Kontent qismiga oʻtish

Koʻfte

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko`ftedan yoʻnaltirildi)
Sabzavotli Tabriz kuftesi

Koʻfte (کوفته) — Eronning mashhur taomlaridan biri boʻlib, sabzavotlar va qizil goʻshtdan tayyorlanadi. Koʻfte, xuddi obgusht singari, Eron oshxonasining zamonaviy taomlaridan biridir. Guruch ham koʻftening ajralmas tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi va garnir sifatida ishlatiladi[1][2].

Nodir Mirzo oʻzining pazandalikka bagʻishlangan kitobida bu taom haqida alohida toʻxtalib oʻtgan. U ozarbayjoncha koʻfte va oddiy koʻfteni qanday pishirishni sharhlashdan boshlab, uning boshqa turlari haqida ham maʼlumotlar yozib qoldirgan[3][4].

Koʻfte turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tabriziy koʻftesi;
  • Kirmonshohiy yoki Shomiy koʻftesi;
  • guruchli koʻfte;
  • piyoz va kartoshkali koʻfte;
  • loviyali koʻfte;
  • sabzavotli yoki Sheroziy koʻfte.

Koʻftelarning tarkibiga koʻra turli xillari mavjud. Bu taomni tayyorlashda yuqori kalloriyali mahsulotlar ishlatilganligi sababli, u yuqori ozuqaviy qiymatga ega. Koʻfteler tabiiy taʼm va rangga ega boʻlib, unda qoʻshimcha rang beruvchi moddalar ishlatilmaydi.