Xargiza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koʻkoʻtdan yoʻnaltirildi)

Xargiza, koʻkoʻt (Poterium ployqamum Xargiza K.) — raʼnodoshlar oilasiga mansub koʻpyillik oʻtsimon oʻsimlik. Boʻyi 40—80 sm. Ildizi oʻq ildiz. Oʻzbekistonning hamma viloyatlarida uchraydi. Yoʻl, dala, ariq yoqalarida va bogʻlarda, shuningdek, togʻ vodiylari va yon bagʻirlarida oʻsadi. May — iyunda gullab, iyulda meva tugadi. Ekinzorlarda begona oʻt sifatida uchraydi.