Koʻpers-Krik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'pers-Krikdan yoʻnaltirildi)

Koʻpers-Krik, yuqori oqimida Barku— Avstraliyaning markaziy qismidagi daryo. Oʻz. 1400 km, havzasining maydoni 285 ming km². Katta Suvayirgʻich tizmasining gʻarbiy yon bagʻirlaridan boshlanib, Katta Artezian havzasining chala choʻl va choʻllaridan oqadi. Yomgʻir va grunt suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 70 m³/sek. Mavsumiy kuchli yomgʻirli davrlarda Eyr oqmas koʻligacha yetib boradi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil