Koʻp ovozlilik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'p Ovozli Musiqadan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Koʻp ovozlilik, koʻp ovozli musiqa — 1) keng maʼnoda — musiqiytarixiy tushuncha; nota yozuvi, shuningdek, garmoniya, polifoniya unsurlariga asoslangan kompozitorlik (musiqa) ijodi (aksi — monodiya). Yevropa sanʼatida 9—10 a.lar cherkov musiqasida, keyinchalik dunyoviy musiqa sanʼatida rivoj topdi. Oʻzbekistonda ilk koʻrinishlari 19-asrningoxirida (V. Leysekning "Osiyocha popurri", 1890 va boshqalar) paydo boʻlgan, 1930-yillardan boshlab V. Uspenskiy, A. Kozlovskiy, R. Glier, G. Mushel, keyinchalik M. Burhonov, Ik. Akbarov kabi kompozitorlar ijodida, anʼanaviy milliy musiqa xususiyatlari zaminida rivojlana boshladi; 2) tor maʼnoda — musiqiy faktura (tovush va ovozlarning oʻzaro nisbatlari)ga tegishli tushuncha, bir necha ovozning barobar sadolanishiga asoslangan musiqa tizimi, aksi bir ovozlilik. Geterfoniya, gomofoniya, kontrapunkt (polifoniya), unison kabi turlari bor. Koʻp ovozlilik kompozitorlik musiqasiga nisbatan koʻproq oʻrganilgan boʻlsada, uning ildizlari xalq musiqasiga borib taqaladi. Jumladan, oʻzbek anʼanaviy ansambllari, shuningdek, dutor, doʻmbira, tanbur, qonun, chang kabi cholgʻular ijrosida Koʻp ovozlilikning oʻziga xos koʻrinishlari namoyon boʻladi.

Olimjon Bekov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil