Koʻrakoyoqlilar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'rakoyoqli sut emizuvchilardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻrakoyoqlilar (Scaphopoda) -dengiz mollyuskalari sinfi. Tanasining oʻz. 3 mm dan 12 sm gacha, ikki tomonlama simmetriyali, shakli fil tishiga oʻxshash yaxlit chigʻanoq (oʻz. 1,5 mm — 15 sm) bilan qoplangan. Chigʻanoqning 2 uchida teshigi bor; oldingi teshigidan oyogʻi bilan boshi chiqib turadi. Oʻsimtaga oʻxshash boshining uchki qismida ogʻiz teshigi joylashgan. Boshidagi uchi toʻmtoq moʻylovlari sezish va oziqni ushlash vazifasini bajaradi. Foram iniferalar va boshqa bentos hayvonlari bilan oziqlanadi. Oyogʻi toʻmtoq, konus shaklida. K. ayrim jinsli, tuxumlari tashqi muhit (suv)da urugʻlanadi. Tuxumdan suvda soʻzadigan troxofora lichinkasi rivojlanib chiqadi; lichinka 5—6 kundan soʻng suv ostiga choʻkib voyaga yetadi. K.ning 1000 ga yaqin turi mavjud. K. suv tubidagi loyga koʻmilib hayot kechiradi; loydan chigʻanogʻining uchi chiqib turadi. Asosan, tropik dengizlarda tarqalgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil