Koʻp yillik kriolitozona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'p Yillik Kriolitozonadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻp yillik kriolitozona -Yer poʻstining yuqori qatlami. Unda koʻp yillar davomida barqaror manfiy yoki nol temperatura sharoitida yer osti muzining yil boʻyi va uzoq (ikki yildan kam boʻlmagan) muddat saqlanishi.

Koʻp yillik kriolitozonak.ning ustki qismini koʻp yillik muzlagan togʻ jinslari va yer osti muz boʻlaqlari qoplagan. Ular litosfera muzlagan zonasi, quyida — muzlagan tor jinslari va yaxlamaydigan kuchli minerallashgan yer osti suvlari gorizontini hosil qiladi. Koʻp yillik kriolitozonak.ning yuqori chegarasi subglyasial sharoitlarda muz bilan togʻ jinslari tutashgan yuzadan utadi. Yer yuzasida oʻrtacha yillik temperaturaning manfiy boʻlishi Koʻp yillik kriolitozonak. vujudga kelishi uchun zarur sharoit yaratadi. Kuyi chegarasi esa 0° geoizotermadan utadi, u togʻ jinslari yuqori qatlamining issiqlik va namlik almashinishi sha-roitlariningoʻzgarishi bilan asta-sekin oʻz holatini oʻzgartiradi. Nol izotermaning Yer yuzasidan chuqurligi moʻʼtadil kengliklarda bir necha m dan yuqori kengliklarda bir necha km gacha oʻzgarib turadi.

Jan. yarim sharda Koʻp yillik kriolitozonak. Antarktidaning muz qoplami ostida va uning shelf zonasida, shuningdek, Jan. Amerika, Afrika va Avstraliyadagi togʻ muzliklari va mavsumiy eriydigan tuproq qatlami ostida mavjud. Shim. yarim sharda Koʻp yillik kriolitozonak. materiklarning keng qutb osti mintaqasida, qor chizigʻidan yuqoridagi togʻ tepalarida, arktika dengizlari shelfining ancha qismida, Grenlandiya, Islandiya va Shim. Muz okeani orollarida tarqalgan. Koʻp yillik kriolitozonak. tarqalgan maydon muzlagan relikt qatlamlarni qoʻshib hisoblanganda quruqlikning chorak qismidan koʻprogʻini tashkil qiladi. Koʻp yillik kriolitozonak., ayniqsa, iqlimning global sovushda yaqqol namoyon boʻlgan. Yerning geologik tarixi davomida Koʻp yillik kriolitozonak.ning maydoni bir necha marta oʻzgargan. "Koʻp yillik kriolitozonak." terminini 1955 yil rus olimi P. F. Shvetsov taqlif etgan. Koʻp yillik kriolitozonak. ni tadqiq etishda rus olimlaridan M. I. Sumgin, N. I. Tolstixin, amerikalik S. Myuller, fransuz A. Kayo, ingliz J. Teylor, shvetsiyalik G. Beskov, kanadalik J. R. Makkey va boshqa salmoqli hissa qoʻshdilar.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil