Koʻper effekti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'per Effektidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻper effekti — metallarda erkin elektronlarning juft (koʻper jufti) boʻlib birlashishi natijasida oʻta oʻtkazuvchanlik hosil boʻlishi. 1956 yilda L. Koʻper kashf qilgan. Koʻper effekti hozirgi zamon oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasining asosi hisoblanadi. Metallarning oʻta oʻtkazuvchanligi kvant effektlarga bogʻliq. Metaldda harakatlanayotgan elektron metall strukturasidagi panjaralarni deformatsiyalaydi. Deformatsiya natijasida bir-biriga "bogʻlangan" elektronlar hosil boʻladi. Kvant nazariyada bunday "juftlashgan" elektronlar paydo boʻlishi ularning fononlar — panjara tebranishi kvantlari almashinuvidan deb tushuntiriladi. Fononlar almashinuvi natijasida elektronlar orasida maʼlum tortilish kuchi (Frelix kuchi) paydo boʻladi. Kritik temperaturadagi metallarda bunday tortilish kuchi kulon (elektrostatik) kuchidan katta boʻlib, metall kritik holatga oʻtadi (qarang Oʻta oʻtkazuvchanlik).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil