Koʻhakiy Sulton Muhammad Hofiz Toshkandiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

KOʻHAKIY (Koʻykiy) Sulton Muham-mad Hofiz Toshkandiy, Hofiz Koʻykiy (1490, okt. — 1584) — tarixchi, huquqshunos, tarjimon. Ali Qushchining vabirasi, parkentlik zi-yoli Mirzo Kamoliddin oilasida tu-gʻilgan. Keyinchalik Toshkent shahriga koʻchib kelgan. U jugʻrofiya, etnografiya, handasa, riyoziyot, falsafa, mantiq, fiqh va adabiyot sohalarining ham bi-limdoni boʻlgan. K.ning ilmda kamo-lot choʻqqisiga chiqqan davri Ubaydul-laxon va Abdullaxon II davrlariga toʻgʻri keladi. Olim 10 dan ziyod asarlar yozgan. Shulardan "Risolai fifanniy — at tavsir val kalom" ("Eʼtiqodga oid ilmlar haqida risola") nomli asari qoʻlyozma holida bizgacha yetib kelgan.

K. Toshkentning hozirgi Sagʻbon koʻchasidagi oʻz hovlisida qurdirgan madrasasi (qarangHofiz Koʻhakiy madrasasi)pya mu-darrislik qilgan. Iroq, Misr, Suriya, Afgʻoniston, Eron, Turkiya, Hindiston va boshqa mamlakatlarda boʻlgan. K. oʻz zamovasining ilmli va obroʻli kishisi boʻlganligi uchun Toshkentdan toʻy munosabati bilan Hindistonga Bobur huzuriga yuborilgan (1528). Bobur "Boburnoma"da bu haqsa yozadi: "Ulugʻ osh tortilganidan keyin... xoja Mirsultongʻa va oʻgʻlonlariga va Hofiz Toshkandiy va mullo Farrux boshliq Xo-janing mulozimlariga va oʻzga elchilarga ham oltundin, kumushdin tarkash bila inʼomlar boʻldi". Shuningdek, hind tarixchisi Abdulqodir Mulukshoh Badavoniy oʻzining "Muntaxab at-ta-vorix" nomli tarixiy asarida keltirishicha, K. 2-marta Hindistonga boradi (1569—70), Akbar tomonidan qabul qilinadi va olimlik mahorati uchun katta tuhfalar olishga muyassar boʻladi. Akbarshoh K.ni bobosi Boburni koʻrgan tabarruk kishi sifatida ulugʻlab, Dehlidan bir kunlik yoʻlga chiqib tantana bilan koʻtib olgan. Badavoniy yozadi: "U Hindistondan Mak-kaga boradi va u yerdan Turkiyaga keladi. Turk sultoni bilan uchrashadi. Hind diyorida topgan izzat-obroʻni u yerda ham topadi. Vazirlikka qilingan taqlifni rad etib, oʻz diyori Movarounnahrga (Toshkentga) qaytib keladi va u yerda vafot etadi". Toshkentlik tarixchi Muhammad Solih Qoraxoʻja oʻgʻlining "Tarixi jadidai Toshkand" asarida "Toshkent diyoridagi Hofiz Koʻhakiy mahallasidan Mavlono Koʻhakiy aqliy va vaqliy ilmlarda zoʻr olim boʻlgan. Jomiy Hirotiyning arab tili gram-matikasiga oid "Sharhi mulla" asariga xrshiya yozgan. Bahs va jadal ilmining qoidalarini aʼlo darajaga yetkazgandir. Hofiz K. Toshkent aholisi va olimlarining if-tixori boʻlib, Dashti Qipchoq, Fargʻona, Movaroun-vahr, Buxoro, Eron va Xurosonda keng shuhrat qozongan olimdir", deb taʼ-riflanadi. K. "Tarixi oliy Chingiz" ("Chingizxon va uning avlodlari tarixi") asarini yozishda Juvayniyning "Tarixi jahonkushoy" kitobidan keng foydalangan. K. Muhammad ibn Adnonning 2 jildli "Tarixi Turkiston" nomli asarini fors tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan va unga baʼzi maʼlumotlarni qoʻshib boshqa nom bilan atagan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik intida uning "Sharhi odobul al-munozara" ("Odob va axloq toʻgʻrisida munozara" kitobiga sharh) kitobining arab tilida koʻchirilgan nusxasi va arab tilida yozilgan "Fa-void ziyoiya" ("Munavvar foydalar") nomli sharxlangan asari saqlanmoqda. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda, K. Qaffol Shoshiy maqbarasiga kiraverishda oʻng tarafga dafn etilgan. Hozirgi Toshkent shahrining Sobir Rahimov tuma-nida K. yashagan mahalla "Hofiz Koʻykiy" deb ataladi.

Adabiyot[tahrir]

  • Munirov Q., Irisov A., Nosi rov A., Toshkent tarixida baʼzi siymolar, T., 1983.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil