. Qaraldi: 2010-yil 11-noyabr.
- ↑ „LLLI | World Breastfeeding Week Celebration | World Breastfeeding Week Celebrations“. La Leche League International. Qaraldi: 2010-yil 11-noyabr.
- ↑ "The Baby-Friendly Hospital Initiative (BFHI)". WABA Research Task Force (RTF). August 2010. http://www.waba.org.my/whatwedo/research/pdf/rtfnl-aug10.pdf. Qaraldi: 11 November 2010.
- ↑ 10,0 10,1 10,2 „Onasini emsin — so‘kinish emas, shifokorlar tavsiyasi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-avgust.
- ↑ „«Onasini emsin» - Toshkentda noodatiy reklama bannerlari paydo bo‘ldi“. https://kun.uz. Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 2-avgust.