Koʻporoslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'poroslardan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻporoslar (frans. couperose) — baʼzi metallar sulfat kristallogid-. ratlarining texnikadagi nomi. Toʻtiyo (mis kuporosi) CuSO45H2O, temir kuporosi FeSO4\7H2O, pyx kuporosi ZnSO4-7H2O va boshqa maʼlum. Mis koʻporosi (toʻtiyo) CuSO4\5H2O — koʻk kristallar. Zichligi 2,284g/sm3 , 250° da tamom suvsizlanadi. Metallarni mis bilan qoplashda, baʼzi mineral boʻyoklar tayyorlashda, shuningdek, misning boshqa birikmalarini olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Koʻporoslarning suyultirilgan eritmasidan oʻsimliklarga purkashda, donlarni ekish oldidan dorilashda foydalaniladi. Temir kuporosi FeSO47H2O — och yashil kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 64°, zichligi 1,899 g/sm3. Yogʻochni chirishdan saqlash maqsadida shimdiriladi, siyoh, berlin zangorisi tayyorlashda, yoritkich gazni vodorod sulfiddan va tarkibida sian guruhi boʻlgan birikmalardan tozalashda, boʻyoqchilikda xurush sifatida, qishloq xoʻjaligi zararkuvandalariga qarshi kurashda va fotografiyada ishlatiladi. Rux kuporosi ZnSO4-7H2O — rang-siz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 39°, zichligi 1,966 g/sm3. Tibbiyotda, boʻyoqlar tayyorlashda va chitlarga gul bosishda ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil