Kontent qismiga oʻtish

Koʻylak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko`ylakdan yoʻnaltirildi)

Koʻylak — inson tanasining yuqori qismiga moslab tikiladigan yalang qavat yupqa kiyim. Turli matolardan, asosan, yupqa gazlamadan, kishi jinsi, yoshiga qarab turlicha tikiladi. Bola K., ayol K., erkak K. kabi turlari farqlanadi. Bola K.: chilla K. yoki chaqaloq K. (yumshoq, yupqa matodan keng, uzun yengli qilib, etak va yeng uchlari qaytarilmay tayyorlanadi), maktabgacha yoshdagi qiz va oʻgʻil bolalar K.gi (turli bichiqaa uzun va kalta, yengli va yengsiz), maktab yoshdagilar K.gi maxsus shaklda (forma) tayyorlanadi. Ayol K. har xil matodan turli bichikda yengli va yengsiz, yokali va yoqasiz qilib bichiladi; uning ustki va ichki turi boʻlib, ichki K. yupka, mayin matodan, ustki K. turli (shoyi, atlas, movut va boshqalar) matolardan tayyorlanadi. Erkak K. qadimdan yoqasiz va yoqali (asosan, tik yoqali), uzun yengli boʻlgan. Oʻzbek ayollari va erkaklarining K.lari yevropacha va boshqa K. nusxalari bilan boyitilmokda.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil